2-kurs magistranti abdunazarova zaynabning mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikasi



Yüklə 222,74 Kb.
səhifə6/9
tarix19.05.2023
ölçüsü222,74 Kb.
#117468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abdunazarova Zaynab kurs ishi

Guruh mashg'ulotlari.
Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo'lib o'tkaziladigan shakllaridan biri to'garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o'rganish imkoniyatini beradi. To'garakka a'zo bo'lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o'z zimmasiga aniq reja bo'yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o'quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilishi lozim. O'qituvchining asosiy vazifasi - amaliy natijalar beruvchi faol ishlarni ta'minlashdir. Ishda har xil: o'qituvchi va o'quvchilaming tabiiy yoki tasviriy ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan og'zaki bayon qilishi, amaliy o'quv va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o'quvchilaming ijtimoiy-foydali mehnati va boshqa metodlar to'g'ri uyg'unlashtirilishi lozim. To'garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg'ulot oldidan uni o'tkazish vaqti to'g'risida eslatish, to'garak vazifalari bilan o'quvchilarni tanishtiruvchi, kirish suhbatining mazmunini barcha tafsilotlari bo'yicha o'ylab chiqish zarur. To'garakning ish rejasini tuza turib, mo'ljallangan mavzuni o'quvchilar bilan muhokama qilish va ularning taklif-istaklarini hisobga olish kerak. To'garakning birinchi mashg'ulotida uning faollari yoki kengashi (sardori, uning muovuni, muharririyat a'zolari) saylanadi va nomi (“Hamma narsani bilishni istayman”, “Biz va tabiat”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Tabiatni sevuvchilar” va boshqalar) tasdiqlanadi. Eng yaxshi nom uchun tanlov e'lon qilinishi mumkin.
Mashg'ulotlarda xilma-xil: o'qituvchi va o'quvchilar hikoyasi, suhbat, amaliy ishlar bajarish (kolleksiya va gerbariylar yasash, tajribalarga tayyorlanish va o'tkazish), tabiatda o'tkazilgan kuzatishlarni muhokama qilish uslublaridan foydalaniladi. O'qitishning texnika vositalari hamda qiziqarli material to'garak ishlarining majburiy elementidir. Klub ishi. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarda boshlang'ich sinf o'qituvchilari klub ishlaridan keng foyda-lanadilar, ularni boshqa ish shakllaridan farqi shundaki, klubda bolalar erkinroq faoliyat yuritishlari mumkin, o'zaro muno-sabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o'yinlarga ehtiyoj va qiziqish qanoatlantiriladi. Klub majlislarida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan: Bu nima? Nima uchun bu yuz beradi? Qayerda buni ko'rish, bilish, o'qish mumkin? kabi savollarga mustaqil javoblar olishga o'rganadilar. Klub majlisining zarur elementlari o'quvchilarning savollari va javoblaridir, javoblar topilgan manbalarning albatta ko'rsatilishidir. Bu ish bilan barcha o'quvchilarni qiziqtirish uchun sinfga “So'rang, javob beramiz” yoki “Nimachining savollari” yozilgan quti qo'yiladi, unga savollar yozilgan varaqchalar solinadi. Klubning navbatdagi majlisidan bir hafta oldin o'qituvchi savollarni mazmuniga qarab guruhlashtiradi, klub a'zolari orasida taqsimlaydi va javob topishni taklif qiladi. Javoblar tayyorlash uchun o'qituvchi klub a'zolariga ma'lumotnoma va ilmiy-ommabop adabiyotga murojaat qilishni, agar kerak bo'lsa, tabiatda yoki jonli tabiat burchagida kuzatishlar, oddiy tajribalar o'tkazishni tavsiya qiladi. Savollarga javob berishni jism va hodisalar (o'simliklar gerbariysi, hayvonlar chuchelasi yoki ularning rasmlari, diapozitiv, diafilm, tajriba va hokazolar)ni ko'rsatish bilan olib borgan ma'qul. Klub mashg'ulotlarini o'tkazishga bunday tayyorgarlik bolalarda faqat kuzatuvchanlikni, qo'shimcha adabiyot bilan ishlash va savollarga to'g'ri javob berish uquvinigina emas, balki ko'rsatish uchun material tanlash uquvlarini ham rivojlantiradi, javoblarni ancha isbotli va esda qoluvchi bo'lishini ta'minlaydi, boshqa klub a'zolarida ham savollarni chuqur va qiziqarli yoritishga intilishni vujudga keltiradi. Klub yig'ilishi o'tkazilayotgan sinfda burchak yoki axborot stendi (taxtasi)ni jihozlash kerak, ularda bo'lajak yig'ilishlar, ularning mavzusi, adabiyotni tavsiya qiluvchi ro'yxat to'g'risida bildirish joylashtiriladi.
Bu yerda kitoblar, ko'rgazmali qurollar, tabiiy materiallardan tayyorlangan ko'rgazmalar ham qo'yiladi. Ommaviy ishlar. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino-filmlarni ko'rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirlar (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o'tqazish, Hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o'z ichiga oladi.Ulardan maqsad - sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko'proq o'quvchilarni jalb etish, ularda qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg'otish, bolalar faolligini yo'lga qo'yish, ularni ijtimoiyfoydali ishlarga yo'naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishdir.
Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. U yoki bu tadbirni o'tkazish uchun oldindan uncha katta bo'lmagan tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish, topshiriqlarni hamma qatnashchilarga taqsimlash kerak. Guruhning har bir a'zosi o'z zimmasiga rejaning muayyan bo'limini bajarish mas'uliyatini oladi. Chunonchi, “Bahor keldi” nomli bayram tadbiriga tayyorlanishda o'quvchilardan biri bahor to'g'risida axborot beradi, boshqasi- otaliqqa olingan sinf bilan badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi - ijrochilar uchun kiyim-kechak, to'rtinchisi - devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo. Tadbirga tayyorlanish tabiat to'g'risidagi o'z bilimlarini kuzatishlar yoki kitoblarni o'qish yordamida to'ldirish zarurati bilan bog'liq bo'lishi lozim. Chunonchi, bahor (ochiq kunlar, o'simlik va hayvonlarning uyg'onishi, qushlarning uchib kelishi) to'g'risidagi bayon (axborot) ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o'zgarishlar to'g'risidagi adabiyot o'qish bilan bog'liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilishi kerak. (Ota-onalar ham taklif qilinishi mumkin). Uyushqoqlik, chiroyli rasmiylashtirish (bezatish), yorqin chiqishlar shunday tadbirlarning uzviy qismlaridir. Ular ishtirokchilar xotirasida kechinmalarni saqlovchi va tabiatni o'rganish hamda muhofaza qilish bo'yicha ishlarni chuqurlashtirish uchun rag'bat bo'lib xizmat qiluvchi hissiy ko'tarinkilikni vujudga keltiradi. Mazkur muammolarning ijobiy hal etilishi ta’lim –tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga imkon beradi. Ushbu muammolarni ijobiy hal etishda psixologik xususiyatlarni ham inobatga olish zarur.
Boshlang’ich sinfda bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o’zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligiga, xotirasining kuchliligiga, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Ularda idrok. diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin.

Yüklə 222,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin