Zagotovkalar toza va xomaki zagotovkalarga bo‘linadi. Toza zagotovka deganda tayyorlangandan keyin kesib ishlanmaydigan, o‘lchamlari va tozaligi tayyor detal chizmasida ko‘rsatilgan o‘lcham va tozalikka to‘g‘ri keladigan zagotovkalar tushuniladi. Xomaki zagotovkalar chizma talablariga muvofiq keladigan o‘lcham, aniqlik va tozalikdagi detal hosil qilish maqsadida qo‘yim kesib olish uchun mexanik ishlanish zarur bo‘lgan zagotovkalardir.
Mashina detallari uchun zagotovkalar asosan quyidagi usullar bilan tayyorlanadi:
qora va rangli metallardan quyish yo‘li bilan;
bosim bilan ishlash (bolg‘alash va shtamplash) orqali;
payvandlash – zagotovka qismlarini bir butun qilib ulash yo‘li bilan;
metallmas materiallardan (plastik massalar va boshqalardan).
Zagotovka olish usulini tanlash, detalni o‘lcham va materiali, ishchi vazifasi, uni tayyorlashga texnik talablar, yillik dastur va umumiy tuzilishi kabi omillar belgilab beradi. Bu masalani xal qilishda zagotovka o‘lchami va tuzilishi detalni o‘lcham va tuzilishiga maksimal yaqin bo‘lishini ta’minlash kerak. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zagotovka aniqligini oshirish va tuzilishini murakkablashtirish uni tannarxini oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham zagotovka olishni optimal usuli qilib, zagotovka tannarxi kam bo‘lgandagi usuli hisoblanadi.
Szag=
Ci=6030000 bir tonna material tannarxi, so‘m Sotx=3015 so‘m
Q=1,4 kg q=0,9 kg
kt=1 ([7], 35b) – aniqlik koeffisenti;
kc=0.85 ([7],2.12j, 38b) – murakkablik koeffisenti;
=0.45 ([7],2.12j, 38b) – og‘irlik koeffisenti;
=1.08 ([7], 35b) – material koeffisenti;
=0.5 ([7], 34b) – serriallash koeffisenti;
Szag= .
Zagotovka olishni mavjud usullarini tahlil qilib, detalimizning konstruksiyasidan kelib chiqqan xolda berilgan ishlab chiqarish sharoitida detalimizning zagotovkasi uchun eng qulay tayyorlash usuli prokat usulidan foydalanamiz.
6. Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyixalash uchun xar bir detalning yillik ishlab chiqarish dasturi asos bo‘ladi. Xuddi shuningdek detalning ishchi chizmasi uni tayyorlash bo‘yicha texnik shartlari dastlabki ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Mashina detallari yuzalariga mexanik ishlov berish rejasi ularni tayyorlashni eng ma’qul variantini tuzishdan iborat. Yuzalarga ishlov berish ketma–ketligini tanlashdan ilgari detalni tayyorlash aniqligi va texnik shartlariga xom ashyoni olishni mexanik ishlov berish usullariga shuningdek shu detalni tayyorlashni tipoviy yoki ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan texnologik jarayonga tayanish kerak. Asosiy e’tiborni xom ashyo yuzalariga ishlov berish uchun texnologik bazalarni qabul qilishga qaratiladi. Bunda texnologik baza sifatida katta axmiyatga ega bo‘lgan konstruktorlik bazalarni tanlash muvofiqdir. Bu yuzalarga birinchi operasiyalarda ishlov berish talab qilinadi.
Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzishda uning ishchi chizmasini o‘rganib o‘lchamlarini qo‘yim tartibiga ishlov beriladi. Operasiyalarni bajarish tartibini belgilashda avvalo qolgan yuzalarga ishlov berishda baza bo‘lib xizmat qiladigan yuzaga ishlov beriladi. Shu aytib o‘tilgan fikrlar asosida ishlov berish rejasini tuzamiz.