4§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha bank nazorati.
54
Ko’pgina
rivojlangan
mamlakatlarda
bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa
tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv ob’ektlari hisoblanadi,
chunki tijorat banklari o’z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat
korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi.
Shu sababli davlat respublika bank tizimining barqarorligi, bu barqarorlik xuquqiy
ta’minlanishi va uning rivojlanishidan manfaatdordir. Respublika iqtisodiyotida
davlat asosiy islohotchi bo’lsa, bank tizimida esa bu vazifa Respublika Markaziy
bankiga yuklatilgan. «Markaziy bank to’g’risida»gi qonunining, 3-moddasida
ko’rsatilgandek, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri - respublikada
to’lovlarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlashdan iboratdir.
Markaziy bank tejamkor to’lovlar tizimini ta’minlash maqsadida milliy
to’lovlar tizimining yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini
belgilaydi. To’lovlar tizimi sohasida bosh moliyaviy maqsad, joylarda pul
mablag’larini xavfsiz va samarali o’tkazishdan iborat. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni
o’tkazishdagi tejamkorlik masalasi esa to’lovlar tizimi samaradorligini baholashning
asosiy mezonlaridan biridir.
Iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning samaradorligini oshirish
maqsadida Markaziy bank tomonidan «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
to’g’risida» Nizom ishlab chiqildi va 2002 yil 12 yanvarda O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni
amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom fuqarolik kodeksi. «Markaziy bank
to’g’risida»gi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi
korxonalari to’g’risida»gi Qonunlar va Markaziy bankning O’zbekiston Respublikasi
hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga
muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizomning bir maromda ko’llanilishi mamlakatning
butun iqtisodiy makonida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning o’tkazilishi ustidan nazorat
Nizomda ko’rsatib o’tilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish printsiplarning
bajarilishini tekshirishdan boshlanadi. Korxona va tashkilotlarning pul mablag’lari
bankdagi depozitlar bo’yicha hisobvaraqlarda saqlangani uchun naqd pulsiz hisob-
kitoblarning barchasi banklardagi hisobvaraqlardan o’tkaziladi, bu esa, korxona va
tashkilotlarning kunlik faoliyatining bank tomonidan nazorat qilib turishga sharoit
yaratadi. Shu bilan birga xo’jaliklar va yuqori tashkilotlar o’rtasida ham o’zaro
nazoratni yuzaga keltiradi.
Mulkchlik
shakllarining
xilma-xilligi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblar
qoidalari xo’jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash
printsiplardan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo’jalik
organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. Xo’jaliklar o’zaro
hisob-kitoblarda Nizomda ko’rsatilgan istagan naqd pulsiz hisob-kitob shaklidan
foydalanishlari mumkin. Bank esa naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha nazoratni naqd
pulsiz hisob-kitob shakli bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish davrida olib
boradi. Eng avvalo, hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning to’g’ri va to’liq
rasmiylashtirilganligi xamda o’z vaqtida taqdim etilayotganligi tekshiriladi.
55
Hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilayotganda asosiy e’tibor hisob-kitob
hujjatlarining tovarliligini nazorat qilishga qaratiladi. Korxonalarning davlat
tassarufidan chiqarilayotgan bir vaqtda davlatga qarashli korxona va tashkilotlardan
boshqa mulkchilik shakllariga tegishli korxona va tashkilotlarga pul o’tkazishni
kuchliroq nazorat qilishni davr taqazo etadi. Shu maqsadda, davlat korxonalaridan
xususiy korxonalar nomiga kelib tushgan pul mablag’lari avval alohida hisob varaqqa
o’tkazib turiladi, 3 kun ichida xususiy korxona rahbarlari tomonidan tovar
jo’natilgani, xizmatlar bajarilgani haqidagi va boshqa kerakli hujjatlar taqdim
qilishlari lozim. Ushbu hujjatlar bankka taqdim qilingandan so’ng aloxida
hisobvaraqdagi pul mablag’lari o’tkazishi lozim bo’lgan hisob varaqga o’tkaziladi.
Agar tovar jo’natilganligi haqidagi hujjatlar bankka taqdim etilmasa, egasiga
qaytariladi. Chunki, asossiz hisob-kitob hujjatlarini taqdim qilish to’lov tizimidagi
jiddiy qonunbuzarchilik hisoblalanadi, hamda korxona va tashkilotlarning mavqeini
va moliyaviy faoliyatini izdan chiqaradi. Bank agar korxona va tashkilotlar
tomonidan nokonuniy hisob-kitoblar rasmiylashtirilganligini aniqlasa, jarima undirish
va boshqa chora-tadbirlardan tashqari korxona yuqori tashkiloti va huquqiy
organlarni ham bu haqda xabardor qiladi.
Bank
muassasalari
korxona va tashkilotlarning o’zaro shartnoma va
majburiyatlarining bajarilishi ustidan ham qisman bo’lsada, nazorat qiladilar. Lekin
bank shartnoma shartlarining buzilish sabablari, yoki kelib chiqish sabablarini
aniqlashga aralashmaydi va tahlil etmaydi. Shartnoma shartlarining bajarilishi, hisob-
kitoblarning o’z vaqtida tashkil etilishini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimovning «Xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazish
uchun korxona va tashkilotlar raxbarlari ma’suliyatini oshirish chora-tadbirlari»
to’g’risidagi Farmoni alohida o’rin tutadi. 1995 yil 12 mayda chiqarilgan ushbu
Farmonga asosan, mulk shaklidan qat’iy nazar, har qanday korxona yoki tashkilot
olinadigan mahsulot qiymatining albatta 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorini
oldindan to’lashi kerak. Bu jarayon ham bank nazorati orqali o’tadi. Bundan tashqari,
xar qanday korxona uchun u jo’natgan mahsulot yoki ko’rsatgan xizmatning to’lov
puli 60 kun ichida bankka kelib tushmasa, bu summa korxonaning debitorlik qarzi
hisoblanadi. Bunday xolga yo’l qo’ygan korxona hamda bosh buxgalterlari
ma’muriy, zarur bo’lgan hollarda esa jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Respublikada korxona va tashkilotlar o’rtasida to’lov intizomini yaxshilash
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yana bir «Hisob-kitoblar tizimi
hamda to’lov intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1996 yil 24
yanvardagi Farmoni chiqarildi. Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan 15
foizdan kam bo’lmagan avans to’lovlari to’lanishi majburiyligi, to’lov
topshiriqnomalarida qat’iy ravishda shartnoma nomeri, to’lov tartibi; avans
to’lovining miqdori ko’rsatilishi shart qilib belgilandi. Bunday Farmonning
chiqarilishiga asosiy sabab, xalq xo’jaligida o’zaro debitorlik va kreditorlik
qarzdorliklarining mavjudligidir. O’zbekistonda o’zaro debitorlik va kreditorlik
qarzlarning yuzaga kelishi ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog’liq bo’lib, u ayrim
hollarda xo’jaliklarni bankrot bo’lishiga olib kelmoqda yoki korxonalarning ishlab
chiqarish jarayonlarining qisqarishiga, ishchi-xizmatchilar ish xaqining o’z vaqtida
berolmay qolishiga sabab bo’lmoqda. Umuman, debitorlik va kreditorlik qarzlarning
56
ko’payishi iqtisodiyotda nochor va qoloq korxonalarning sonini oshishiga olib keladi,
bu esa o’z navbatida bunday korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi bank reytingini
pasaytiradi.
Hozirgi kunda respublika iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb muammolardan
biri debitor va kreditor qarzdorliklar zanjirini echishdir. Umuman olganda, naqd
pulsiz hisob-kitoblar ustidan bank nazoratini to’g’ri tashkil etish nafaqat bank o’z
faoliyatini yuritishda, balki butun xalq xo’jaligidagi makroiqtisodiy darajadagi
ko’rsatkichlarning xolatiga, ularning dinamikasiga ta’sir ko’rsatadi, iqtisodiyotdagi
to’lov tizimini yaxshilashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |