RDB dastgohining umumiy o'lchamlari
(uzunlik,
kenglik,
balandlik), mm
2840
1770
1670
RDB dastgohsining og'irligi, kg
3600
3.Dastgohlarni strukturaviy texnologik modellash (STM) asoslari Ishchi mashinaning texnologik imkoniyatlari, boshqarish tizimi, tuzilishi hamda xizmat ko’rsatuvchi qurilmalari to’g’risidagi formulalar, sxemalar va tsiklogrammalar majmui mashinaning strukturaviy texnologik modeli (STM)ni tashkil etadi.
STMni ta’riflash tili va strukturaviy texnologik modellash Toshkent politexnika institutining “Metall qirqish stanoklari” kafedrasining professori Molchanov G.N. tomonidan ishlab chiqilgan va o’quv jarayonida qator fanlarni dars berishda keng qo’llanilib kelmoqda.
STM bu real texnologik jihoz (yoki ular komplekslari) obrazini identifikatsiya qiladigan, o’zaro bog’langan formula va sxemalarning axborot-mantiqiy tizimidir. Modelning tarkibi jihozning ishlash printsipi, konstruktsiya g’oyasi, texnologik imkoniyatlari, kinematikasi, yuritmalari, xizmat ko’rsatish qurilmalaridan iborat. Xizmat ko’rsatish qurilmalariga odamni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiradigan, ya’ni detallar va asboblarni avtomatik almashuvi, diagnostika, nazorat qilish va hokazo, sharoitlarga yo’l ochib beradiganqurilmalar kiradi.
STM murakkab ishchi mashinalarni o’rganish, loyhalarini ishlab chiqish va tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
Ishchi texnologik mashinalarni yaratish jarayonida (rasm 5) STM loyihani tayyorlash bosqichida qo’llaniladi.