2-kurs magistranti Abdusaxatov Ma’murjon Muratjonovichning «Soliqlar va soliqqa tortish» fanidan yozgan essesi. Savol:”Soliqlar va soliqqa tortish faninig predmeti” Javob



Yüklə 15,63 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü15,63 Kb.
#83412
1-mavzu Abdusaxatov M.M


2-kurs magistranti Abdusaxatov Ma’murjon Muratjonovichning
«Soliqlar va soliqqa tortish»
fanidan yozgan essesi.
Savol:”Soliqlar va soliqqa tortish faninig predmeti”
Javob: “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining boshqa fanlar singari oʼziga xos predmeti, metodi va vazifalari mavjud. Bu fanni oʼqitishning zarurligi bozor munosabatlari sharoitida soliq munosabatlarining ahamiyati oshib borayotganligidan kelib chiqadi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani soliq voqeʼliklarini chuqur oʼrganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yoʼllarini oʼrgatadi. “Soliqlar va soliqqa tortish” fani soliq amaliyotidagi eng toʼgʼri, eng mukammal va eng progressiv voqeʼliklarni oʼrganib olib, amaliyot uchundasturiy amaldek yoritib boriladi. Nazariya voqeʼliklarni amaliyotdan oladi va amaliyotga eng toʼgʼri, maʼqul va ilgʼor tajribalar olinibamaliyotga yoʼl koʼrsatish uchun oʼrgatiladi. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini oʼqitishning zarurligi amaliyotda yoʼldan adashmaslik, keraksiz soliqlar boʼyicha oʼzgartishlarga yoʼl qoʼymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir.
Har qanday fan oʼzining predmetiga, yaʼni izlanish obʼektiga ega boʼladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti boʼlib kimyoviy moddalarning tarkibini oʼrganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi boʼlsa, “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining predmeti boʼlib, soliq munosabatlarini (harakatini) oʼrganish hisoblanadi.
Fanning predmeti soliq voqeʼliklari pul munosabatlarini oʼrganishdan iborat boʼladi. Bu pul munosabatlari soliq toʼlovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni oʼz mulkiga aylantiruvchi davlat oʼrtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu oʼrtadagi munosabatni chuqur oʼrganish, ularnitoʼgʼri tashkil qilishni taʼminlashdir. Toʼgʼri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini eʼtiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur.
Byudjetga soliqlarni olishda soliq toʼlovchilar boʼyniga ortiqcha ogʼirlik osmaslik, ularni oʼz ishlab chiqarishidan manfaatdorligini soʼndirib qoʼymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez-tez oʼzgartirishga olib bormaslik va boshqalarga eʼtibor berish koʼzda tutiladi. Bu yerda tomonlarning doʼstona munosabatda boʼlishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar boʼlishini oʼrgatadi. Fanning predmetini chuqur oʼrganish shuni koʼrsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zoʼravonlik munosabati boʼlguday boʼlsa, ikkinchi tomon unga javoban oʼz daromadlari, boshqa soliq obʼektlarini har xil yoʼllar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday huquqiy hujjatlarning ham kuchi yetmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq obʼektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini chuqur oʼrganish orqali amaliyotda soliq tushumlarini rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.


“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining vazifasi soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yoʼl-yoʼriqlar koʼrsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini oʼrganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini oʼzimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir.
Demak, fanning asosiy vazifasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qoʼllanmalar bilan taʼminlashdir.
Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi boʼlganligi bois, “Soliqlar va soliqqa tortish” fani moliya nazariyasi fani bilan chambarchas bogʼliq. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining oʼziga xos xususiyatlari soliq toʼlovchilari bilan davlat oʼrtasidagi majburiy xarakterga ega boʼlgan pul munosabatlarini oʼrgatadi.
Yüklə 15,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin