Atom energetikasining afzalliklari va kamchiliklari AESlarning yemirilishi juda murakkab vaziyatni keltirib chiqaradi.
Avariya paytida radioaktiv moddalar ajralib chiqa boshlashi katta hududning radioaktiv zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, AESlarni barpo etish xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan prinsipial yangi omilni keltirib chiqaradi. Bu omil naqadar jiddiy ekanligini esa Chernobil AESidagi avariya yaqqol ko’rsatdi.
Basharti, termoyader energetikasi mavjud bo’lganda, u barcha mezonlar bo’yicha yetakchi o’rinni egallagan bo’lar edi. Hali u yaratilgani yo’q, shunchaki talab, xolos. Murakkab texnikaviy va texnologik vazifalar hal etilishi lozim.
3. Ishlab chiqarishdagi integratsiya jarayonlari O’zining axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot-kommunikatsiyalari bozorini tahlil etish shuni ko’rsatadiki, yangi texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish iqtisodiy o’sish, mehnat unumdorligi va sifatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda jahon bozori bilan kechadigan integratsiya jarayonlarini tez sur’atlarda amalga oshirishga katta imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiyalar bozori shakllanishining barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Izchillik bilan rivojlanib borayotgan ushbu tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo’shma korxonalar ochish uchun barcha shart-sharoitlar yetarli. Ana shu shart-sharoitlardan sanoat ishlab chiqarishida keng foydalanish uning samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Elektronizatsiyalash deganda ishlab chiqarish jarayonlarida elektronikadan keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan axborotni kompyuterlarda yig’ish, o’tkazish va ishlash tushuniladi. Elektronikaning makro va mikro turlari mavjud bo’lib, uchar sanoat ishlab chiqarish boshqaruvida alohida o’rin tutadi. Ayniqsa, lahzali biznes borasida juda qo’l keladi.
Mexanizatsiyalash – bu, qo’l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishdir. U ikki xil bo’ladi: a) kichik mexanizatsiyalash; b) kompleks mexanizatsiyalash. U ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Avtomatlashtirish – ilgari inson bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish jarayonida inson faqat operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirishdan maqsad mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning barcha resurslaridan foydalanishning optimal sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to’la xillari mavjud. Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlarini kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvorlik kasb etmoqda, bu o’rinda 2002-yilning 30-mayda imzolangan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi Farmon alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hujjatta muvofiq Respublikada kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan. Bu kengash zimmasiga mazkur sohani rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yo’nalishlarini belgilash, bu borada dasturlar, loyihalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o’tkazilishini tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan, mutaxassislarni chet ellarda o’qitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Unda «real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, turli har xil qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng barhamand bo’lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish» belgilab qo’yilgan.