2. Ishlab chiqariladigan mahsulot xossalari va mahsulot fazilati. Portlandsement – tarkibida ohaktosh va tuproq bo‘lgan aniq tarkibli sun’iy bir xil xom ashyo aralashmasini bir tekis kuydirish natijasida olingan o‘ta maydalangan klinkerning mahsulidir. Klinkerning maydalash jarayonida 3,5 % gacha miqdorda gips toshi qo‘shiladi. Portlandsement klinkerini olishuchun xom ashyo aralashmalari tarkibi ko‘p miqdorda karbonat kalsiy (toza ohaktosh, mel, ohakli tuflar, mergelli ohaktoshlar va boshqalar) mavjud bo‘lgan jinslar va loy tuproq xom ashyosiga qarashli jinslar (og‘ir tuproq, mergelli tuproq, tuproqli slanets va boshqalar)dan tayyorlanadi.
Ishlab chiqarishning soddalashtirilgan texnologik jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash,mumkin.
Xom ashyo qorishmasini tayyorlash xarakteriga ko‘ra portlandsement ishlab chiqarishning quruq usullari mavjud. Bu usulning har biri o‘z xususiyati, afzalligi va kamchiligiga ega. Mamlakatimizdagi sement zavodlarida nam usul ko‘proq ishlatiladi, ammo ko‘pgina zavodlar iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lgan quruq va aralash usullariga,moslashtirilmoqda.
Ho‘l usulda xom ashyo qorishmasini ko‘p miqdordagi suv ishtirokida quruq modda massasining 36-42 % gacha sharsimon tegirmonlarda maydalanadi va shlam deb nomlanuvchi,suyuqlik,massa,olinadi.
Shlam – basseyndan massa quritish uchun aylanma pechga yo‘naltiriladi. Bu usulda transpartirovka va xom ashyoni tashash engillashsa ham lekin quruq usulga ko‘ra yonilg‘i sarfi 1,5-2,0 baravar ko‘pdir.
Quruq usulda boshlang‘ich materiallarning quruq kukun qorishmasi (xom ashyo uni) tayyorlanadi, uni aylanma pechda kuydiriladi.
Ishlab chiqarishning aralash usulida, kuydirish uchun xom ashyo qorishmasi granula ko‘rinishida tayyorlanadi. Aralash usul, ho‘l usulga qaraganda, yonilg‘ini 20-30 % gacha iqtisod qiladi.
Kuydirish uchun uzunligi 150 dan 230 m gacha bo‘lgan (ho‘l usulda), diametri 5-7 m va kaltaroq 60 dan 95 m gacha bo‘lgan (quruq usulda) aylanma pechlar ishlatiladi.
Pechda quydirish jarayonida material avvalo quritiladi va to‘planadi, so‘ngra 200 °S dan 700 °S gacha bo‘lgan temperaturada organik qo‘shilmalar yonadi, kimyoviy suv yo‘qoladi, temperatura 1100 °S gacha ko‘tarilganda kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladi, natijada portlandsement klinkerning quyidagi asosiy minerallari hosil bo‘ladi %:
– uch kalsiyli silakat (alit)