2-amaliy mashG‘ulot: O‘qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari



Yüklə 81,75 Kb.
səhifə4/8
tarix07.07.2023
ölçüsü81,75 Kb.
#136049
1   2   3   4   5   6   7   8
2-3 amaliy ish

4. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bo‘lgan to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug‘aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq yetib bormasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e’tiborsizlik natijasida ba’zan mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e’tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar» (Gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanayapti.1
Nutqda mantiqiylikka erishish uchun qo‘llangan so‘zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir so‘z nutqda qo‘llanganda, o‘ziga xos ma’nonigina ifodalashi zarur.
Mantiqiylikni predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi deb ikkiga ajratish mumkin. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til birliklarining o‘zaro ichki munosabatlarining mosligidan iborat. Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishidan hamda bu tuzilishning nutqdagi til belgilarining ma’noviy aloqalaridan iborat. Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo‘lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqning hamma ko‘ri-nishlariga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan: ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini ko‘rib chiqaylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo‘lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda berilgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi.
Badiiy nutq tuzilishi esa bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi, ya’ni boshqa voqealar hikoya qilinadi.. Bu narsa go‘yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko‘rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng qamrovlik tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning oxirida ma’lum bo‘ladi.
Xulosa shuki, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq maqsadga mos holda ishlatiladigan nutqni tushunamiz.

Yüklə 81,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin