3. Kommunikatsiya komponentlari.
Agar komponentlar orasida yuqori
darajali aloqa trafigi bo’sa, unda ularni o’sha platformada yoki fizik jihatdan bir-
biriga yaqin bo’lgan platformalarda aralashtirish kerak. Bu aloqa ushlanib
qolishini, vaqtlar orasidagi ushlanishni kamaytiradi, xabar bitta component
tomonidan jo’natiladi va boshqasi tomonidan qabul qilinadi.
2.3. Dasturiy ta’minotni testlash
Testlash, dasturiy ta’minotni foydalanishga qo’yishdan oldin dastur
nuqsonlarini topish va ularni to’g’irlashga mo’ljallangan dasturlarni ko’rsatishga
mo’ljallangan. Siz dasturiy ta’minotni testlagan chog’ingizda,
sun’iy
ma’lumotlardan foydalanib dasturni ishga tushirasiz. Siz dasturni testlash
natijalarini xatolarga, anomaliya (normal holatdan chetlashish) ga yoki dasturning
nofunksional sifatlari haqida ma’lumotga tekshirasiz.
Testlash jarayonida ikkita alohida maqsadlar mavjud:
1.
Ishlab chiqaruvchi va buyurtmachiga ularning dasturiy ta’minoti talablari
bajarilayotganini namoyish etish. Buyurtma qilingan dasturiy ta’minot uchun
hujjatdagi talablarning har biri uchun kamida bitta testlash bo’lishi lozim. Umumiy
dasturiy ta’minot mahsulotlari uchun esa, tizimning barcha funksiyalari uchun,
shuningdek, tayyor mahsulotda ishlatiladigan funksiyalar aralashmasi uchun
testlashlar bo’lishi kerak.
2.
Dasturiy ta’minot noto’g’ri, ishonarsiz yoki spetsifikatsiyalarga mos
kelmagan hollarni aniqlash. Ular dasturiy ta’minotning nuqsonlari hisoblanadi.
Nuqsonlarni testlash keraksiz tizimlarning nuqsonlariga barham berish bilan
bog’liq, masalan, tizimning to’xtab qolishi, boshqa tizimlar bilan keraksiz
bo’g’lanishi, ma’lumotlarning noto’g’ri hisoblanishi va buzilishi. Birinchi maqsad
bu ishlatilishi kutilayotgan tizim tekshirishlarini testlashdir. Bunda ishlatilishi
kutilayotgan tizimni tekshiruvchilarni berilgan testlar jamlanmasidan to’g’ri
foydalangan holda testlash lozim. Ikkinchi maqsad, tizim nuqsonlarini testlashga
olib keladi. Bunda tizim nuqsonlarini ko’rsatishi uchun nazorat misollari qo’yilgan
bo’ladi. Albatta, testlashning bu ikki yo’li o’rtasida aniq bir chegara yoq.
Tekshiruvlarni testlash vaqtida siz tizimdagi nuqsonlarni topasiz; Nuqsonlarni
testlash vaqtida bazi testlar dasturiy ta’minot ularning talablari javob berayotganini
ko’rsatadi.
Rasmda ko’rsatilgan sxema, tekshirishlarni testlash va nuqsonlarni testlash
orasidagi farqlarni tushunishga yordam beradi. Testlovchi tizimingizni qora quti
deb tasavvur qiling. I deb o’rnatilgan kiruvchi signallardan tizim kiruvchi signallar
qabul qiladi va chiquvchi signallarni O deb o’rnatilgan chiqishga uzatadi.
Chiqishlarning ba’zilari xatolikka tutilishi mumkin. Bular Oye jamlanmasidagi
chiquvchilardir, ular Ie jamlanmasidagi kiruvchi signallarga javoban ishlab
chiqilgandir. Nuqsonlarni testlashda birinchi o’rinda Ie da o’rnatilgan kiruvchilarni
topishdir, chunki ular tizim bilan bog’liq muammolarni ochib beradi.
Tekshirishlarni testlash Ie dan tashqarida joylashgan to’g’ri kiruvchilar bilan
teslashni o’z ichiga oladi. Ular kutilayotgan to’g’ri natijalarni olish uchun tizimni
kuchaytiradi.
Testlash dasturiy ta’minotning nuqsonlarga egaligi yoki bir aniq vaqtda u
o’zini ko’rsatilgandek tutishini namoyon qilmaydi. Siz kuzatayotgan test kelgusida
tizim bilan yuz beradigan muammolarni topishi imkoniyati doimo mavjud.
Verifikatsiya va validatsiya jarayonlari odamlar pul to’laydigan dasturiy
ta’minotning funksional imkoniyatlarini ta’minlash va uning shartlariga mos
kelishini tekshirish bilan bog’liq. Bu tekshirish jarayonlari talablar mavjud hollarda
va ular ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarini davom ettirish vaqtida
boshlanadi.
Verifikatsiyaning maqsadi dasturiy ta’minot unga qo’yilgan funksional va
nofunksional talablarga javob berishini tekshirishdir. Verifikatsiya umumiy
jarayon hisoblanadi. Validatsiyaning maqsadi dasturiy ta’minot buyurtmachi
kutayotgan natijalarga mosligini ta’minlashdir. Validatsiya muhim rol o’ynaydi,
sababi, ma’lumotlarni tasniflash talablari har doim ham mijozlar va
foydalanuvchilar talablari va istaklarini amalga oshiravermaydi. Varifikatsiya va
validatsiya jarayonining yakuniy maqsadi esa daturiy ta’minot tizimi “maqsadga
mos kelishi” ga ishonchni o’rnatishdir. Yetarli darajadagi shonch bosqichi,
tizimning maqsadi, tizim foydalanuvchilarning talablaridan, shuningdek, tizim
uchun joriy marketing muhitidan kelib chiqadi:
Dostları ilə paylaş: |