2. Asosiy mеnyular satri;
Holat satri.
Asosiy mеnyular satri quyidagi mеnyulardan iborat.
5.1-rasm. Asosiy mеnyular satri
Menyu buyruqlari:
Fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlarni o’z ichiga olgan File
menyusining 1-bandi
New buyrug’i bo’lib, unda
M-file, Figure, Model, GUI
bandlari mavjud.
•
New+M-file – yangi M-file yaratish
•
New+Figure – yangi figura(grafik oyna) yaratish
•
New+Model – yangi model yaratish
•
New+GUI – yangi FGI( Foydalanuvchining Grafikli Interfeysi)ni yaratish
• …
Izoh: Qolgan menyu va menyu bandlaridagi buyruqlarini mustaqil o’rganish,
Windows sistmasida ishlay oladigan foydalanuvchilar ixtiyoriga havola qilamiz.
MATLAB ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
1. Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir
buyruq satri >> simvoli(bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining
boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
2. Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni
qayta ishlangandan
so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni
o’z ichiga oladi;
3. Matnli izohlar maydoni - ro’y bеrgan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga
izohlar, turli xaraktеrdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi.