2 Amaliy Transport vositalarining chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidini o‘lchash Ishdan maqsad



Yüklə 21,27 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü21,27 Kb.
#186334
2 Amaliy


2 Amaliy


Transport vositalarining chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidini o‘lchash


Ishdan maqsad: Benzinli va gazda ishlaydigan dvigatellardan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining o‘lchash usullarini o‘rganish.


Jihozlar va asbob-uskunalar: SO uglerod oksidini (is gazi) o‘lchash uchun qurilma (gazoanalizator 121 FA–01), dvigatelning tirsakli valini aylanishlar chastotasini o‘lchash uchun taxometr.

Nazariy qism.

121-FA-01 gazoanalizatorining ishlash tartibi.


Uglerod oksidining xajmiy ulushini o‘lchash uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:

  1. Elektr tarmoqqa ulanish tugmasini bosish va gazoanalizatorni 20 min kam bo‘lmagan vaqtgacha qizdirish. Nasos tugmasini bosish. Gazoanalizatorni nol ko‘rsatgichiga o‘rnatish. Nasos tugmasini o‘chirish.

  2. Avtomobil dvigatelining sovutish suyuqligini ishchi haroratdan kam bo‘lmagan haroratgacha qizdirish, (yoki motor yog‘ini, sovutish tizimi havo bilan ishlaydigan dvigatellarda), uzatmalarni o‘zgartirish dastagini neytral holatga o‘rnatish, avtomobilni to‘xtash tormoziga o‘rnatish, dvigatelni o‘chirish, avtomobilning so‘ndirgich quvuriga gazoanalizatorning tekshiruv quvurini o‘rnatish;

  3. Avtomobil dvigatelini ishga tushiring, gazoanalizatorning nasos tugmasini bosing va 1 min keyin ko‘rsatgichni yozing (bunda quyidagi korrektirovkani hisobga olish lozim: o‘lchanayotgan vaqtdagi atmosfera bosimi qiymatini quyidagi qiymat bilan taqqoslash 101,5 KPa (760 mm.rt.st.). Taqqoslashdagi bosim farqi ±0,7 KPa (5 mm.rt.st.) oshsa, gazoanalizatordan olingan ko‘rsatkichni quyidagicha korrektirovka qilinadi: R=K·P, R–konsentratsiyaning haqiqiy qiymati; P–gazoanalizatorning ko‘rsatmasi; K–atmosfera bosimi ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient, 1–jadvaldan olinadi. Gazoanalizator ko‘rsatkichini K koeffitsientiga ko‘paytirish lozim, o‘lchash paytidagi atmosfera bosimiga asosan K koeffitsienti 1-jadvaldan olinadi), gazoanalizator strelkasi ko‘tirila boshlaganidan keyin 0 dan 10 % diapazonga o‘tish lozim, 10 | 5 tugmasini bosgan holda;

  4. Dvigatelni o‘chiring, avtomobil so‘ndirgich quvuridan gazoanalizator tekshiruv quvurini qaytib olish kerak;

  5. Gazoanalizator strelkasini nol atrofi shkalasiga o‘rnatgandan keyin, nasos tugmasini bosib nasosni o‘chirish kerak.

  6. Har 15-25 marta o‘lchashdan so‘ng filtrlovchi elementni tekshirish kerak, agar filtrlovchi elementning rangi iflos–kulrang bo‘lsa, yangi filtrlovchi elementni o‘ranatish lozim. Agar lozim bo‘lsa tindirgichdagi kondensatni to‘kib yuborish lozim.

Ishni bajarish tartibi:

1. Qurilma bilan tanishish.


2. Sinov ob’ekti bilan tanishish.
3. O‘lchash tartibi bilan tanishish.
4. O‘lchashni amalga oshirish.
5. Tajriba davomida olingan ma’lumotlarni yozish va me’yorlar bilan solishtirish.
6. Hulosa yozish.
Sinov ob’ekti_________________________________
Jadval 2.1.



Avtomobil turi

Avtomobilni ishlab-chiqarilgan sanasi

SO miqdorini tekshirish sanasi

Tirsakli valning aylanishlar soni, min-1

Tashqi harorat (Tatm,S)

Tashqi bosim (Ratm, mm.sim.ust.)

SO ning miqdori, 

Izoh


me’yori

o‘lchangan























































Hulosa
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________




Nazorat uchun savollar:

1. Uglerod oksidining hosil bo‘lish sabablari.


2. Uglerod oksidlari qaysi rejimda o‘lchanadi?
3. Uglerod oksidining hosil bo‘lishi (oshishi, kamayishi) qaysi omillar ta’sirida bo‘ladi?
4. Uglerod oksidini o‘lchaydigan asboblarning ishlash prinsiplari.
Yüklə 21,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin