2. Adsorbsiya jarayoni


Adsorberlar va ularning turlari



Yüklə 53,63 Kb.
səhifə6/7
tarix09.02.2023
ölçüsü53,63 Kb.
#83631
1   2   3   4   5   6   7
Adsorbentlar

Adsorberlar va ularning turlari.


Adsorbstiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan adsorberlarda iloji boricha gaz va Qattiq yuza o’rtasidagi to’qnashuv yuzasini ko’paytirish zarur. Ushbu to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra adsorberlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) Kontakli adsorbstiya; 2) Statik adsorbstiya; 3) Perkolyastion adsorbstiya.
Kontakli adsorbstiya. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan adsorberlar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va o’lchami adsorberlarda xom ashyo va adsorbenlar bir biri bilan aralashtiriladi va maxsus ramkali va diskli filtirlarda xom ashyo va adsorbentlar ajratib olinadi. Bu jarayonda suyuk xom ashyo va qattiq adsorbentlar ishtirok etadi, natijada xom ashyoning rangi tiniqlashib, ishchi xossalari yaxshilanadi va sifati oshadi.
Statik adsorbstiya. Bu adsorbstiya turi eng ko’p tarqalgan jarayon hisoblanadi. Adsorbent qo’zg’almas qatlamda joylashtiriladi. Tozalanishi kerak bo’lgan gaz yoki suyuq fazalari shu qo’zg’almas qatlamdan o’tkazilib turiladi. Adsorbent sifatida sun’iy yoki tabiiy adsorbentlar ishlatilishi mumkin. Sun’iy adsorbentlarga Silikatlar yoki silikagellar, alyumogellar va steolitlar ishlatilishi mumkin. Tabiiy adsorbentlar sifatida esa bentonitlar, aktivlashtirilgan ko’mirlar, boksitlar, gilmoyalar ishlatilishi mumkin. Jarayonda kamida ikkita adsorberlar ishlatiladi, sababi birinchi adsorberda adsorbstiya jarayoni borsa, ikkinchi adsorberda desorbstiya jarayoni boradi va jarayonning uzluksizligi ta’minlanadi.
Perkolyastion adsorbstiya. Perkolyastion adsorberlarda adsorbentlar xom ashyo bilan birgalikda xarakatlanishi natijasida suyuqlik yoki gazlar qattiq yuza bilan harakatlanish vaqtida bir biri bilan kontaktlashishadi. Perkolyastiya so’zining ma’nosi filtirlash degani bo’lib, jarayonda tozalanishi kerak bo’lgan maxsulotlar filtirlanish natijasida tozalanadi. Bu jarayon sanoatda ko’pincha neft moylarini tozalash uchun qo’llaniladi.



Yüklə 53,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin