2-bosqich 1-semestr 10-mavzu: Hol va uning ifodalanishi


Mavzu yuzasidan test topshiriqlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix14.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#98235
1   2   3   4
011 11 mavzu Aniqlovchi va uning turlari

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari.
1.Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida qo‘llangan?
A. To‘g‘ri yursang murodingga oson yetarsan
B. Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko‘chaga 
otiladi
C. Bir xotin sabzavotlar solingan xaltasini ko‘tarib kelayotgandi
D. Har narsaga qiziqish-biz uchun eski odat.
2.Qaysi gapdagi aniqlovchi narsa-buyumning qarashliligini ifodalagan?
A. Bu kitoblar kimniki?
B. Yangi binolar qishloqning husniga husn qo‘shmoqda
C. Shu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi. D. Uzoq-yaqinlardan odamlar yig‘ila boshladi
3.Olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi-aniqlovchini toping.
A. Har kimning niyati o‘zining yo‘ldoshi 
B. Bu o‘lkada har narsa bordir
C. Avval o‘z aybingni bil keyin birovdan kul
D. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu 
E. Kimning ishi to‘g‘ri bo‘lsa u doim bexavotir bo‘ladi. 
4.Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qaysi gapda?
A. Bir azobning bir rohati bor 
B. Supada qator o‘tiribmiz 
C. Shu paytda uy eshigi ochildi
D. Zumrad bahorni kim sevmaydi 
E. Qorong‘ida chuqur ho‘rsindim.


Uyga vazifa:
I. Sifatlovchi va sifatlanmishni so‘z
birikmasi tarzida ko‘chiring.
1.Bu yerda yangi imoratlar, ko‘m-ko‘k paxtazorlar bor. 
2. Bektemir chiqib borayotgan qir yon bag‘ri pakana dublar
bilan qoplangan edi. 
3. Karima 3-kursni «a’lo» baholar bilan bitirdi. 
4. Shahar o‘rtasidagi qalin akas daraxtlari soyasiga joylashgan
oq imoratda mohir po‘lat quyuvchi Hafiz G‘aniyev turar edi. 


II. Qaratqich-aniqlovchili gaplarni ko‘chirib, qaratqich-
aniqlovchilarning tagiga chizing.
1. O‘smoqdamiz biz, yosh avlod, qalbimizda zo‘r istak. 
2. Uzoqdan ko‘ringan yashil qishloq - bizning qishloq. 
3. Yigitlar bolaning orqasidan kichkina ko‘chaga qayrilishdi. (O.)
4. Xayol surib o‘tirgan Farida shoshilib ko‘chaga yugurdi. 
5. Daryoning har ikki yuzida poyonsiz tayga- ulkan daraxtzor - quloch
yoyib yotadi. (V.Ajayev.) 
6. Kuzning oltin barglari suv yuzida suzar edi. (M.G.) 
7. Toshkentda o‘n birinchi avtobus Navoiy ko‘chasidan o‘tadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin