Ma’lumotlarni qabul qilish/uzatish qurilmasi signalni jo’natayotgan kompyuterdan uzatishda muhitni shakllantiradi va qabul qiladigan tomonda uzatish muhitidan qabul qiladi.
Hamma qabul qilish/uzatish qurilmalari uzatish tipi bo’yicha xarakterlanadi va ma’lumotlarni uzatish tezligi va ular bajaradigan qo’shimcha funksiyalar bilan farq qiladi. Bunaday qurilmalarga misol: tarmoq kartasi, qaytaruvchilar, konsentratorlar, kommutatorlar, radio/ qabul qiluvchi/ uzatuvchilar, infraqizil qabul qiluvchi/ uzatuvchilar bo’lishi mumkin.
Tarmoq kartalari (Network Adapters) Tarmoq kartasi bu – kompyuterga o’rnatiladigan va unga tarmoqda ishlashiga imkon beradigan qurilmalar. Hozirgi vaqtda turli tarmoq kartalari ishlab chiqilmoqda. Eng ko’p tarqalgan kartalar bosma plata ko’rinishiga ega bo’lib, ular kompyuter materinskaya platasini kengaytirish joyiga o’rnatiladi. Hozirgi vaqtda ko’p ishlab chiqaruvchilar tarmoq kartalarini to’g‘ridan – to’g‘ri materinskaya plataga o’rnatmoqdalar.
Qaytaruvchilar (Repeaters) Qaytaruvchilar ma’lumotlarni uzatish muhitida foydalaniladigan signalni uzatish masofasini kattalashtirish uchun ishlatiladi. Fizik jarayonlar haqiqiyligi shundayki, u yoki bu muhitda uzatilayotgan signal uzatuvchidan qabul qiluvchiga o’tayotganda sekin – asta pasaya boshlaydi. Signalning pasayish, uzatish jarayonida kelib chiqadigan turli xalaqit beruvchi holatlarga bog‘liqdir (muhit qarshiligi, turli manbalar signallari interferensiyasi va hokazo). Signalni uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida katta masofalardan o’tishini kafolatlash uchun qaytariluvchilardan foydalanish zarurdir.
Qaytaruvchilar signalni uzatishda vositachi rolini bajaradi va uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida uzatish muhitiga ulanadi.
Konsentratorlar va kommutatorlar (Consentrators and Switshes) Konsentratorlar (Hub) va kommutatorlar (switsh) kompyuterlar tarmoq kartalarini ulash uchun foydalaniladigan hamma kabellarni yagona muhitga fizik jihatdan ulash imkonini beradi. Bu ikki qurilmaning orasidagi farq ma’lumotlar paketini uzatish vaqtida konsentratorlar ularni hamma kompyuterlarga birdaniga yuboradi, bu esa kanalni o’tkazish qobiliyatini kamaytiradi. Kommutatorlar (switsh) o’z xotirasiga ega bo’lib, unda qaysi kompyuter qaysi portga ulanganligi haqila ma’lumot saqlanadi.