2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/92
tarix11.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68645
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

Birinchidan, aylanma mablag’larning aylanishining uzluksizligini ta’minlash 
lozim
g
ya’ni xo’jalikda ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’siq bo’lmasligi 
kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’lar doimiy 
harakatda bo’lishi kerak. Ularning doimiy ravishda doiraviy aylanishda bo’lishi 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning ijobiy ta’siri natijasida bo’ladi. 
Ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning muddatliligi 
deb qarash mumkin. Bu talabning mohiyati shundan iboratki, naqd pulsiz hisob-
kitoblarni amalga oshirish vaqt jihatidan ularning ma’lum bir davrda yoki ma’lum 
bir muddatda amalga oshirilishini taqoza qiladi. Ularni amalga oshirish vaqti 
qanchalik kam bo’ladigan bo’lsa

naqd pulsiz hisob-kitoblar shunchalik tez amalga 
oshirilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’lgan mol etkazib beruvchilar, xizmat 
ko’rsatuvchilar va iste’molchilar o’rtasida molni etkazib berish va ularning pulini 
undirib olish shunchalik qisqa va tez muddatlarda amalga oshirilsa, naqd pulsiz 
hisob-kitoblarning samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. 
Uchinchidan, to’lovlarni amalga oshirishdagi javobgarlik masalasi 
hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirishning oldiga qo’yilgan 
bu talab ham naqd pulsiz hisob-kitoblarning mohiyatini ochib berishga xizmat 
qiladi. Bu talabning mavjud bo’lishi yuqoridagi ikki talabning bajarilishida o’zining 
ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
javobgarlikning bo’lishi pul mablag’larining doiraviy aylanishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Javobgarlikning bo’lmasligi aksincha, mablag’larning kunlarda 
aylanishini sekinlashtiradi. Mablag’lardan etarli darajada samarali foydalanmaslik 
oqibatida noto’lovlarning haddan tashqari oshib ketishiga, pirovardida mamlakat 


22
iqtisodiyotining izdan chiqishiga olib keladi. 
To’rtinchidan, majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 
Bu talab naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishida majburiyat shartining 
ya’ni shartnoma shartlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish 
imkoniyatining mavjud ekanligidir. 
Shu narsani ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazilishi va tijorat banklari vakillik varaqalari holati 
bo’yicha nazorat o’rnatgan. Bank vakillik varaqalarida mablag’ning etarli 
bo’lmasligi yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z mijozlari talabini bajara olmasa tijorat 
banklariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’riladi. 
Bizning mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini 
Markaziy bank belgilaydi va ushbu tartibning bajarilishi bo’yicha nazorat olib 
boradi. Amaliyotda bunday tartibning joriy etilishi butun respublika miqiyosida 
hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin