2. Ishlab chiqariladigan mahsulot xossalari va mahsulot fazilati



Yüklə 185,54 Kb.
səhifə4/4
tarix26.04.2023
ölçüsü185,54 Kb.
#103118
1   2   3   4
47 20

3SaOxSiO2(S2S) – 40-65 %
– ikki kalsiyli silikat (belit):
2SaOx SiO2(S2S) – 15-40 %
– uch kalsiyli alyuminat:
3SaOxAl2O2(C3A) – 3-15 %
– to‘rt kalsiyli alyumoferrit:
4SaOx Al2O3xFe2O3 (C4AF) – 10-20 %.
Shunday qilib, portlandsement klinkerning asosiy minerallari kalsiyli silikatlardir, alit va belit miqdori yig‘indisi 75-80 % ga etadi. Temperaturaning taxminan 1300 °S ga etishida barcha reaksiyalar asosan tugaydi, ammo ohakning bir qismi mustaqil holatda qoladi. Temperaturaning yanada oshishida (1300-1450 °S) da xom ashyo materiallarining qisman erishi-kuishi yuzaga keladi.
Aylanma pechdan klinker yashil-ko‘k rang mayda granulalar (10-40 mm) ko‘rinishida chiqadi, so‘ngra uni 100-200 °S gacha havoda sovitib, yanada sovitish va uchun ombor yoki silosda saqlash uchun joylashtiriladi.
Portlandsement klinkerdan portlandsement olish uchun uni tabiiy gips va boshqa qo‘shimchalar bilan birgalikda maydalash zarur.
Shunday qilib, klinker – bu kuydirilgan mahsulot, sement esa – maydalangan.
Gips (ikki suvli kalsiy sulfati (digidrat) CaSO4•2N2O) sementga qotish muddatini boshqarish uchun qo‘shiladi (gipssiz maydalangan klinker qotish jarayoni tezlashadi).
Boshqa qo‘shimchalar sementga uning xususiyatlarini o‘zgartirish va klinkerni iqtisod qilish uchun qo‘shiladi. Qo‘shimchalar turi va miqdoriga ko‘ra, portlansement klinker asosidagi sement nomi ham o‘zgaradi.
Portlansement xususiyatlari. Maydaligi – 008-sonli elakdan o‘tgan sement miqdori bilan aniqlanadi (teshikcha o‘lchami 0,08 mm); elaklanayotgan namunaning 85 % dan ortiq bo‘lgan qismi elakdan o‘tishi kerak.
Sement donalarining o‘rtacha o‘lchami 15-20 mkm, bu 2500-3000 sm2/g ga teng bo‘lgan solishtirma yuzaga to‘g‘ri keladi.
Mineral qo‘shimchalarsiz portlandsementning zichligi 3,1 g/sm3.
Qotish muddati sementni suv bilan normal qorishtirilganda boshlanish – 45 min. va oxiri – 10 soatdan kech emas.
Portlandsementning normal quyuqligi odatda 22 dan 28 % gacha chegarasida bo‘ladi. Faol mineral qo‘shimchali sementning normal quyuqligi 32-35 % gacha o‘sishi mumkun.
Portlansement va boshqa sementlarning muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu – faollikdir, bu ko‘rsatkichlar: S/Q – 1:3 (sement : qum nisbati) va S/S – 0,4 (suv : sement nisbati) bilan tayyorlangan 4x4x16 sm o‘lchamli namuna balkalarni yarmiga siqilishda, hamda 28 kun qotishda olingan mustahkamlik chegarasidir.
Sement markasi deb, uning faolligi o‘lchovining kattaligi, ammo egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi hisobga olingan va pastki chegaragacha butunlashgan qiymatga aytiladi. Portlansementning quyidagi markalari mavjud M 400, M 500, M 550 va M 600.

2-rasm Shlakaportlantsement namunasi



Yüklə 185,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin