2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/10
tarix29.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#90918
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla (1)


2-4-SINFLARDA HUSNIXAT DARSLARI
R e j a:

  1. 2-sinfda husnixat darslari.

  2. 3-sinfda husnixat darslari.

  3. 4-sinfda husnixat darslari

Vatanimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlaboq jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‟g‟ini, jamiyatdagi demokratik o‟zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, Respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta‟lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.


Xalq ta‟limi vazirligining buyrug‟iga asosan DTS, o‟quv dasturlari ekspertizadan o‟tkazildi va shu xulosa asosida umumiy o‟rta ta‟limning yangi tahrirdagi Davlat ta‟lim standarti, modernizatsiya qilingan o‟quv dasturlari tayyorlandi va tajriba – sinovdan o‟tkazilib, ayni damda amalga tatbiq etilmoqda.
«O‟zbekiston Respublikasida umumiy o‟rta ta‟lim to‟g‟risida»gi Nizomda ta‟kidlaganidek: «Boshlang‟ich ta‟lim, o‟qish, yozish, sanash, o‟quv faoliyatining asosiy malaka va ko‟nikmalari, ijodiy fikrlashi, o‟zini o‟zini nazorat qilish o‟quvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog‟lom turmush tarzi asoslarining egalab olishlarini ta‟minlashga da‟vat etilgan».
Boshlang‟ich ta‟lim bosqichi oldiga qo‟yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta‟lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta‟lim standarti asosida davlat boshlang‟ich sinf o‟quvchilaridan standartga belgilab qo‟yilgan ko‟rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o‟z navbatida, bu ko‟rsatkichlarga erishish uchun zarur bo‟lgan ta‟limiy xizmatlar va vositalar bilan ta‟minlaydi.
Boshlang‟ich ta‟lim standarti ta‟lim sohalariga qo‟yilgan standart ko‟rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta‟lim sohalariga belgilab qo‟yilgan ta‟lim standartining ko‟rsatkichlari tashkil etadi. Ta‟lim sohalari bo‟yicha ta‟lim natijasining sifati xuddi mana shu ko‟rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o‟rinda belgilab qo‟yilgan ko‟rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o‟lchov biriliklarida ifodalanadi.
Boshlang‟ich ta‟lim bosqichida o‟quvchining ona tili ta‟limi sohasi bo‟yicha tayyorgarlik darajasiga qo‟yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o‟qish texnikasi, og‟zaki fikrni va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‟lib, ona tili ta‟limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‟quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi.
2-sinf o‟quvchilarining o‟zlashtirishi zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalar quyidagilar:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin