Qatnashdilar: Fakultet dekani, kafedra mudirlar, professor-o’qituvchilari
KUN TARTIBI: Institut Kengashi qarorlari, direktor buyruqlari va ko‘rsatmalarining fakultetdagi ijrosi haqida.
Talabalar davomati, fanlarni o‘zlashtirish holati haqida
O’quv jarayoni boshqarishning zamonaviy Axborot tizimlari asosida amalga oshirishni taminlash.
“1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.
Fakultetda ma’naviy-tarbiyaviy muhitni shakllantirish, professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilishi holatining tahlili va yanada yaxshilash uchun istiqboldagi vazifalar haqida.
Fakultetda iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni maqsadli o‘qitish va turli tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning tahlili.
Turli masalalar.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov sentyabr oyida Institut kengashi qarorlari, direktor buyruqlari va ko‘rsatmalarining fakultetdagi ijrosi to’g’risida axborot berdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib talabalarning davomati haqida so’z yuritdi va tyutorlardan darsga qatnashmagan talabalar bilan jiddiy shug’ulanishini fan o’qituvchilarga darsda qatnashmagan talabaga hemisda yo’q belgisini qo’yishlarini va dars boshlanishidan oldin muntazam online davomatni nazorat qilishlarini takidlab o’tildi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib Fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning HEMIS tizimiga joylashtirish va uni tahlili to`g`risida gapirib, kafedra o`qituvchilari o`zlariga biriktirilgan fanlarni HEMIS tizimiga joylashtirib borishlari, albatta bu jarayon rahbariyat tomonidan nazorat qilib borilishi va shu bilan birga o’qituvchi dars olib borish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanib darsni olib borishi haqida ta`kidlab o`tildi.
Kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib, “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan barcha professor o’qituvchilarni tabrikladilar va bu bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.
Kun tartibidagi beshinchimasala yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib, talabalar o’rtasida turli ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinishi hamda kutubxona fondini mutaxasislika oid bo’lgan kitoblar bilan to’ldirish va shu bilan birgalikda Maktabgacha ta’lim fakultetda bo’ladigan yangiliklarni Termiz davlat pedagogika instituti internet saytida yoritib borilishi haqida takidlab o’tildi va o’qituvchilarning yuqori reytingdan joy olgan jurnallardan OAK va scopus jurnallardan maqolalarni chiqarishlarini takidlab o’tildi va barcha kafedralarning professor o’qituvchilaridan ilmiy maqolalar ro’yxatini, maqolani chop etilgan va elektron shakilda dekanatga topshirishlarini takidlab o’tildi.
Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib, Fakultetda iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni maqsadli o‘qitish va turli tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha kafedralarning professor o’qituvchilarni iqtidorli talabalarni aniqlash bo’yicha takidlab o’tildi.
Kun tartibidagi Turli masalalar yuzasidan fakultet dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Allaberdiyeva Qumri Xamrayevnaning maktabgacha ta’lim psixologiya va pedagogika yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan “Oila psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini nashrga tavsiya etish kun tartibidagi turli masalalarga kiritilganligini aytib, o‘quv qo‘llanma shu kunning muhim talabi bo‘lib,undan maktabgacha ta’lim psixologiya va pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga oila psixologiyasining maqsad va vazifalari, oilaviy hayot qonuniyatlari oid bilimlarini kengaytirish, oila muammolari va ularni hal etish yo‘llari bilan tanishtirish, ilk ma’naviy qadriyatlar shakllanadigan ijtimoiy institut hisoblanmish oilaga nisbatan to‘g’ri ustanovkalarni shakllantirishdan iborat ekanligini e’tirof etib, shuning uchun ham o‘quv qo‘llanmani tasdiqlash va uni chop etish uchun tavsiya etishlarini ta’kidlab o‘tdilar.