2-Amaliy ish Mavzu: Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi. Ishdan maqsad


Arifmetik amallar va qiymat berish operatori



Yüklə 48,41 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü48,41 Kb.
#182139
1   2   3   4
Dasturlash. 2-amaliy ish (2)

Arifmetik amallar va qiymat berish operatori. Berilganlarni qayta ishlash uchun PYTHON tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytariluvchi qiymati hisoblanadi.
Tayanch arifmetik amallarga qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/), darajaga ko‘tarish (**) va bo‘lish qoldig‘ini olish (%) amallarini keltirish mumkin. Amallar qaytaradigan qiymatlarni o‘zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli modifikatsiyalari ishlatiladi: qo‘shish, qiymat berish bilan (+); ayirish, qiymat berish bilan (-); ko‘paytirish qiymat berish bilan (*); bo‘lish, qiymat berish bilan (/); bo‘lish qoldig‘ini olish, qiymat berish bilan (%) va boshqalar. Ularning umumiy ko‘rinishlariga to‘xtalamiz.
O’zgaruvchilar bilan ishlash uchun ularning har biriga alohida nom berish lozim. O’zgaruvchini nomlashda uning maqsadini tushuntirib beradigan tarzda nom qo’yish lozim. Masalan kub hajmining qiymatini saqlaydigan o’zgaruvchini cube_volume deb nomlagan maqsadga muvofiq.
Pythonda o’zgaruvchini nomlashda bir nechta qoidalar mavjud:

  1. O’zgaruvchini nomlashda harflar, raqamlar va pastki chiziqdan(_) foydalanishimiz mumkin. O’zgaruvchini nomlashda kiril yoki lotin alifbosini tanlash ham ixtiyoriy.

  2. Boshqa belgilarni, masalan . yoki % qo’llash mumkin emas. Probel ham qatnashmasligi lozim. Ma’noga ega qismlari bir-biridan cube_volume ga o’xshab pastki chiziqcha bilan ajratilishi lozim. Masalancan_volume.

  3. O’zgaruvchini nomlashda katta va kichik harflar farq qiladi. cube_volume va Cube_volume o’zgaruvchilari boshqa-boshqa.

  4. Python da maxsus ma’noga ega bo’lgan masalan int, return, for kabi so’zlarni o’zgaruvchi nomi sifatida qo’llash mumkin emas va yana o’zgaruvchuni nomlashda birinchi belgi son bo’lishi mumkin emas ya’ni 1cube_volume holati.

Python da o`zgaruvchini e’lon qilish.
O’zgaruvchini e’lon qilishda dastlab o’zgaruvchi nomi yoziladi, undan so’ng o’zgaruvchi tipi yoziladi.
a = int(5)
-2 147 483 648 dan 2 147 483 647 gacha bo’lgan butun sonni saqlashi mumkin bo’lgan a deb nomlangan o’zgaruvchi e’lon qilindi. Python dasturlash tilida o’zgaruvchi tipini e’lon qilmagan xolda ham ishlatish mumkin. Bu holatda o’zgaruvchi qaysi tipga tegishli ekanligini dasturni avtomatik tarzda belgilab ketadi. Ya’ni:
a = 5 deb yozsak avtomat tarzda dastur o’zgaruvchini butun (int) tipda ekanligini qabul qiladi. Agar
a = 5.0 tarzda yozilsa bu holatda dastur o’zgaruvchini haqiqiy (float) tipga tegishli deb qabul qiladi.

Yüklə 48,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin