2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


§. Yil oxirida byudjet hisobvaraqlarining yopilishi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/145
tarix27.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#51645
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

5§. Yil oxirida byudjet hisobvaraqlarining yopilishi. 
 
O’zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida 
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risida operativ, oylik 
va yillik hisobotlarni tuzadi. Hisobotlarning hajmi va shakli O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda 
o’rnatilgan. 
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiining kassa ijrosi to’g’risidagi 
hisobotlar banklar tomonidan Markaziy bankning Hududiy Bosh boshqarmalariga 
taqdim etiladi. 
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklardan qabul qilib olgan 
hisobotlar asosida yig’ma hisobotlarni tuzadilar va ularni Respublika Markaziy 
bankiga belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. Yig’ma hisobotlar o’rnatilgan 
muddatlarda topshirilishi shart. 
Markaziy bankning Hududiy Bosh boshqarmalari va respublika banklari uchun 
hisobotlarni topshirish tartibi va muddati O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan o’rnatiladi, 
Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobot 
normativlarining to’g’riligi hamda hisobotning o’z vaqtida, 
o’rnatilgan tartibda topshirilishi bo’yicha bank rahbarlari va bosh 
buxgalterlari javobgardirlar. 
Davlat byudjetinnig kassa ijrosi to’g’risidagi yig’ma hisobotlar 
Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi va Markaziy bankning 
Hududiy Bosh boshqarmalari tomomidan tegishli moliya va soliq 
boshqarmalariga taqdim etiladi. 
Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan byudjet qaramog’idagi 
tashkilotlar va muassasalarga mablag’lar banklar tomonidan joriy yil uchun 31 
dekabrni hisobga olgan holda ajratiladi. 
Respublika byudjeti qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalar tomonidan 
foydalanilmagan byudjeti mablag’larining foydalanilmagan qoldiq summalari 
Respublika byudjet daromadlarining tegishli hisobvaraqlariga o’tkaziladi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ko’rsatmasiga asosan 
23404 "Respublika. qaramog’idagi byudjet muassasalarining ■ mablag’alari" 
hisobvarag’idagi foydalanilmagan byudjet mablag’larining qoldiq summalari banklar 
tomonidan 31 dekabr kuni oxirgi reys bilan Markaziy bankning Toshkent shahar 
Bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochilgan O’zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligining 23402 balans hisobvarag’iga o’tkaziladi. 
Shuningdek, 23422 «Respublika byudjetidan moliyalashtiriladi-gan 
investitsiyalar» hisobvarag’idagi foydalanilmagan byudjet mablag’larining qoldiq 
summalari ham Moliya Vazirligining hisobvarag’iga o’tkaziladi. 
Yil yakuni bo’yicha byudjet mablag’laridan foydalanilmaganligi va olingan 
daromadlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini hisobotlarda aks ettirish tartibi ishlab 
chiqiladi va banklarga etkaziladi.  


 
103

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin