2-ma’ruza. Grammatikaning kontekstda berilishi. 3-sinf ”Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligidagi ”O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiati” mavzusini o‘rgatish



Yüklə 24,1 Kb.
tarix21.03.2023
ölçüsü24,1 Kb.
#88935
1-ma\'ruza.matni


2-ma’ruza. Grammatikaning kontekstda berilishi. 3-sinf ”Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligidagi ”O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiati” mavzusini o‘rgatish.
O'ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS TABIATI
Nutqiy mavzuning maqsadi: tabiat, at- rof-muhit haqidagi tasavvurlarni kengayti- rish, uni tasvirlash bilan bog liq jarayonda faol qo‘llanadigan til birliklaridan foydalanish- ga o‘rgatish, berilgan mashq va topshiriqlar yordamida og‘zaki, yozma, o‘qib va tinglab tushunish bilan bog‘liq nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
DARS JARAYONI
Kirish
Bugungi nutqiy mavzu e’lon qilinadi.
Tabiat manzalarini kuzatishni yoqtirasizmi?
Sizni nimalar hayratlantiradi?
O‘zbekiston qanday tabiatga ega?
Asosiy qism
Og‘zaki nutq
Xaritaga qarab O‘zbekistonning tabiati haqida suhbatlashing.
O‘quvchilar darslikda berilgan xarita va ma’lumotlarga e’tibor qaratadilar. Ma’lumotlar bir necha o‘quvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi.
Xaritaga qarab ayting-chi, O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan qo‘shni ekan?
Berilgan ma’lumotlar ichidan chegaradosh bo‘lgan davlatlar bilan bog‘liq ma’lumot alohida ta’kidlanadi. Mamlakatlarning nomlari qanday talaffuz qilinayotganiga e’tibor qaratiladi.
Siz qaysi hududda yashaysiz? Xaritadan topib ko‘rsating.
O‘quvchilar xaritadan o‘zlari yashaydigan hududni aniqlab olishlari kerak. Agar o‘quvchilar buni aniqlashga qiynalsalar, hududlarning nomlari yozilgan xarita namoyish etilishi ham mumkin. Shu o‘rinda “viloyat” so‘zining ma’nosi haqida izoh berish kerak.
Yurtimizda qanday tog‘ tizmalari bor ekan?
O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar ichidan
tog‘lar bilan bog liq ma’lumotlarni topib, aytadi. Shu o‘rinda tog‘larga xos bo‘lgan “yastanib yotibdi” iborasining ma’nosi izohlanadi, qo‘shim- cha misollar asosida tushuntiriladi.
Yurtimizdagi daryolarni ko‘rsating.
Berilgan ma’lumotlar ichidan daryolar bilan bog‘liq ma’lumotga e’tibor qaratiladi.
Cho‘lning nomini ayting.
Ochiq holatda berilgan ma’lumot aniqlanadi va og‘zaki tavsif beriladi.
Qurib borayotgan Orol dengizi haqida nimalar ayta olasiz?
Ushbu savolga javob berishda o‘quvchi- lar o‘zlari bilgan ma’lumotlarni aytishlari kerak bo‘ladi. Har bir o‘quvchi javoblarni tinglashi hamda turli-tuman ma’lumotlarni aytishi kerak. O‘qituvchi ham Orol dengizi bilan bog liq ma’lu­motlarni eslatishi mumkin.
Yurtimizda yashaydigan hayvonlar va qushlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
Berilganlar asosida javob topiladi. Qirilib ket- ganlik va qirilib ketish xavfi kabi hodisalarning mohiyati haqida so‘z boradi. Ushbu birliklar qa- chon, qanday vaziyatda qo‘llanishi haqida tushuncha beriladi.
Yozma mashq. Morfologiya
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida quyi- dagi jadvalni to‘ldirib yozing.
Jadvalni to‘ldirishda berilgan ma’lumotlar- dan foydalaniladi. So‘zlarni guruhlarga ajra- tib yozishda nimalarga e’tibor berish kerak- ligi haqida suhbat olib boriladi. So‘zlarning so‘roqlari, ular ifodalayotgan ma’nolar so‘z- larni guruhlarga ajratish uchun asos bo‘lishi tushuntiriladi.
Muhokama
Ayting-chi, nima uchun ayrim so‘zlarni bosh harflar bilan yozdingiz?
O‘quvchilar o‘z javoblarini beradilar, o‘qituv- chi xattaxtaga qanday so‘zlarni bosh harflar bi­lan yozish kerakligini berilayotgan javoblar aso­sida yozib boradi. Shundan so‘ng hosil bo‘lgan guruhlar asosida misollar topib yozish mashqi bajarilishi mumkin.
DARS JARAYONI
Kirish
O‘quvchilar audiomatnni tinglashga tayyorla- nadilar. Matnning mavzusiga e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilardan “xongul” deganda nima nazarda tutilayotgani haqida so‘raladi.
Asosiy qism
Tinglab tushunish
O‘quvchilar audiomatnni tinglashga tayyorla- nadi. Kerakli o‘rinlarni o‘zlari uchun qulay usulda qayd etib borish mumkinligi aytiladi. Audiomatn eshittiriladi.
Avstraliya, Afrika va Xitoyning noyob hayvonlari qaysilar?
O‘quvchilar ushbu savolga javob berish uchun matnni diqqat bilan tinglagan bo‘lishlari kerak. Berilayotgan javoblarning umumiy bo‘lmasligiga e’tibor qaratish kerak. Har bir davlatdagi noyob hayvon alohida aytilishi maqsadga muvofiq.
Nega xongulni O‘zbekistonning eng no­yob hayvoni deb bilamiz?
O‘qituvchi "noyob” so‘zining ma’nosi, Qizil kitob haqida ma’lumot beradi. Shu mavzuda suhbatlashadi. Shundan so‘ng berilgan savolga o‘quvchilar to‘liq javob beradilar.
Nega bug‘uning bu turiga “xongul” deb nom berilgan?
Matnda xongulning bunday atalashi sabablari keltirilgan. O‘qituvchi hayvonlarga nom be- rishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ayrim misollarni keltirib o‘tishi, o‘quvchilardan ham misol keltirishni so‘rashi mumkin.
Bug‘ularning qirilib ketishiga nima sa- bab bo‘ldi?
Matnda bug‘ularning qirilib ketishiga 2 ta sabab keltirilgan. Birinchisi - odamlarning hayvonlarni keragidan ortiq ovlashi, ikkinchisi - bug‘ularni yo‘lbarslar yeb qo‘yganligidir. O‘quvchilar o‘z tasavvurlaridagi ma’lumotlarni aytishi ham mumkin. Bunday holatda o‘qituvchi ularning fikr- larini ham tinglab, aynan mantnda qanday sa- bablar keltirilganini aytishni so‘rashi kerak.
Tarixda Buxoro bug‘ulari ko‘proq qaysi hududlarda yashagan?
Savol nima uchun "tarixda” so‘zi bilan bosh- lanayotganiga e’tibor qaratiladi. Esda saqlab qolingan ma’lumotlar asosida savolga javob be- riladi.
Bug‘ularni asrab qolish uchun nimalar qilish kerak deb o‘ylaysiz?
Ushbu savolga o‘quvchilar tabiatni asrash haqidagi tasavvurlari asosida, qolaversa, matn­da hayvonlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘layotgan harakatlarning aksini bajarish orqali ularni saqlab qolish mumkinligini anglagan holda javob berishlari mumkin.
Yozma nutq
Harflarni to‘g‘ri joylashtirib, so‘zlarni yozing. Bosh harflar imlosiga e’tibor bering.
Ushbu topshiriq o‘quvchilarning bosh harf- lar imlosi hamda so‘zning hosil bo lishi bilan bog liq bilimlarini mustahkamlashga xizmat qila- di. O‘quvchilar o‘zlari mustaqil holatda shunday so‘z o‘yinlariga misollar keltirishi ham mumkin.
Amudaryo, Sirdaryo, bug‘u, Zarafshon, Avst- riya, Buxoro, panda.
Eshitganlaringiz asosida xongul haqi­dagi ma’lumotlarni yozing.
Ushbu topshiriq matnda berilgan ma’lumotlarni boshqa shaklda ifodalash hamda tinglab tushu­nish bilan bog‘liq ko‘nikmani rivojlantirishga yor- dam beradi. O‘quvchilarga savollarga qisqa va aniq javob yozish kerakligi aytiladi.
Munozara
Ayting-chi, qo‘riqxonada nimalar qo‘riqla- nadi?
O‘quvchilar o‘rganganlari va o‘zlarida mavjud ma’lumotlar asosida savollarga javob beradilar. Qo‘riqxona mavzusida og‘zaki suhbat olib bo- riladi. Ushbu mavzu doirasida qo‘llanadigan til birliklarini tanlashga e’tibor qaratiladi.
DARS JARAYONI
Kirish
"Qo‘rqoq bug‘u” ertagi bilan tanishish aytiladi.
Asosiy qism
O‘qib tushunish
Darslikda berilgan matn bir necha marta o‘quvchilar yordamida o‘qib eshittiriladi.
Bug‘ularning majlis qilishdan maqsadi nima edi?
Matnda ochiq holatda berilgan ma’lumot aytib beriladi. Bug‘ularning muammosi, ushbu majlis- da ular nimani hal qilmoqchiligi haqida suhbat olib boriladi.
Qo‘rqinchli maxluqqa aylanish uchun bug‘u nimalarni kiyib oldi?
Bug‘u boshiga ajdar niqobini kiygani, ustiga yo‘lbarsning yo l-yo l terisini yopib olgani, tuyoq- lariga ayiqning o tkir tirnoqlarini bog‘lab olgani birma-bir aytiladi. Ba’zi bug‘ular qo‘rqinchli bug‘u- ni ko‘rgandan so‘ng qanday holga tushganlari haqida ham suhbat olib boriladi.
Bo‘rilar nega bug'uning hiylasini bilib qolishdi?
Javob berish jarayonida o‘quvchilar matnda shu savolga javob bo‘ladigan qismni qayta o‘qib berishlari mumkin. So‘ng ushbu holatni o‘z so‘z- lari bilan tushuntirishlari so‘raladi.
Sizningcha, bug‘ular qanday yo‘l tutishi kerak edi?
Bu savolga javob berishda o‘quvchining ijo- diy fikrlay olish qobiliyati sinovdan o‘tkaziladi. O‘quvchilar muammoni hal qilishning bir necha xil usullarini tavsiya qiladi. Har bir berilgan usul- ning afzalliklari va kamchiliklari haqida suhbat olib boriladi. Eng yaxshi deb topilgan usul qaysi ekani aniqlanadi.
Jasurlik va qo‘rqoqlik deganda nimalar- ni tushunasiz? Misollar bilan o‘z fikringizni asoslang.
O‘qilgan matn asosida jasurlik, qo‘rqoqlik singari tuyg‘ular ta’riflanadi. O‘quvchilar hayotiy vaziyatlardan kelib chiqqan holda ushbu tuyg‘u- ni boshdan o‘tkazganda nimalarni his qilganlari haqida so‘zlab beradilar. So‘zlash jarayonida voqealarning ketma-ketlik bilan bayon etilishi- ga, so‘z va iboralarning o‘z o‘rnida qo‘llanishiga e’tibor qaratiladi.
DARS JARAYONI
Kirish
O‘tilgan darsda tanishilgan matn yodga soli- nadi.
Asosiy qism
Yozma mashq
Matn asosidagi topshiriqlarni bajaring.
Matn qismlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring.
Ushbu topshiriqni bajarish jarayonida o‘quv- chilar matndagi ma’lumotlarning o‘zaro ket­ma-ketlikda berilishiga e’tibor qaratadi.
Ayniqsa, xulosa qismiga alohida e’tibor qara- tilishi kerak. Nima uchun shu qism xulosa sifati- da berilgani haqida so‘raladi. Matnning xulosasi qanday berilishi, u qanday mazmunda bo‘lishi kerakligi tushuntiriladi.
O‘rmondagi majlis.
Bug‘uning rejasi.
Todaga hujum.
Niqob ostidagi qo‘rquv.
Xulosa.
Leksikologiya
Matndan olingan quyidagi so‘z va iboralar bilan ularning izohini moslab, daftari- ngizga yozing.
Ushbu topshiriqni bajarish uchun o‘quvchi avval matndan ushbu so‘zni topadi, u matnda qanday ma’noni ifodalayotgan bo lishi mumkin- ligi haqida mulohaza yuritadi. Shundan so‘ng berilgan so‘zlarning izohini aniqlaydi. Ayrim o‘quvchilar ushbu so‘zlarning izohini tushunib olganlaridan so‘ng ular ishtirokida og‘zaki gap tuzishlari mumkin.
Chek qo‘yish - tugatish.
Navqiron - yosh, kuch-quvvatga to‘lgan.
O‘kirmoq - kuchli ovoz chiqarish.
Toda - toplangan hayvonlar guruhi.
Shu tob - shu vaqt.
Muhokama
Quyidagi gaplarda qanday farq bor? Izoh- lang.
Ushbu mashq o‘quvchilarni nutqning boyligini ta’minlovchi vositalar bilan tanishtirishga qaratilgan. O‘quvchilardan qaysi ustundagi gapning mazmuni afzal ekani, nima uchunligi so‘raladi. Berilayotgan til birliklarining vazifasi tushuntiri­ladi.
Yozma mashq
Matndan quyidagi so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘zlardan topib yozing.
Topshiriq o‘quvchilarning so‘zlarni turkumlar- ga ajratish bilan bog‘liq bilimlarini kengaytirish- ga xizmat qiladi. Har bir guruhdan kamida besh- tadan so‘z topib, yozish so‘raladi. Mashq bajarib bo‘lingandan so‘ng ayrim o‘quvchilarning yoz- gan so‘zlari birgalikda izohlanadi.
Yozma mashq
Hikoyadan chiqargan (bitta) xulosa- ngizni yozing.
Hikoyaning xulosasi haqida yuqorida gap bor- gani uchun o‘quvchilar o‘zlari qanday xulosaga kelganlari haqida yozadilar. Ehtiyoj bo‘lsa, chiqa- rilgan xulosalar izohlanishi ham mumkin.
DARS JARAYONI
Kirish
Yaylov nima?
Ushbu savolga javoblar tinglanadi, kerakli xulosalar chiqariladi.
Yaylov - chorva mollari erkin o'tlaydigan, yoyilgan holda boqiladigan keng dala, maydon, o‘tloq.
Asosiy qism
O‘qib tushunish
Berilgan she’r bir necha bor ifodali o‘qiladi.
She’r o‘qib bo‘lingach, ushbu she’rdagi qah- ramonning o‘zini qanday his qilayotgani haqida suhbat olib boriladi.
She’r qahramoni tabiatdagi nimalarni tasvirladi?
She’r matnida berilgan tavsif qayta o‘qib eshittirilishi yoki so‘zlab berilishi mumkin.
Ayting-chi, nima uchun bolalarning ko‘zlari “alang-jalang”?
Buning uchun har bir bola o‘zini yaylovdagi- dek his qilishi kerakligi aytiladi, shu asosda bolaning ushbu harakati izohlanadi. “Alang-jalang” harakatning qanday belgisi ekani haqida suhbat olib boriladi.
Qahramon o‘zini nimaga o‘xshatdi? Izohlang.
Ushbu savolga javob berish uchun she’rdagi ayrim misralarga diqqat qaratiladi. Qahramon nima uchun o‘zini qushga o‘xshatayotgani tu- shuntiriladi.
Yaylovda yana nimalar bo‘ladi?
O‘quvchilar o‘z kuzatuvlari asosida yaylov­da yana nimalarni uchratish mumkinligi haqida so‘zlab beradilar.
Siz qayerga borganingizda rohatlana- siz? Nima uchun?
Bu savolga ham o‘quvchilar o‘z kuzatuvlari, his qilganlari, boshidan o‘tkazganlari asosida javob bershlari maqsadga muvofiq. Ushbu suh­bat jarayonida sayohat tafsilotlari haqida gapir- ganda muayyan vaziyatlar, his-tuyg‘ular bilan bog liq til birliklarining ifodalanishiga e’tibor qa­ratiladi, o‘quvchilarga mavzu bilan bog liq yangi so‘zlar haqida ma’lumot berish mumkin.
Yozma mashq. Leksikologiya
Quyida berilgan ma’nodosh so‘zlarni o‘qing. She’r matnidan olingan so‘zlarning ma’nodoshlarini topib yozing.
Berilgan so‘zlarga mos keluvchi ma’nodosh so‘zlar aniqlanadi va yoziladi.
Bepoyon - oxiri yo‘q, cheksiz.
O‘t - maysa.
Yel - shamol, shabada.
Osmon - samo, falak.
Yayov - piyoda.
Qo‘shiq - ashula.
Yozma nutq
She’r matni asosida yaylovni o‘z so‘z- laringiz bilan tasvirlab yozing.
Yaylov haqidagi suhbat hamda she’r matni­dan kelib chiqqan holda kichik matn yoziladi.
Unda tasviriy vositalardan foydalanishga alohi- da ahamiyat qaratish kerakligi aytiladi.
DARS JARAYONI
Kirish
Yozma ijodiy faoliyat olib borilishi haqida ay­tiladi.
Asosiy qism
Yozma nutq
O‘tilgan mavzular asosida o‘quvchi- lar rasmga qarab O‘zbekiston tabiati haqida matn yozadilar.
O‘tilgan mavzular davomida tabiatni tasvir- lash bilan bog‘liq qanday til birliklaridan foyda- lanilgani yodga solinadi. O‘zbekiston qanday tabiatga ega ekani haqida suhbat quriladi.
O‘quvchilar ushbu jarayonda erkin fikrlay olishlariga, tabiatni tasvirlashda nimalar to‘g‘risi- da yozish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishlariga imkon yaratiladi.
Qolaversa, matnni yozish uchun berilgan ko‘rsatmalarga ham e’tibor qaratish so‘raladi. Yozilayotgan matn darslikda berilgan rasm bilan ham bog‘lanishi kerakligi, berilgan ko‘rsatmalar- dan foydalanish lozimligi tushuntiriladi.
Matnda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan til birlikla­rining imlosi xattaxta yoki elektron doska orqali namoyish etilishi maqsadga muvofiq. O‘quvchi- lardan qaysi so‘zni yozishda ikkilanayotganlari haqida tez-tez so‘rab turiladi.
Berilgan topshiriqni bajarishda muammoga duch kelayotgan o‘quvchilarga kerakli amaliy tavsiyalar alohida berib boriladi.
O‘quvchilar ijodiy ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi, ularga munosabat bildiriladi va baholanadi.
MUSTAHKAMLASH
Kirish
Bugungi dars mustahkamlash darsi ekani aytiladi. “O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiati” mavzusi yuzasidan qisqacha suhbat olib bo- riladi.
Rasm asosida O'zbekistonning tabiati haqida o'quvchilar yozgan matnlar tahlil qilinadi, kerakli tavsiyalar beriladi.
Asosiy qism
Og‘zaki nutq
Ushbu bo‘limda sizga ko‘proq qaysi matn yoqdi? Javobingizni izohlang.
Nutqiy mavzu doirasida o'tilgan matnlar maz- muni haqida o‘ylab ko'rish, ulardan qaysi biri ma’qul kelgan bo‘lsa, ushbu matn haqida fikr bildirish so'raladi. Og'zaki nutq ifodalashda so‘z tanlash, o'quvchining o'zini tutishi, fikrni izchil- lik bilan tushunarli qilib yetkazish bilan bogliq og'zaki nutqiy ko'nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
Yozma nutq. Sintaksis
Quyida berilgan gaplarni mos so‘zlar bi­lan to‘ldirib, ularni daftaringizga ko‘chiring.
Berilgan xulosalardan “Qo‘rqoq bug‘u” ertagi mazmuniga mos kelganini aniqlang, uni daftaringizga yozing. Har bir xulosani izohlash orqali o‘z javobingizni tushuntiring.
Ko'rdingizmi, aziz bolajonlar, qo‘rqoqqa ip ilon bo'lib ko'rinadi.
Demak, yovdan qo‘rqqan - yovga do‘st, elni suygan - elga do‘st.
Qissadan hissa shuki, birov niqob kiyish bilan botir bo‘lib qolmaydi. Jasurlik ki- shining yuragida bo‘ladi.
Bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirib, matnni ko‘chi- ring.
Niqob ostidagi bug‘u ham hech bo‘rilarga bunday yaqin kelmagan edi. Ularning ... (olov- dek, yulduzdek, cho‘g‘dek) yonib turgan ko‘zlarini ko‘rib, ... (yuragi, tanasi, oyog‘i) “shuv”etibdi. Oyoqlari qaltirabdi. Shu tobda (bo‘ri, ayiq, tulki) kabi... (o‘kirishi, baqirishi, hayqirishi) kerakligini eslabdi. U bor kuchi bilan “...” (baqiribdi, o‘kiribdi, hayqiribdi). Biroq qo‘rqib ketgani uchun ... (bo‘ri, ayiq, tulki)ning emas, bug‘uning hadik to‘la beo‘xshov ovozi ... (yangrabdi, chiqibdi, eshitilibdi).
Bolalar, bilasiz, Qizil kitobga yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvon turlari kiritila- di. Nima uchun bunday kitob kerakligi haqi­da fikrlaringizni yozing.
Yüklə 24,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin