Ikkinchi kursda nechta talaba borligini aniqlaymiz buning uchun COUNT () funksiyasidan foydalanamiz: SELECT COUNT(*) FROM Talabalar WHERE Kurs = 2
2. Psevdonimlardan foydalanish Oldingi misolda biz ikkinchi kursda nechta talaba borligini hisobladik va hisoblangan qiymat Expr1000 maydonida aks etdi. Biroq, kelajakda ushbu maydonga murojaat qilish biz uchun noqulay, chunki uning nomi ma'noga ega emas (MBBT maydonga bergan nom - Expr1000). So'rovda oldindan ko‘rsatgan holda maydonni nomlash, ya'ni psevdonim berish numkin. Avvalgi misolni qayta yozib va hisoblanadigan maydon uchun psevdonim beramiz:
SELECT COUNT(*) AS ikkinchi_kurslar_soni FROM Talabalar WHERE Kurs = 2
Hisoblanadigan maydon ikkinchi_kurslar_soni nomini oldi. Buning uchun AS operatoridan foydalanildi, operatordan so'ng kerakli nomni ko'rsatiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, SQL-da faqat asosiy matematik operatsiyalar qo'llab-quvvatlanadi: qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*), bo'linish (/). Amallar bajaralishi tartibini o'zgartirish uchun qavslardan ham foydalanish mumkin. Psevdonimlar ko'pincha nafaqat hisoblangan maydonlarni nomlash uchun, balki mavjud maydonlarni qayta nomlash uchun ham ishlatiladi. 3. Maydonlarni birlashtirish (ulash) Matematik amallardan tashqari, matnlarni birlashtiramiz va uni alohida maydonda aks ettirish mumkin. Matnlarni ulash (birlashtirish): SELECT Ism + ' ' + Familiya AS Ism_fam FROM Talabalar
Ushbu misolda ikkita ustundagi qiymatni birlashtirildi va natijani yangi Ism_fam maydonga chiqarildi.