2. Makro va mikro iqtisodiyot sub’ektlari. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati



Yüklə 36,14 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü36,14 Kb.
#42392
1   2
referat

Farmatsevtika iqtisodiyoti – aholining salomatligini saqlash uchun dori vositalari, tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tarqatish va hizmatlarni ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yig‘indisi.

Farmatsevtika iqtisodiyotining izlanishlar sohasi dorixona assortimentida aholi va davolash-profilaktika korxonalari ehtiyojini yuqori darajada qondirish maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlarning cheklangan resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolaridir.

Iqtisodiy rivojlanish evolyusiyasiga ko‘ra: xo‘jalikni bozor sharoitida tashkil qilish insonning cheksiz ehtiyojlarini qondira olish uchun noyob iqtisodiy resurslarni qo‘llash muammolarining eng samarali echimidir.

Iqtisodiyot ikki asosiy tarmoqqa bo‘linadi: makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot.

Makroiqtisodiyot fani – iqtisodiyotning to‘liq yoki iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismlari: davlat va xususiy sektorlar faoliyatini o‘rganadi. Bunda iqtisodiyotning umumiy tizimi va tarkibiy qismlar (iqtisodiy beqarorlik, Inflyasiya, ishsizlik, talab va taklif, iqtisodiy rivojlanish davrlari) orasidagi aloqalar to‘liq o‘rganiladi. Makroiqtisodiyot umumiy bozorlarni (tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va qimmatli qog‘ozlar) tahlil qiladi. Makroiqtisodiyotda quyidagi kattaliklar tahlil qilinadi: yalpi milliy daromad, mahsulotning umumiy hajmi, daromadning umumiy hajmi, xarajatning umumiy hajmi, bandlikning umumiy darajasi, narxlarning umumiy darajasi, umumiy talab, ishsizlik, Inflyasiya va boshqalar.

Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati bilan bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Ularga iste’molchilar, korxonalar (firmalar), alohida sohalar kiradi. Mikroiqtisodiyotda quyidagi kattaliklar tahlil kilinadi: biror korxonaning (yoki firmaning) ishchilar soni, tushumi yoki daromadi, ma’lum tovarga talab va uning narxi. Mikroiqtisodiyot bundan tashqari sub’ektlarning o‘zaro ta’siri, alohida bozorlarni tashkil etish, ularning rivojlanishi, faoliyat yuritishini ham tekshiradi. Dorixona mikroiqtisodiyotning bir sub’ekti hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot xalq xo‘jaligining ayrim sohalaridagi ishlab chiqarish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talab va taklif qonuniyatlarini o‘rganadi.

Ishsizlik 3 xil bo‘ladi:

1. Friksion ishsizlik.

2. Majburiy ishsizlik.

3. Davriy ishsizlik.

1. Friksion ishsizlik. Bu mutaxassislarning o‘z xohishlari bilan bir ishdan bo‘shab, boshqa ishga o‘tishlarida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish topa olmasliklarining natijasida paydo bo‘ladi, masalan, provizor-analitik shtati dorixonada juda ham kamayib ketdi. Dori tayyorlovchi dorixonalarning aksariyati tayyor dori sotuvchi dorixonalarga aylanib ketdi.

Mavsumiy ish ham shu friksion ishsizlikka kiradi. Masalan, xalq xo‘jaligida mavsumiy ishlarga uzum uzish, bodom, yong‘oq, do‘lana terish kiradi. SHunday ishlarda band bo‘lgan ishchilar shunga o‘xshash ishlarni topgunlariga qadar ishsiz yurishga majburdirlar.

2. Strukturali yoki majburiy ishsizlik, bu korxona, muassasalarda qayta qurish, tarkibiy o‘zgarish, xodimlar shtatini qisqarishi natijasida kelib chiqadi. Korxona shtati qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlar yangi ish joylarini topgunlariga qadar ishsiz yurishga majburlar.

3. Davriy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi iqtisodiy davrlarning pasayish fazasi bilan ishlab chiqarishning pasayib ketishi, mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi, iqtisodiy tanazzul bilan bog‘liqdir.

Friksion va strukturali ishsizlik ishchi kuchining 5–6%ni tashkil qiladi. Ishchi kuchi deganda nima tushiniladi? Ishchi kuchini topish uchun aholining umumiy sonidan quyidagilar chiqarib tashlanadi:

– 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

– qamoqxonalar, psixatriya statsionarlarida yotgan bemorlar soni;

– uy bekalari, nafaqa oluvchilar;

– ishsizlar soni.

Aholining umumiy sonidan shular olib tashlansa, ishchi kuchi kelib chiqadi. Odatda, ishchi kuchi aholining 49–50% ni tashkil qiladi.

Inflyasiya – pulning kadrsizlanishi, pul massalarining ko‘payib ketishi, tovarlar narxining oshib ketishi, xalq xo‘jaligidagi har xil xizmat turlariga xizmat haqlarining oshib ketishi hisoblanadi.

Inflyasiya quyidagilarga bo‘linadi:

– normal Inflyasiya – yiliga 3–3,5 %;

– o‘rtacha Inflyasiya – yiliga 10 %;

– galopirlanuvchi Inflyasiya – yiliga 20% dan yuqori.

Inflyasiyadan asosan davlat korxonalarida, ayniqsa byudjet korxonalarida ishlovchi xodimlar, banklarga jamg‘arma qo‘ygan aholi, depozitchilar zarar ko‘radilar.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti asosida ish yuritilmoqda. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltiririlgan, aholini ijtimoiy himoya qilish ustuvor masala deb qabul qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif qilingan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyiliga amal qilinmoqda, ya’ni:

1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi.

2. Davlat bosh islohotchi.

3. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi.

4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.

5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, davlat – bosh islohotchilik faoliyatini konstitutsiya negizida amalga oshirmoqda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53–moddasiga muvofiq davlat “Iste’molchining huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini hamda xuquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi”.

Respublikamizda Davlat bosh islohotchi sifatida iqtisodiyotni boshqarishni qayta tashkil etish, bozor infratuzilmasini yaratish hamda jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirmoqda.

Bozor iqtisodiyotining afzalligi avvalo shundaki, unga shaxsni iqtisodiy rag‘batlantirish, insonning o‘z mehnati, sifati va unumli bo‘lishidan manfaatdorligini rag‘batlantirish xosdir.

Bozor mezonlari o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim bo‘lib, u avvaldan belgilab qo‘yilgan reja, tashqaridan beriladigan buyruqlar bilan chiqisha olmaydi. Bozorning o‘zi iqtisodiy munosabatlarni qat’iy boshqaradi, xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlaydi va hisobga oladi. Mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi, uning miqdori va narxini belgilaydi, shu tariqa iste’molchilarning manfaatlarini himoya qiladi. Barcha ijtimoiy tizimlar singari bozor ham mukammal emas, uning afzallik jihatlari salbiy tomonlari bilan birlashib ketadi. Uni takomillashtirish, jamiyatning ta’sir ko‘rsatishiga ijtimoiy ehtiyojni keltirib chiqaradi.

Masalan:

– xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rejali-mutanosib rivojlantirish;

– erkin narx siyosati;

– talab va taklif;

– raqobat qonuni;

– xo‘jalik hisobi;

– O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash;

– makroiqtisodiy va moddiy balanslarning hisob-kitob usullarini ishlab chiqish;

– Moliya vazirligi bilan birga to‘lov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish, ularni amalga oshirishni tashkil qilish;

– O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti xalq xo‘jaligi sohalarini mutanosib holda rivojlantirishni ta’minlash. Buning uchun investitsiya dasturlarini tayyorlash va ularni amalga oshirish.

– yuqori sifatli benzin ishlab chiqarish;

– O‘zbekiston Respublikasi mineral va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish;

– oltin konlarini yo‘lga qo‘yish;

– paxta tolasini qayta ishlash, to‘qimachilik kombinatlarini ishga tushirish, rekonstruksiya qilish;

– O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalash;

– aloqa tarmoqlarini rivojlantirish;

– dunyo internet tizimiga ulanish.

– hisobga olishning zamonaviy statistika usul va vositalarini rivojlantirish;

– xalq turmush darajasi va farovonligi yuksalishini nazorat qilish va boshqalar.

Xalq xo‘jaligini rivojlantirishda bozor iqtisodiyoti qonunlaridan foydalaniladi:

I. Qiymat qonuni, narx belgilash qonuni.

Tovar narxini bozor belgilaydi, narx erkin holatda bo‘ladi. Paxta, don, jun, sut, go‘sht, kartoshka, meva va sabzavotlarning davlatga sotiladigan narxini davlatning o‘zi belgilaydi.

II. Raqobat qonuni.

Korxonalar, firma, konsern, korporatsiyalar o‘rtasida raqobat bo‘lishi kerak: bozor uchun, narx sohasida, ishchi kuchi va hokazo.

III. Talab qonuni.

IV. Taklif qonuni.

Bozor iqtisodiyoti qonunlari hayotiy bo‘lishi uchun byudjetni, soliq tizimi, kredit va bank tizimini to‘g‘ri tashkil qilish kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan dorixonalar xo‘jalik hisobi negizlariga amal qilishi lozim.

1. Xo‘jalik hisobining birinchi, eng muhim negizi korxonalarning iqtisodiy va xo‘jalik mustaqilligi hisoblanadi; bunda korxonalar: xususiy, jamoa, Aksiyador dorixonalarning asosiy vositalari va aylanma mablag‘lariga ega bo‘ladi.

Ho‘jalik hisobidagi xususiy, davlat va Aksiyadorlik dorixonalari:

1) Bankda hisob-kitob scheti ochadi.

2) Korxonalar bilan kontrakt-shartnoma asosida ish yuritadi.

3) Tovar-moddiy boyliklarni mustaqil sotib oladi va sotadi.

4) Biznes reja tuzadi.

2. Xo‘jalik hisobining ikkinchi negizi xo‘jalik hisobidagi xususiy, jamoa, Aksiyadorlik dorixonalari o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydi. Masalan, dorixonalar savdo, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini savdo natijasida olingan daromadlaridan qoplaydi.

3. Ho‘jalik hisobining uchinchi negizi dorixonalarning foyda bilan ishlashi, ya’ni dorixonaning olgan daromadi dorixonaning xarajatlarini qoplab, ortib ham qolishi kerak. Xo‘jalik hisobidagi dorixonalar rentabel daromad bilan ishlashi kerak.

4. Xo‘jalik hisobining to‘rtinchi negizi korxona xizmatchilarining o‘z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdor bo‘lishlari, ya’ni yaxshi ishlagan, o‘z vazifasini vijdonan, to‘g‘ri, halol, o‘z vaqtida, sifatli bajargan xizmatchilar moddiy rag‘batlantirilishi zarur.

5. Xo‘jalik hisobining beshinchi negizi korxonalarning o‘zaro moddiy javobgarligi. Masalan, agar korxonalar shartnomalarni buzsa, tovarlarni o‘z vaqtida etkazmasa yoki to‘liq bo‘lmagan komplektda mol etkazilsa, u holda ta’minotchi korxona jarima to‘laydi. Bu esa korxona oladigan sof foydaning kamayishiga olib keladi.

6. Xo‘jalik hisobining oltinchi negizi xo‘jalik hisobidagi korxonalar mol-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, mehnat resurslarini tejashi kerak.

Mikroiqtisodiyot sub’ektlari sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadi. Asosiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagilar: faoliyatning turi va mazmuni, mulkchilikning shakli, korxonaning tashkiliy-huquqiy maqomi, raqobatni olib borish usullari.

O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga asosan dorixona – dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek, davolash, hamda kasallikning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiena ashyolari, shifobaxsh oziq-ovqatlar, ma’danli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini xrid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir.

Korxona faoliyatining tavsifi va mazmuni uning faoliyat yurituvchi tarmog‘i bo‘yicha aniqlanadi. Chunki dorixona faoliyat tavsifiga ko‘ra poliklinika, kasalxonalar, shifoxona va boshqalar katoriga ko‘ra sog‘liqni saqlash korxonalaria qarashli, faoliyatning mazmuniga ko‘ra esa chakana savdo tarmog‘i hisoblanib, Farmatsevtik yordam ko‘rsatish, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish uchun mo‘ljallangan chakana korxonadir.

Mulkchilik shakli

O‘zbekiston Respublikasida quyidagi mulk shakllari mavjud:

– xususiy mulk;

– shirkat, jamoa mulki;

– ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan iborat davlat mulki;

– aralash mulk;

– boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.

O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan muhofaza etilishi kafolatlanadi.

Xususiy mulk – fuqarolarning yollanib ishlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishidan olgan mulki va boshqa daromadlardan tashkil topadi.

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shakllari mulki himoyasi O‘zbekiston Respublikasida teng xuquqlilik va adolatli asosda kafolatlangan.

SHirkat jamoa mulki – hosil bo‘lishi va ko‘payib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, davlat korxonalarini Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bilan ta’minlanadi.

Davlat mulkchiligi – O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilmaning byudjet yoki boshqa mablag‘lari hisobiga hosil qilinadi.

Mulkchilikning aralash turi – davlatlararo, birlashgan va boshqa to‘liq yoki hissali ishtirok etishda turli mulkchilik shakllariga asoslanadi.

Xorijiy fuqarolar, tashkilotlar va davlatlarning mulkchiligi. Ta’sis etilgan korxonani to‘liq sotib olish yoki hissaviy ishtirok etish (paylar, Aksiyalar) yoki shunday korxonaga egalik qilish tufayli yuzaga keladi.

Tashkilot tashkiliy-huquqiy shakllari O‘zbekiston Respublikasining “Tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan. Shu qonunda korxonalarning hamma mulk shakllarini umumiy huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy tashkil qilish, qayta tiklash va faoliyatni to‘xtatish asoslari belgilab berilgan.

Tashkilotlar turi:

– jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan;

– shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan;

– davlat mulkiga asoslangan – davlat va respublika korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat korxonasi, viloyatlararo, tumanlararo, shaharlar va boshqa korxonalar turlariga asoslangan.

Yuqorida keltirilgan tashkiliy-huquqiy maqom turlari tashkilotlarning sifat ko‘rsatkichlari kabi respublikamizning dorixona xizmatida ham muhim o‘rin tutadi.

Keyingi yillarda respublikamizda xususiy mulkchilikni rivojlantirish, muhim birlamchilik huquqi borasida mamlakatmizdagi o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlar va bozor sharoitida o‘zgarishlarga katta ahamiyat berilmoqda.

Bozor tizimida ishtirok etuvchi tashkilotlar, raqobatga ham chidamli bo‘lishi kerak. Raqobat bozor iqtisodiyotining zarur omilidir. O‘zbekiston Respublikasi “Tovar birjalarida raqobat va monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi qonunga binoan barcha tashkilotlar qonuniy raqobatdan himoyalanadi.

Qonun quyidagilarni belgilaydi:

– tashkiliy va huquqiy ogohlantirish, cheklash va monopolistik faoliyat va qonuniy raqobatning oldini olish asoslari;

– mavjud tabiiy va davlat monopoliyalarini nazorat qilish usullari va cheklash vositalari;

– korxonalarning birlashishi hamda xususiylashtirish ustidan nazorat qilish tartibi;

– narxlar va ish haqi ustidan to‘g‘ri nazorat qilish sharti (favqulodda holatlar);

– raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va korxonalarni tashkil qilish hamda faoliyatini kengaytirish tizimlari;

– ma’lum faoliyat turlarini kvotalash va Litsenziyalash;

– kichik biznesni rag‘batlantirish choralari;

– monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi uchun javobgarlik.

Mikroiqtisodiyot sub’ektlarining asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

– ishchilar soni;

– yillik kapital (aylanma).

Kichik biznes korxonalarining asosiy faoliyat xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

1. Kichik o‘lchamlar (xodimlar soni va savdo hajmi).

2. Kichik ustav kapitali.

3. Faoliyatning mahalliy mintaqasi.

Dorixonlarga Farmatsevtik yordam uchun asosan tuman aholisi murojaat etadi.

4. Mustaqil menejment. Bu xususiyat kichik tashkilotlarning ma’muriy hay’ati yo‘qligi bilan bog‘lik. Rahbar o‘z faoliyatida boshqarish, buxgalteriya, huquqiy muammolarini o‘zi hal etishi kerak.

Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning asosiy g‘oyalaridan biri mayda korxonalarning rivojlanib borishidir. Ular kichik biznes korxonalari deb nomlanadi.

Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o‘rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi:

– yakka tartibdagi tadbirkorlar;

– ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.

Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:

– engil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100 kishidan;

– mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan;

– fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar1.

Ko‘pgina dorixonalarning aholiga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra hozirgi paytda kichik biznesga kiritish mumkin. Ulardagi savdo hajmi, xodimlari soni uncha katta emas.

Biznes daromad keltiruvchi ish, faoliyat turi. Farmatsevtika biznesida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati yuqori daromad keltiradi.

Kichik biznes korxonalari (shu bilan birga dorixonalar ham) bir qator afzalliklarga ega:

1) Aniq savdo bozori: uning ko‘rsatkichlari (biriktirilgan aholi va davolash-profilaktika korxonalari soni) va joylashuvi aniq.

2) SHaxsiy munosabat: rahbar (menejer) va xodimlar, hamda xodimlar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabat.

3) YAngi g‘oyalarga boyligi va yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun tez o‘tish qobiliyati (masalan, dorixonada fitobarlarni tashkil qilish), mijozlarga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida ish uslubini o‘zgartirish.

Kichik biznes korxonalarining faoliyat jarayonida ma’lum kamchiliklarni hisobga olish ham zarur:

1. Katta korxonalar bilan solishtirganda resurlarga kira olishdagi tengsiz (ayniqsa moliyaviy) imkoniyatlar. Katta ustav kapitaliga ega yirik korxonalar va banklar kredit berish masalalarini tezkor hal etadi.



Binolarni saqlash, foydalanish va muhofaza qilishga ketgan xarajatlarninig yuqori darajasi.


Yüklə 36,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin