2 i-bob. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash


O’zbekistonda ishsizlikka qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 64,83 Kb.
səhifə3/7
tarix29.07.2023
ölçüsü64,83 Kb.
#137871
1   2   3   4   5   6   7
Turg

1.2 O’zbekistonda ishsizlikka qarshi chora-tadbirlar.
Respublikamizda davlat mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy
islohatlarning birinchi bosqichi uchun belgilangan vazifalar ijobiy hal qilindi.
Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini keng joriy qilish bilan bog'liq bo'lgan
islohatlarning ikkinchi bosqichiga oid masalalar ustida ish olib borilmoqda. Shu
yo'nalishda mamlakatda sezilarli yutuqlarga erishilganligini ta'kidlab o'tish
asoslidir.
O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 1999 yilda amaldagi narxlarda 2048,4
mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 1998 yilga nisbatan 4,4%ga, aholi jon boshiga
hisoblaganda esa 2,8%ga ko'p demakdir. Yalpi ichki mahsulotning 13,9%i sanoatga,
28,0%i qishloq xo'jaligiga, 36,0%i xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keladi.
Respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori yetakchi o'rinni egallaydi.
Nodavlat sektorining umumiy yalpi ichki mahsulotda 65,6%ni, sanoat mahsulotida
61,4%ni, qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotida 98,7%ni, aholiga pullik xizmat
ko'rsatishda 54,7%ni tashkil etadi. Nodavlat sektorida respublikadagi jami band
aholining 73,0%i mehnat qiladi.
O'zbekistonda davlat mustaqilligi yillarida sanoat ishlab chiqarishini va
xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish ustivor yo'nalish sifatida qabul qilingan. Bu
o'rinda dastavval O'zbekistonni jahon iqtisodiy xamjamiyatiga qo'shilishini
tezlatadigan, uni dunyoga 'tanitadigan', mehnatni ko'p talab etib, suv va xom
ashyoni nisbatan kam iste'mol qiladigan, asosan mahalliy mineral resurslar va
qishloq xo'jaligi xom ashyosiga asoslanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirishga
asosiy e'tibor qaratilayotganligini aytib o'tish lozimdir.
Asaka shahrida qisqa vaqt ichida qurib, ishga tushirilgan avtomobil zavodi
mahsuloti O'zbekistonni butun dunyoga yana bir bor tanitdi. Mamlakatdagi
boshqa ko'pchilik sanoat tarmoqlarining mahsulotlari Respublikaning ichki
ehtiyojlarini to'liq qondirmoqda hamda bir qismi eksport qilinmoqda. Mamlakatda
Turg'unxo'jayev Abdurrashid 10
1999 yilda 8,1 mln. tonna neft va 55,6 mlrd. kub. m. Tabiiy gaz qazib oluvchi yirik
mamlakatlar ichida 22-24 o'rinlarni, tabiiy gaz bo'yicha esa 5-6 o'rinlarni egallaydi.
Mamlakatimiz aholi jon boshiga hisoblaganda elektrenergiya (1900 kVt/s), mineral
o'g'itlar (37 kg), sement (140 kg) ishlab chiqarish bo'yicha ham jahon mamlakatlari
ichida munosib o'rinlarni egallaydi.
Respublikada sanoat asosan mahalliy xom ashyoga tayangan holda
rivojlanmoqda. Shunday korxonalar qatorida rangli, qimmatbaho va nodir
metallar ishlab chiqaruvchi Olmaliq, Zarafshon, Chirchiq, Navoiy va boshqa
shaharlardagi kon-metallurgiya kombinatlari jahon miqyosida ajralib turadi.
Mahalliy xom ashyo asosida Qoravulbozor, Farg'ona va Oltiariq shaharlarida
neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Huddi
shunday fikrni Sho'rtan va Muborak gazni qayta ishlovchi zavodlar haqida ham
aytishimiz mumkin.
O'zbekiston rivojlangan elektrenergetika tizimiga ega. Respublikada
umumiy quvvati 11200 mVt.ga teng 37 elektrstantsiya ishlaydi. Shundan 9800
mVt issiqlik stantsiyalariga, 1400 mVt gidroelektrstantsiyalarga to'g'ri keladi.
Barcha elektrstantsiyalar salohiyati bir yilda 56-57 mlrd kVt/s. ga teng
elektrenergiya ishlab chiqarishga imkon beradi. Issiqlik elektrstantsiyalari ichida
Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy GRESlari har birining quvvati 1000
mVt.dan oshadi. O'rta Osiyoda eng yirik - Tojmarjon GRESining qurilishi davom
etmoqda.
O'zbekiston mashinasozlikni ba'zi tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga
ko'ra dunyoda munosib o'rin egallaydi. Respublikada 'O'zmashmsanoat'
mashinasozlik korxonalari uyushmasi har xil mulkchilik shakllariga ega 36 korxona
va tashkilotlarni o'zida birlashtirgan. Shularning ichida 'O'zbekpaxtamash'
korporatsiyasi, 'Pod'emnik', 'Kompressor', 'Sino' va boshqa birlashmalar ajralib
turadi. Mashinasozlik korxonalari kimyoviy uskunalar, turbokompressorlar, paxta
Turg'unxo'jayev Abdurrashid 11
tozalash uskunalari, yuk ko'taruvchi kranlar, metal qiqruvchi asboblar,
to'qimachilik mashinalari va boshqalarni ishlab chiqarmoqda.
O'zbekiston rivojlangan kimyo sanoatiga ega. Tarmoqda 'Farg'ona Azot',
'Navoiy Azot', 'Elektrokimyosanoat' (Chirchiq), 'Ammofos' (Olmaliq), Samarqand
kimyo zavodi, Qizilqum fosforit kombinati hamda qurilishi davom etayotgan
Qo'ng'irot soda zavodi juda yirik korxonalar hisoblanadi.
O'zbekiston jahon miqyosida paxta tolasi, shoyi, qorako'l yetkazib beruvchi
yirik davlatlar qatoridan o'rin olgan. Respublikada 200 dan ortiq yirik yengil
sanoati korxonalari ishlaydi. Toshkent, Buxoro, Andijon to'qimachilik, Namangan,
Marg'ilon shoyi kombinatlari, Toshkent, Farg'ona, Yangiyo'l, Chirchiq poyafzal
fabrikalari shular jumlasidandir.
O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati ko'p tarmoqlarga hamda keng
geografiyaga ega tarmog'idir. Unda mavjud yirik korxonalar Respublikaning
viloyatlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidagi barcha yirik, o'rta va kichik
shaharlarda, shaharchalarda, xatto qishloqlarda ham mavjuddir.
O'zbekistonda o'tish davriga xos muammolarning ko'pchiligi ijobiy hal qilindi.
Respublikada, sobiq Ittifoq Respublikalarining ko'pchiligidan farqli o'laroq, sanoat
va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining keskin qisqarishiga yo'l qo'yilmadi, 90-
yillarning ikkinchi yarmida esa ushbu tarmoqlar o'sishiga erishildi. Bugungi
kunining asosiy vazifasi ana shu ijobiy o'zgarishilarni yanada mustahkamlashdan,
jahon iqtisodiy xamjamiyatiga didilroq kirib borishdan, buning uchun yuqori sifatli,
eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga, ya'ni qayta ishlovchi sanoat
rivojlanishiga ko'proq e'tibor berishdan iboratdir.

Yüklə 64,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin