2 Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G’arb falsafasi



Yüklə 31,89 Kb.
səhifə4/4
tarix12.04.2023
ölçüsü31,89 Kb.
#96779
1   2   3   4
Chapayev Asadbek.falsafa

Fransuz falsafasi. O`rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraqqiyotida Fransiyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o`rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Lametri, Gelvesiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.
R. Dekart (1596-1650) falsafasida dualizm asosiy o`rin tutadi. Uning fikricha materiya va ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo`ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u inson tafakkuriga bog‘liq bo`lmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhur bo`lib hisoblanadi. Bilishda fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart rasionalizm ta’limotining asoschisi bo`lib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi shubha ostiga olib bo`lmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tekshirish shubha ostiga olish mumkin. Dekart o`sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo`lib, o`z davrida aniq fanlar sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga kiritgan olim bo`lib hisoblanadi.
Lametri va Gelvesiy, Didro va Golbax o`z davrida fransuz hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga alohida e’tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma’naviy jihatdan yuksaklikka ko`tarish va ma’rifatli xalqqa aylantirish uchun o`z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yo`llari va usullarini ko`satib berganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko`p tomlik «Ensiklopediya» o`sha zamonning ma’naviy muammolarini ma’rifatli yo`l bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko`rsatib berilgan «Yevropa qomusi» darajasiga ko`tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko`pgina ma’rifatparvar fransuz olim va mutaxassislari ham qatnashgan bo`lib, o`zining ahamiyati, muammolarining umuminsoniy nuqtai nazaridan yechilishi, xalqchilligi va tilining fransuz millati hayot tarziga yaqinligi bilan ensiklopediya XVIII asr Yevropasining tengi yo`q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari o`zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789-1884 yillardagi Fransuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlar dekloratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiiyat taraqqiyotining eng ustivor ma’naviy mezonlariga aylantirdilar.
Yüklə 31,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin