2. Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi


MILLIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT MUDOFAA QOBILIYaTINING MUSTAHKAMLANIShI



Yüklə 120 Kb.
səhifə2/2
tarix06.09.2023
ölçüsü120 Kb.
#141794
1   2
O’zbekistonda demokratik islohotlar

MILLIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT MUDOFAA QOBILIYaTINING MUSTAHKAMLANIShI
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
XXVI bob. MUDOFAA VA XAVFSIZLIK
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»

O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.


Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.

1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi.


Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:


Quriqlikdagi qo‘shinlar.
Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
Maxsus qo‘shinlar.
Milliy gvardiya brigadasi.
Chegara va ichki qo‘shinlar.
Milliy xavfsizlik xizmati.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.


«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti mustaqillik yillarida qishloq infratuzilmasini o‘zgartirish bo‘yicha bir qator farmonlarni e’lon qildi. Jumladan: «Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida» (1991-yil 29-noyabr), «Yaylov chorvachiligi (qorako‘lchilik, qo‘ychilik, yilqichilik, tuyachilik) xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qo‘shimcha tadbirlari to‘g‘risida» (1992-yil 7-yanvar), «Paxtaning xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida» (1992-yil 22-oktabr), «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1996-yil 3-aprel) kabi Prezident farmonlari agrar sohadagi islohotlarni amalga oshirishga xizmat qildi. Respublika Prezidenti birgina 1996-yil 3-apreldagi Farmoni bilan qishloq xo‘jaligini sifatli texnika, mineral o‘g‘itlar, ekinlarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2000-yilga qadar respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning kompleks dasturini ilgari surdi.
2001—2002-yillarda yuz bergan qurg‘oqchilikni nazarda tutib, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat hukumati alohida qaror qabul qildi.
O‘zbekiston hukumati mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini mustahkamlash, uning ilmiy salohiyatini yuksaltirish va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash masalasiga ham katta g‘amxo‘rlik qildi. Birgina «O‘zqishloqxo‘jalikta’minotta’mir» tizimining o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyat birlashmasi, 166 ta tuman ishlab chiqarish korxonasi, 28 ta ta’mirlash zavodi, 64 ta kichik korxona va 13 ta korxona mamlakat qishloq xo‘jaligiga xizmat qiladi.
Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi ilmi erishgan va erishayotgan yutuqlar va ularni mamlakatning xo‘jalik hayotiga olib kirish muammolari bilan O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi tizimiga qarashli bo‘lgan ilmiy markazning 17 ta ilmiy tadqiqot instituti, ularning 12 ta filiali, 15 ta punkti, 9 ta tajriba-sinov bazasi va 50 taga yaqin boshqa bo‘limlari shug‘ullanadi.
2003-yildan Toshkent Agrar universitetining Nukus filiali ish boshladi va voha qishloq xo‘jaligini kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Xullas, mustaqillik sharofati tufayli O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida Sho‘ro mustamlakachiligi davridagidan keskin farq qiluvchi tub sifat tizimi vujudga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan “Oʻzbekiston Respublikasida yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini aniqlash boʻyicha” boʻlim tomonidan “Ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlari roʻyxati” ishlab chiqildi hamda Bayonnoma sifatida tasdiqlandi.
2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasi”ni “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi ijrosi yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Aqlli tibbiyot” konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga amaliyotga joriy qilish maqsadida taqdim qilindi.
2018 yil 25 oktabr 865-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori imzolandi va qaror ijrosi boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti professori va Xalqaro molekulyar allergologiya markazining eksperti Uve Edvin Berger bilan Xalqaro markaz faoliyati boʻyicha muhokamalar olib borildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Niderlandiya davlatining Elsevier xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatdi. Hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasi hamda Elsevier kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandum doirasida 100 nafar oʻzbekistonlik shifokor mutaxassislarga Elsevier kompaniyasining Clinicalkey platformasidan 6 oy bepul foydalanish uchun imkoniyat yaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. – T.14. – T.: O’zbekiston, 2006. – 61–97, 139–153, 248–265-b.

2. Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 48 b.

3. Karimov I.A. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish – farovon hayot garovidir. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2007. – 64 b.

4. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. – T.15. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 3-11, 154-211-241-251-b.

4. Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 48 b.


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Toshkent. ‘Ma’navieat’ nashriyoti. 2008.

6. Karimov I.A. “O’zbekiston – mustaqillikkaerishish ostonasida”. Toshkent. ‘O’zbekiston’ nashriyoti. 2011 yil.

7. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oily saodatdir” Toshkent. ‘O’zbekiston’ nashriyoti. 2015 yil.

8. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarishdan iborat.” O’zbekiston RespublikasiKo’nstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2015 yil 6 dekabr soni.

9. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan isloqotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka yanada kеng yo’l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir”. 2016 yil 15 yanvarda bo’lib o’tgan, Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maqkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2016 yil. 16 yanvar soni.

10. Yunuso’v K.A.(Hammualliflikda). O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O’quv qo’llanmasi. Toshkent. “Navro’z” nashriyoti. 2014 yil. 400 bet.

11. Rahimov I., Zohidov A., Azizov SH., Ayupov A. va boshq. Mustaqillik mafkurasi va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.: «Universitet», 2001. 232-bet.

12. Pugachev V.P., Solovg’ev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 202-255-betlar.

13. O’zbekiston: 13 yil mustaqil taraqqiyot yo’lida. T.: «O’qituvchi», 2004, 3-44-betlar.

14. Do’stjonov T., Hasanov S. O’zbekiston demokratik taraqqiyot yo’lida. T.: Toshkent Moliya instituti, 2004, 3-180-betlar.

15. SHarifxo’jaev M. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati. – T.: SHarq, 2005. – 240 b.


  1. Aliev B., Hoshimov T. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. – T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot nashriyoti”, 2005. – 160 b.

  2. Abdullaev M. va boshqalar. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: “SHarq”, 2006. – 528 b.
  3. Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlari. – T.: “Ma’naviyat”, 2006. – 160 b.


  4. To’xliev N. va boshqalar. O’zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashr., 2006. – 280 b.


  5. Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 204 b.


  6. Levitin L., Karlayl S. Islom Karimov - yangi O’zbekiston Prezidenti. -T.: «O’zbekiston», 1996, 40-46, 117-119-bet.


  7. Odilqoriev X.T., Foyibnazarov SH.F. Siyosiy madaniyat. T.: O’zRIIV Akademiyasi, 2004, 138-158-betlar.



Yüklə 120 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin