88
darkor. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalar yagona vakillik
hisobraqami orqali amalga
oshiriladi.
Agar «O’zsanoatqurilishbank» solnomasini varaqlaydigan bo’lsak, shuni
ta’kidlash lozimki, bank mutaxassislari vakillik hisobraqami texnologiyasiga juda
o’xshab ketadigan tizimda ishlab, etarlicha tajriba orttirishgan. Lekin ilgari axborot
texnologiyalari o’z taraqqiyotining boshlang’ich bosqichini boshidan kechirayotgan
edi. Telekommunikatsiyalar axborotni zarur darajada zudlik bilan kuzatishga imkon
bermas edi. Lekin shunga qaramasdan bank mutaxassislari
ishda katta tajriba
to’plaganlar, bu tajriba esa texnikaviy loyihalar tuzish va yangi texnologiyalar
mexanizmini qayta ishlashda yordam beradi.
O’zsanoatqurilishbank uchun integrallashgan avtomatlashtiril-gan bank tizimi
"Fido-Biznes" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Shu kompaniya mutaxassislari
O’zsanoatqurilishbankda mazkur tizimni bosqichma-bosqich joriy etishda faol
katnashmoqda.
Bank faoliyati samaradorligini ko’tarish, katta foyda olish, kapitallashtirishda
eng kam samara beradigan sohalarga qo’yilgan bank aktivlarining
kamayib borishiga
juda bog’liq. Hozirgacha ham bo’lib turgan amaliyot, ya’ni Markaziy bankning
vakillik hisobraqamlarida tijorat banki har bir filialining mablag’larini rezerv qilib
ushlab turish aktivlarining oborotdan chiqishiga olib keladi. Shu munosabat bilan
Bosh yagona vakillik hisobraqami hamda yagona balans asosida ishlashini ta’minlash
tijorat banki faoliyatining daromadliligini ko’taradi. Yagona vakillik hisobraqamini
joriy etishdan ko’riladigan samara ko’p qirralidir. Agar uning afzalligi haqida
gapiradigan bo’lsak, bu bank resurslarini engillik bilan
qayta taqsimlash imkoniyati
hamda shu resurslarni to’plash orqali bank ishining samarasi oshayotganidan
dalolatdir.
Dastlabki bosqich ham yakunlanib qoldi, bu ma’lumotlarni markazlashtirilgan
tarzda qayta ishlash va saqlashga, ya’ni yagona balans bilan ishlashga o’tish
demakdir. Ana shu loyixalarning amalga oshirilishi bilan bank faoliyatini
boshqarishning sifat jihatidan yangi darajasiga ko’tariladi.
Bugungi kunda yagona vakillik tizimiga o’tish bank tizimini isloh qilishda juda
muhim natija bo’ldi. Xususan, tijorat banklarining Markaziy bankdan mustaqilligini
va o’z xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashda ushbu tizimning ahamiyati katta.
Bundan
tashqari, banklarning aktivlarini o’z oborotidan tashqarida qolishi, ya’ni
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi qolishi majbur bo’lgan qoldiq
summasidan bank o’z oborotida foydalanishi mumkin.