9 - sxema Xujjatlarni ma’lumot bazasiga kiritish sxemasi
Bank mijoz dasturi bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu
dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga solinishi
uchun shartnoma tuziladi. Lekin “Bank mijoz” dasturi orqali operatsyailarni amalga
oshirishdan avval mijozlar bir qator texnik vositalar bilan ta’minlangan bo’lishi
lozim.
10 - sxema Mijoz uchun talab etiladigan texnik vositalar
Shunday qilib, sxemada ko’rinib turganimizdek dasturiy majmuaga ulanishlari
uchun mijozlarda quyidagilar bo’lishi talab etiladi:
• shaxsiy kompyuter;
• modem;
• printer;
• mos dasturiy ta’minot, ya’ni Windows 98, 2000; Win NT4, NT Server,
Windows XP, Millennium va xokazolardan biri.
Elektron pul hisob hujjatlarining to’g’ri shakllantirilishi, shifrlanishi va
ularning aloqa kanallari orqali bankka uzatilishi bo’yicha javobgarlik mijoz
zimmasiga yuklatiladi.