2-amaliy mashg’ulot Ishdan maqsad


Tuzilma elementlarini saralash



Yüklə 116,2 Kb.
səhifə4/9
tarix02.12.2023
ölçüsü116,2 Kb.
#171053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-amaliy mashg\'ulot MTva A

Tuzilma elementlarini saralash


Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda ma’lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma’lumotlarni kalitlari bo‘yicha doimiy ko‘rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma’lumotlarni massivda kalitlari bo‘yicha o‘sishi tartibida berilishi tushuniladi.
Ma’lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma’lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur.
Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:

Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma’nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko‘rsatkichlari almashtirilib, massiv o‘z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.
Saralashning quyidagicha usullari bor:

  • qat’iy (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) usullar;

  • yaxshilangan usullar.

Shu joyni o‘zida qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko‘ra 3 ta toifaga bo‘lish mumkin:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish usuli (by insertion);
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlash usuli (by selection);
3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish usuli (by exchange).
    1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish usuli bilan saralash algoritmi


Bunday usul karta o‘yinida keng qo‘llaniladi. Elementlar (kartalar) hayolan “tayyor” a(1),...,a(i-1) va boshlang‘ich ketma-ketliklarga bo‘linadi. Har bir qadamda (i=2 dan boshlanib, har bir qadamda bir birlikka oshirib boriladi) boshlang‘ich ketma-ketlikdan i-chi element ajratib olinib tayyor ketma-ketlikning kerakli joyiga qo‘yiladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali saralash algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
for (int i=1;i
x=a[i];
x ni a[0]...a[i] oraliqning mos joyiga qo‘shish
}
Kerakli joyni qidirish jarayonini quyidagi tartibda olib borish qulay bo‘ladi. 2-elementdan boshlab har bir elementni qarab chiqamiz, ya’ni har bir element o‘zidan oldin turgan element bilan solishtiriladi. Agar qaralayotgan element kichik bo‘lsa, oldinda turgan element bilan o‘rin almashadi va yana o‘zidan oldinda turgan element bilan solishtiriladi, jarayon shu kabi davom etadi. Bu jarayon quyidagi shartlarning birortasi bajarilganda to‘xtatiladi:
1. x elementi oldida uning kalitidan kichik kalitli a(j) elementi chiqqanda.
2. x elementi oldida element qolmaganda.
for (int i=1;i
int j=i;
while(a[j]
int t=a[j-1];
a[j-1]=a[j];
a[j]=t;
j=j-1;
}
}

    1. Yüklə 116,2 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin