2-amaliy mashg’ulot operasiya nomini tuzilishini o’rganish. Guruh detallar aniqligini tekshirish



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə1/4
tarix15.11.2022
ölçüsü152,81 Kb.
#69311
  1   2   3   4
2-Amaliy mashg\'ulot


2-AMALIY MASHG’ULOT
Operasiya nomini tuzilishini o’rganish. Guruh detallar aniqligini tekshirish.

Mexanik ishlov berish va yig’ish jarayonlarini loyihalashda deyarli murakkab va printsipal bo’limlardan biri texnologik bazalar va bazalash sirtlarini tanlash va tayinlash hisoblanadi. Texnologik bazalar to’g’risidagi savolni yechimi sezilarli darajada: konstruktor tamonidan berilgan o’lchamlarni bajarish faktik aniqligiga; ishlanuvchi yuzalarning o’zaro to’g’ri joylashishiga; loyihalangan texnologik amalni ishchi tamonidan bajarishda qo’yilgan aniqlikni ushlashga; zarur moslamalar konstruktsiyasi, keskich va o’lchash asboblarga va murakkablik darajasiga; detalni ishlashning umumiy unumdorligiga bog’liq.


Texnologik jarayonni loyihalovchi texnolog konstruktorga qaraganda detalni chizmasida konstruktor tomonidan beriilgan birgina detalni shakli va o’lchamlarinigina ko’rmasdan, balki u, bu detalni tanavordan tayyor detalga aylantirish jarayonidagi qator shakl va o’lchamlarini o’zgarishini ko’rib chiqadi.
Shuning uchun, detalni ishlashning birinchi amalidan boshlab, texnolog texnologik bazalarga nisbatan ishlanuvchi yuzalarni orientirlanishini ko’zda tutishi zarur.
Detalga ishlov berishni birinchi amalidan boshlab, uning ishlanuvchi sirti texnologik bazalarga nisbatan orientirlanadi.
Binobarin, detallarga ishlov berishda bazalovchi yuzalarni qo’llash uslubiga bog’lq holda ular: tayanch, sozlash va tekshirish bazalovchi sirtlarga bo’linadi.
D etalning tayanch bazasi deb, moslama yoki dastgohni tegishli o’rnatuvchi sirtlari bilan bevosita tegib turuvchi sirtlariga aytiladi (3.1–rasm).
Tayanch texnologik bazalar, sozlangan dastgohlarda partiya detallarning zarur bo’lgan aniqligini ta’minlash bilan birga, dastgohni murakkab sozlashni talab etmaydi va yirik seriyali ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Sozlash bazasi deb, detalning shunday sirtiga aytiladiki, bunga nisbotan ishlanuvchi sirtlar orientirlanadi va u shu sirtlarning bevosita o’lchamlari bilan bog’langan bo’lib, ko’rilayotgan ishlanuvchi sirtlar bilan bir o’rnatuvda hosil bo’ladi (3.1–rasm).
Tanavor M sirti bilan tokarlik–revolver dastgohining mahkamlash qurilmasining tirgagiga tayanadi. Bu sirt A sirtni h o’lchamga mos qilib ishlov
berish uchun tayanch texnologik baza hisoblanadi. В, С, D va E sirtlarning holatlari dastgahni sozlashda A sirtning holati bilan aniqlanadi. A sirtga nisbatan
tirgaklarni o’rnatish amalga oshiriladi. Shuning uchun A sirt bir o’rnatuvda ishlanuvchi В, С, D va E sirtlar uchun texnologik sozlash bazasi bo’lib hisoblanadi.
Ayniqsa texnologik sozlash bazasini ishlatish avtomatlarni, ko’pkeskichli dastgohlarni, gidronusxalovchi dastghlarni, RDB larni va h.k qo’llashda foydalidir. Hisoblar, o’lchamlarni qo’yish va asboblarni sozlash sezilarli soddalashadi.
Detallarni yakka va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashda hamda aniq birikmalarni yig’ishda, tekshirish bazalari deyarli keng qo’llanmoqda.

Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin