Funksiya nomi
|
Qiymati
|
DatePart ()
|
Sana qismini qaytaradi: yil, chorak, oy, hafta, kun, soat, daqiqa, soniya
|
Year (), Month ()
|
mos ravishda yil va oyni qaytaradi
|
Hour (), Minute (), Second ()
|
Belgilangan sananing soatini, daqiqalarini va soniyalarini qaytaradi
|
WeekdayName ()
|
hafta kunining nomini qaytaradi
|
DatePart () funksiyasi qanday ishlashini ko'rib chiqamiz:
SELECT ID, Familiya, Ism, Tugilgan_yil, DatePart("m",Tugilgan_yil) AS OY
FROM Talabalar
DatePart () funksiyasi qo'shimcha parametrga ega, bu sananing kerakli qismini aks ettirish imkon beradi. Misolda biz oy raqamini ko'rsatadigan "m" parametridan foydalanganmiz (xuddi shu tarzda biz yilni "yyyy", chorak - "q", kun - "d", hafta - "w", soat - "h", daqiqa - "n", soniya - "s" va boshqalar).
SELECT ID, Familiya, Ism, Tugilgan_yil, DatePart ('w',Tugilgan_yil) AS HAFTA
FROM Talabalar
Hisoblanadigan maydonlar
1. Matematik amallarni bajarish
Hisoblanadigan maydonlardan foydalanish usullaridan biri tanlangan ma'lumotlarga matematik amallarni bajarishdir. Talabalar jadvalidan yana foydalanib, bu qanday amalga oshirilishini qaraymiz.
Har bir talabaning yoshi nechida ekanligini hisoblaymiz. Buning uchun Tugilgan_yil maydonidan talabalarning tug’ilgan yilni ajratib olamiz va joriy yilni aniqlash funksiyasi (Year(Date()))dan ayiramiz.
SELECT ID, Familiya, Ism,Year(Date()) - DatePart("yyyy",Tugilgan_yil) AS yosh
Dostları ilə paylaş: |