2-amaliy dars.
Stohastik tajriba. Elementar hodisalar fazosi hodisalar algebrasi
Telefon klaviaturasida 10 ta raqam bor. Tasodifan terilgan raqamning 4 dan kichik bo’lish ehtimolligini toping. P(A)=0,4
Talaba imtixondagi 40 ta savoldan 5 tasiga tayyor emas.Unga tayyorlangan savol tushish ehtimolligini toping. P(A)=0,875
Birinchi qutida 10 ta oq va 4 ta qora, 2-qutida 5 ta oq va 9 ta qora sharlar bor. Har bir qutidan bittadan olinganda ikkalasi ham qora bo’lish ehtimoligini toping. P(A)=0,184
Idishda 16 ta oq va 12 ta yashil shar bor. Ixtiyoriy 2ta olingan shar bir xil bo’lish ehtimolligini toping. P(A)=0,49
Uchta o’quvchi bir xil masala yechmoqda. Ularning masala yechish imkoniyatlari 0,8; 0,7; 0,6 ga teng. Aqalli bittasining to’g’ri yechish imkoniyatini toping. P(A)=0,976
Qutida 4 ta qizil va 6 ta oq shar bor.
Bitta olingan shar oq bo’lish ehtimolligini toping. P(A)=0,6
Ikkita olingan shar qizil bo’lish ehtimolligini toping. P(A)=0,13
Uchta olingan shar oq bo’lish ehtimolligini toping P(A)=0,17
2 ta tanlangan 2 xil bo’lish ehtimolligini toping. P(A)=0,26
Uchta ovchining quyonga o’q uzish imkoniyati 0,4; 0,5; 0,6 ga teng. Hech bo’lmaganda bitta ovchi o’qni tekkazish ehtimolligini toping. P(A)=0,88
Qutida 1 dan 6 gacha nomerlangan 6 ta shar bor. Ularni ketma-ket olinganda tartibli chiqish ehtimolligini toping P(A)=1\720
100 ta lampochkadan 90 tasi yaroqli. 4 ta olinga lampochka yaroqlibo’lish ehtimolligi toping. P(A)=0,65