2-Ma`ruza. Mavzu: Interfaol ta`lim texnologiyalari



Yüklə 142,67 Kb.
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü142,67 Kb.
#95941
1   2   3
2-Ma`ruza. Mavzu Interfaol ta`lim texnologiyalari

Bilaman

Bilishni
xoxlayman

Bilib oldim



















GOdan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi:
Talabalarning o`rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajalari
aniqlanadi.
Talabalarning mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan extiyojlari o`rganiladi.
Talabalar mavzuga oid ma`lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi
Bosqichlar bo`yicha amalga oshirilgan harakatlarning tafsiloti qo`yidagicha:

  1. talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi;

  2. talabalarning yangi mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajasi o`rganiladi;

  3. talabalar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;

  4. talabalarning yangi mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan extiyojlari o`rganiladi;

  5. talabalarning extiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo`yiladi;

  6. o`qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma`lumotlardan talabalarni xabardor qiladi;

  7. talabalar tomonidan o`zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi;

  8. bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo`yiladi;

  1. mashg`ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi. “Blits-surov” metodi (ing. “blits” - tezkor, bir zumda) berilgan savollarga qisqa, aniq va lo`nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta`lim muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, o`qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg`ulot turi, o`rganilayotgan mavzuning murakkabligi, talabalarning qamrab olinishiga ko`ra belgilanadi.

Mashg`ulotlarda metodni qo`llash qo`yidagicha kechadi:
O`qituvchi o`rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqib, o`quvchilar e`tiboriga xavola qiladi.
Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda lo`nda,aniq javob beradi.
Guruh (juftlik)da ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi (uning guruhdoshlari javobni to`ldiradi, (biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim)
Metodni qo`llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g`oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og`zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.

  1. “Venn diagrammasi” GO talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondoshuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o`zlashtirish (sintezlash) ko`nikmalarini hosil qilishga yo`naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo`yicha amalga oshiriladi.

Yozuv taxtasi o`zaro teng to`rt bo`lakka ajratiladi va har bir bo`lakka quyidagi sxema chiziladi:

GO talabalar tomonidan o`zlashtirilgan o`zaro yaqin nazariy bilim, ma`lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo`lim yoki boblar bo`yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.


Uni qollash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Talabalar to`rt guruhga bo`linadi.

Yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi.


Har bir guruhga o`zlashtirilayotgan mavzu (bo`lim, bob) yuzasidan aloxida topshiriqlar beriladi.


Topshiriqlar bajarilgach, guruh a`zolari orasidan liderlar tanlanadi
Liderlar guruh a`zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to`ldiradi
GOni qo`llash jarayonida har bir guruh muayyan mavzuga oid topshiriqlarni bajaradi. Talabalarning e`tiborlariga qo`yidagi jadvalni taqdim etish mumkin:

Guruhlar

Diagrammaning tartib raqami

Topshiriqlar
mazmuni




1-diagramma




1- guruh

2-diagramma







3-diagramma







1-diagramma




2-guruh

2-diagramma







3-diagramma







1-diagramma




3-guruh

2-diagramma







3-diagramma







1-diagramma




4-guruh

2-diagramma







3-diagramma







  1. “Debat” metodi (fr. “debattere”, “debats” - “baxslashmoq”) texnologiyasi yig`ilish, majlis yoki mashg`ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan ishtirokchilar o`rtasida o`zaro baxs uyushtirish, ularning o`zaro fikr almashishlarini ta`minlashga xizmat qiladi.

O`quv mashg`ulotlarida debat qo`yidagi tartibda uyushtiriladi:


O`rganilayotgan mavzu yuzasidan baxs yuritilishi zarur bo`lgan muammo tanlanadi.

Baxslashish uchun ikki nafar talaba (guruh yoki juftlik)larning e`tiborlariga tanlangan muammo xavola muammo yuzasidan aloxida talaba, guruh yoki juftliklar tomonidan bildiriladigan fikrlar tahlil qilinadi.


Ekspertlarning fikrlari tinglanadi.
Debatda bildirilgan fikrlar yuzasidan xulosa chiqariladi.
Debat yakunlanadi.“Klaster” GO (" `klaster” - guncha, to`plam, bog`lam) puxta o`ylangan strategiya bo`lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh, asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlarda qo`llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g`oyalarni umumlashtirish, ular o`rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
GOdan foydalanishda qo`yidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
Nimani uylagan bo`lsangiz, uni qog`ozga yozing! Fikringizning sifati haqida o`ylab o`tirmay, shunchaki yozib boring!
Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jixatlariga e`tibor bermang!
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to`xtamang! Agar ma`lum muddat o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang! Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring!
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish, ular o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik, bog`liklikni ko`rsating!
GO yordamida talabalar topshiriq bo`yicha fikrlarini klaster (mayda, aloxida qismlar) tarzida qo`yidagicha ifodalaydi:







  1. “Mantiliy chalkash zanjir” strategiyasi tushunchalar, bildirilgan fikrlar o`rtasida bog`liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jixatdan ketma-ketlikda to`g`ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o`qituvchi mavzuni yorituvchi ma`lumotlarni to`g`ri va noto`g`ri tartibda bayon etadi. Talabalarning vazifasi mantiliy jihatdan noto`g`ri ifodalangan ma`lumotlarni to`g`ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to`g`ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat.

Mashg`ulotda strategiyani qo`llash qo`yidagi tartibda amalga oshiriladi:

Izoh: o`qituvchi mustaqil ishlashini ta`minlash uchun har bir talabaga mazmunini biroz o`zgartirgan holda alohida topshiriq berishi mumkin.



  1. “Nilufar guli” texnologiyasi didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bo`lib, nilufar guli ko`rinishiga ega. Asos, unga birikkan to`qqizta “gulbarg” (kvadrat, turtburchak yoki aylanalar)larni o`z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.

Talabalarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiliy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish ko`nikmalarini shakllantiruvchi texnologiyani qo`llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:














B

























D

























G




























Z













B

Z

C

D

A

F

G

H

Y













H




























C

























F

























Y
















  1. “Swot-tahlil” strategiyasi muammoning asosiy turt jixatini yoritishga xizmat qiladi. Talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o`rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi.

U yordamida muammoning qo`yidagi to`rt jihati tahlil qilinadi:
Kuchli (ustun) jihatlari (hal etilayotgan muammoning afzalliklarini yoritish)
Kuchsiz (zaif) jihatlari (maqsadga erishish yo`lida tashkil etilayotgan harakatlarga ichki omillarining ta`sirini o`rganish)
Imkoniyatlarni chamalash (belgilangan vazifalarni hal etishning eng maqbul yo`llarini izlash)
Tahdidni o`rganish (maqsadga erishish yo`lida tashkil etilayotgan harakatlarga tashqi omillarining ta`siri aniqlash)

Izoh: strategiyani qo`llash muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda o`qituvchi strategiyaning asosiy mohiyati yoki biror bosqichini talabalarning bilimi darajasiga moslab, unga tushunarli so`zlar bilan ifodalashi (o`zgartirishi) mumkin. O`qituvchi tomonidan talabalarga strategiyaning mohiyati, afzalliklari haqida yetarlicha ma`lumot berilishi ular tomonidan hal etiladigan muammo mohiyatining to`la tushunilishini ta`minlash va kutilgan natijaga erishishga yordam beradi.



  1. “Sinkveyn” strategiyasi. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O`qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba va talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qo`llash samarali ekanligi aytiladi.

Bu o`rinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib o`tish maqsadga muvofiqdir.
Sinkveyn (fr. “besh qator” ma`nosini anglatadi) ma`lumotlarni sintezlash (alohida ma`lumotlar asosida yaxlit g`oyalarni shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she`r bo`lib, u asosida o`rganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma`lumotlar to`planadi; har bir o`quvchi (talaba) ushbu ma`lumot­lar yig`indisi (qofiyasiz she`r)ni o`z so`zlari bilan turli variant yoki nuqtai nazarlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega.
Sinkveyn tuzish - murakkab g`oya, sezgi va hissiyotlarni bir necha so`z orqali yaqqol, yorqin ifodalash malakasi bo`lib, bu jarayon mavzuni puxtaroq o`zlashtirish, ma`lumotlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo`lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun:

I bosqich

Mavzu bir so`z bilan ifodalanadi.



II bosqich

Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi.



III bosqich

Mavzu doirasida tashkil etiladigan xatti-harakat uchta so`z bilan ifodalanadi.

IV bosqich

Mavzuga nisbatan munosabatni anglatadigan to`rtta so`zdan iborat fikr yoziladi.



V bosqich

Mavzu mohiyatini takrorlovchi, ma`nosi unga yaqin bo`lgan bitta gap yoziladi.



Sinkveynlar qo`yidagi holatlarda samarali sanaladi:


Murakkab axborotni sintezlashda talabalarning bilimlarini baholashda. Talaba tomonidan ijodiy ishlanmalarning taqdim



  1. Skarabey” strategiyasi (“Qo`ngiz”) talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini, xotirani, shuningdek, muayyan muammoni hal qilishda o`z fikrini ochiq, erkin ifodalash malakasini rivojlanishiga xizmat qiladi. Talaba strategiyani qo`llash jarayonida bilimlarining sifati, darajasini xolis baholash, o`rganilayotgan mavzu haqidagi tasavvuri ko`lamini aniqlash imkoniyatini qo`lga kiritadi. Strategiya, shuningdek, turli g`oyalarni ochiq, erkin, mantiqan ifodalash, ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlashda ham samarali sanaladi. Uning yordamida talabalarda qo`yidagi sifatlarni shakllantirish, rivojlantirishga erishish mumkin: mustaqil ishlash; muloqatga erkin kirisha olish; xushfe`llik, o`zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatining samarali bo`lishiga qiziqish; o`z-o`zini baholash.

Strategiyadan darsning muayyan bosqichlarida turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ya`ni:

Mazkur strategiya talaba tomonidan oson qabul qilinadi. Zero, u shaxsga xos fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.



  1. “Qarorlar shajarasi” strategiyasi (“Qaror qabul qilish texnologiyasi”) muayyan fan asoslariga oid bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, muammo yuzasidan bildirilayotgan bir nechta xulosa orasidan eng maqbul, hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondoshuvdir. U avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qarorlarni yana bir bora tahlil qilish, uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.

Ta`limda strategiyani qo`llash o`rganilayotgan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish) uchun talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variantni tahlil qilish, maqbul va nomaqbul jihatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Unga ko`ra mashg`ulotlarda talabalar qo`yidagi chizma asosida ishlaydi (u yoki bu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadi):

Strategiyaning o`ziga xos jihati shundaki, u bevosita ma`lum loyiha asosida qo`llaniladi. Loyiha qo`yidagi ko`rinishga ega:



Umumiy muammo

1-qaror varianti

2-qaror varianti

3-qaror varianti

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi




















Yüklə 142,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin