2-amaliy ish Rabbonayev javoxir 2-amaliy ish


Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari



Yüklə 10,17 Kb.
səhifə4/4
tarix26.10.2023
ölçüsü10,17 Kb.
#161501
1   2   3   4
2-amaliy ish Rabbonayev javoxir-fayllar.org

Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari

Sezgi - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.



Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslariMa’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Tashqi olamdan bizni tanamizga milliard qo‘zg‘ovchilar hujum qiladi. Bizning qorong‘i ichki dunyoimizda esa sirli miyamiz ishlaydi. Bu fakt esa psixologiyaning yuqori ming yildan ortiq fundamental muammosini ko‘taradi. Masalani echishda bundan yuz yil avval psixologiya fan sifatida rivojlandi: Atrof muxitimizni o‘rab turgan siymolar miyamizga tushadi?
Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan olovnito‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu jarayon an’anaviy sezgi deyiladi. So‘ng esa biz buni olib biz o‘z sezgilarimizni tashkil qilishimiz va sharxlashimiz, va bu jarayon an’anaviy idrok deyiladi. Bizning kundalik amaliyotimizda sezgi va idrok uzilmas bir jarayonga aytiladi. 5 chi va 6 chi boblarda biz ikkala qismini birlashgan jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Biz bu bobni sensor retseptorlardan boshlab, yuqori darajadagi ma’lumotlarni ishlanmalarini ko‘rib chiqamiz. Kirish qismidagi sensor analiz, psixologiyada ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab ishlash deb nomlanadi. Sezgi jarayonining buzilishi xar erda bo‘lishi mumkin bu sensor retseptordan boshlab to perseptiv interpretatsiyada tugaydi. Masalan, inson ko‘zida katarakta bilan tug‘ilsa uni ko‘zlari yorug‘likni ko‘rmaydi, bu jarayonda eng murakkab mexanizm ishlasa xam ko‘rish ma’lumotlarini bilolmaydi. Miyasi shikastlangan bemorlarda ham qandaydir sezgi va idrok zanjirlari bor. Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini ko‘zguda ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni sxema bo‘yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi.





http://fayllar.org
Yüklə 10,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin