2-laboratoriya mashg’uloti Statik ma’lumotlar tuzilmasini o’rganish



Yüklə 46,34 Kb.
səhifə1/7
tarix20.12.2022
ölçüsü46,34 Kb.
#76634
  1   2   3   4   5   6   7
Laboratoriya topshiriq - 2


2-laboratoriya mashg’uloti
Statik ma’lumotlar tuzilmasini o’rganish.
Ishdan maqsad: Statik ma’lumotlar tuzilmasini o‘rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo‘yilgan masala: C++ tilida statik toifadagi ma’lumotlar tuzilmalarini yaratish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish.
Ish tartibi:

  • Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;

  • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

  • C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;

  • Natijalarni tekshirish;

  • Hisobotni tayyorlash va topshirish.



Nazariy qism.
Massiv va uni aniqlash. Massiv elementlariga murojaat qilish. Bir hil tipdagi miqdorlar ustida biror amalni (amallar ketma-ketligini) bajarish talab etilganda massivlardan foydalaniladi. Shuni aytish kerakki agar ushbu miqdorlarning har biriga dastur ishi davomida faqat bir marta murojaat qilinsa, unda bunday masalalarni massivlardan foydalanmasdan ham ishlab chiqish mumkin. Masalan sonlar ketma-ketligning maksimumi, minimumi, yig‘indisi yoki o‘rta arifmetigini topish talab etilsa, massivdan foydalanish shart emas, chunki bunjay masalalarda har bir miqdorga bir marta murojaat kilish yetarli. Lekin berilgan miqdorlar ketma-ketligida nechta miqdor ularning o‘rta arifmetik qiymatidan katta ekanligini aniqlash uchun massivdan foydalanish zarur, chunki o‘rta arifmetik miqdor hisoblab topilgandan so‘ng o‘rta arifmetik miqdordan katta sonlarni aniqlash uchun miqdorlarga yana bir marta murojaat qilish zarur.
Massiv – bir tipga tegishli miqdorlarning nomerlangan ketma-ketligi bo‘lib, massivning har bir elementiga murojaat qilish uchun massivning nomi, shu elementning ketma-ketlikdagi nomeri (indeksdan) foydalaniladi. Massiv elementlari kompilyator tomonidan xotirada ketma-ket joylashtiriladi va shu sababli uning biror elementiga murojaat qilishda, massivning boshlanish adresi va element nomerini bilish yetarli. C++ tilida massiv quyidagicha e’lon qilinadi

int A[10];

Yuqoridagi misolda 10 butun tipdagi sondan tashkil topgan massiv e’lon qilingan. C++ tilida massiv elementlari 0 dan boshlab indekslanadi. Demak massivda 10 element mavjud bo‘lsa, birinchi elementning nomeri 0 va oxirgi elementning nomeri 9 ga teng bo‘ladi.



XOTIRA



1620

1624

1628

1632

1636

1640

1644

1648

1652

1656

1660

1664

1672

1676



Massiv indeksi







0

1

2

3

4

5

6

7

8

9













Massiv qiymati







8

13

24

6

-8

19

31

-13

66

105













Keltirilgan rasmda A massivning xotirada joylashishining mumkin bo‘lgan holatlaridan biri keltirilgan. Massiv elementlarini joylashtirish 1624 – adresdan boshlanadi, har bir element butun tipda bo‘lgani uchun xotirada 4 baytdan joy egallaydi, shu sababli butun massiv 40 bayt joyni band qiladi. 0 – indeksli element 1624, 1625, 1626, 1627 baytlarni egallaydi, 1 – element 1628 baytdan boshlab 4 ta ketma-ket baytni egallaydi va xakozo. Eng oxirgi 9 – indeksli element xotirada 1660 baytdan boshlab joylashtiriladi va 1660, 1661, 1662 hamda 1663 baytlarni egallaydi. 1664 baytdan boshlab xotida boshqa o‘zgaruvchilar uchun ajratilishi mumkin. Kompilyator massivning ixtiyoriy element adresini quyidagi formula asosida aniqlaydi:

Bu yerda massining boshlanish adresi keltirilgan misolda 1624 ga teng, shuning funksiyasi tipning uzunligini (aniqrog‘i shu tipga tegishli qiymatlarning xotirada egallaydigan joyini) aniqlaydi, int tipi uchun bu 4 baytni tashkil etadi. Masalan 7 elementning adresi yuqoridagi formulaga ko‘ra

Umumiy holda agar A massiv

anytype A[N];

yuqoridagi formula quyidagicha yoziladi:

Keltirilgan xususiyatlar massivni bir hil tipdagi va bir hir tarzda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni saqlash uchun ajoyib vositaga aylantiriladi.
Massiv elementiga murojaat qilish uchun indeks qiymati sifatida istalgan manfiy bo‘lmagan (ishorasiz) butun tipdagi miqdordan (hususan, sondan, butun tipdagi o‘zgaruvchidan, butun tipdagi qiymatni qaytaruvchi arifmetik ifoda yoki funksiyadan) foydalanish mumkin.

Yüklə 46,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin