Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2 bob, 4 band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I-bob. Tabiatshunoslik darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari Ta’lim jarayonida sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo’nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Unda ,,Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi’’-deb ko’rsatilgan. Shuningdek, dasturda: ,,Ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarni yaratish va o’quvtarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash’’ umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo’lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo’lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bo’lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va boshqa ko’p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o’z qo’li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan – yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim ro’l o’ynaydi.
Tabiatshunoslik boyicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtdan unumli foydalanish, imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o'quvchilarning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko'nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik boyicha yo'lga qoyilgan sinfdan tashqari ishlar o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Uzoq muddatli tajribalar qoyish, gerbariy va kollektsiyalar uchun material yig'ish, model, maket va boshqa ko'rgazmali qurollar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari ishlarning shakllari tabiatni o'rganishni hayot bilan bog'lash va o'quvchilarni politexnik tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo'lgan amaliy o`quv va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog'liq bo'lishi, biri ikkinchisini to'ldirishi kerak. O'simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg'ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o'quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to'garagiga birlashtirilishi mumkin. O'quvchilarda tabiiy ob'ektlarni kolleksiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o'qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg'ulotlar topishi, tabiat to'g'risidagi fanni chuqurroq o'rganish istagini rivojlantirish zarar. Tabiatshunoslik bo`yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish, o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblar o'qish bilan birga olib borilishi kerak.
M.N. Skatkin o'z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o'rganishga oid mashg'ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. Tabiatda, o'quv-tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar o'tkazish zararligi to'g'risida P.A.Zavitayevning “Boshlang'ich maktabda tabiiyot bo'yicha kuzatish va tajribalar” nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi. Unda o'rganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan material o'qish bilan to'ldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi. Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar o'tkazish metodikasini yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi nashr qilindi, unda 1-4- sinflarda ob-havoni kuzatish tizimi taklif qilingan, kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya va tabiiyot darslarida, maktab o'quv-tajriba maydonidagi amaliy mashg'ulotlar jarayonida foydalanish uslublari keltirilgan. 1-4- sinf o'quvchilari uchun “Kuzatish kundaliklari” 1959-yildan nashr qilina boshlandi, uning muallifi V.A.Valerianova kundaliklarga o'quvchilarning ob-havoni, o'simlik va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlarni, qishloq xo'jaligida odamlarning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarni tahlil qilishda o'qituvchiga yordam beruvchi qo'shimcha material vazifasini qo'ydi. Boshlang`ich sinf tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda quyidagi amaliy uslublardan foydalanish samarali natijalarni beradi:
1. O'quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi;
2. Rasm chizishi;
3. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo'yicha ishlari
4. Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari; Tajriba o'tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.