2-Amaliy mashg‘ulot Dielektriklarning elektr mustaxkamligi



Yüklə 84,65 Kb.
səhifə1/7
tarix17.06.2023
ölçüsü84,65 Kb.
#131889
  1   2   3   4   5   6   7
2-Amaliy




2-Amaliy mashg‘ulot
Dielektriklarning elektr mustaxkamligi
Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko‘payadi. Elektr izolyatsiyasi cheklanmagan qiymatdagi o‘ta yuqori elektr kuchlanishiga bardosh bera olmaydi. Kuchlanish qiymati ko‘tarila borishi natijasida dielektrikda teshilish sodir bo‘ladi. Bunda dielektrikda tok oqimi keskin ortadi. Teshilish payitida dielektrikda sodir bo‘ladigan o‘ta o‘tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa-tutashuviga olib keladi. Teshilish sodir bo‘lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va xokozolarni kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektr maydonida joylashgan dielektrik o‘z izolyatsion xususiyatini elektr maydoni kuchlanganligining ma’lum qiymatida yo‘qatadi. Dielektrik xajmining aniq bir qismida keskin o‘zgarish ro‘y berishi oqibatida elektrodlar orasida dielektrik orqali katta tok o‘tib, qisqa-tutashuv xodisasi ro‘y beradi. Dielektrikning teshilish laxzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi (Ut) deyiladi. Elektr maydoning shu laxzaga mos keluvchi qiymati esa dielektrikning elektr mustaxkamligi deyiladi. Dielektrikning elektr mustaxkamligi teshilish kuchlanishining dielektrikning teshilish joyidagi qalinligi (h) ga nisbati bilan aniqlanadi. Kv /mm (4.1)
Dielektrikning elektr mustaxkamligi SN ga asosan MV/m larda o‘lchanadi.
1 MV/m = 103 kV/mm =106 V/m
Agar dielektrikda , r, tg qiymatlari qanoatli darajada bo‘lmasa, materialni ishlatsa bo‘ladi, lekin E qiymati qanoatli darajada bo‘lmasa, bunday dielektriklarni umuman ishlatib bo‘lmaydi. Teshilish natijasida dielektrikdan katta tok o‘tib, elektr texnika uskunasi ishdan chiqadi. Quvvatli generator, transfarmator va kabellarda izolyasiya teshilish energetic sistema uchun jiddiy falokat xisoblanadi. Shuning uchun xam, teshilish nima sababdan kelib chiqishi, izolyasiya kuchlanishning qanday qiymatini ushlay olishini bilish juda zarurdir.

Yüklə 84,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin