2-maruza: mooc (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja



Yüklə 35,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü35,34 Kb.
#202714
  1   2   3   4
2-maruza mooc (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja



1
2-maruza: MOOC (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida.
Reja: 
1.
MOOC platformasi haqida malumot 
2.
 MOOC platformasi turlari va vazifalari, bepul online kurslar.
Yaqindagina kam doiradagi foydalanuvchilar bilgan MOOC 
tushunchasi hozirda kundalik hayotimizda tobora faollashib, omma, 
ayniqsa, yoshlar orasida mashhur bо‘lib bormoqda. MOOCning tarixiga 
Massachusets Texnologiya Universiteti tomonidan barcha o‘quv 
materiallari onlayn ravishda bepul tarqatila boshlagan vaqt, ya’ni 2001-
yilda dastlabki tamal toshi qo‘yilgan. 2011-yilda Stenford universitetining 
professori, Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasi (SAIL)ning sobiq 
direktori Sebastian Thrun Internetda sun’iy intellektga oid bepul kursni 
nashr etadi. Qisqa vaqt ichida 190 ta mamlakatda istiqomat qiluvchi 160 
mingdan ziyod foydalanuvchi Thrunning o‘quvchilariga aylanadi. 2012-
yilda esa Thrun Udacity onlayn ta’lim platformasiga asos soladi. Bu 
hodisa o‘z davrining eng yorqin namunalaridan biri edi. Natijada, 2011-
yil Ochiq masofaviy kurslar yili deb e’lon qilinadi. 2012-yilda MIT 
o‘zining birinchi “Sxemotexnika va elektronika” ochiq ommaviy kursini 
taqdim etadi. Onlayn kursga yozilish esa hech qanday talablarsiz amalga 
oshirila boshlandi. Kursda 160 ta mamlakatdan 155 mingdan ziyod 
foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Bilim sifatiga qo‘yilgan talabning 
qat’iyligidan kurs ishtirokchilaridan atigi 7157 nafarigina Internetda 
sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kursni tamomlashga muvaffaq bo‘lgan. 


2
MOOC (MASSIVE OPEN ONLINE COURSES — OMMAVIY 
OCHIQ ONLAYN KURSLAR) HAQIDA 
2000-yillarda ochiq internet kurslari paydo bo‘lishi natijasida 
onlayn ta’limga o‘tish jarayoni boshlandi. U orqali o‘z davrining dunyoga 
mashhur, 
reytingi 
yuqori 
universitetlari 
tinglovchilarga 
o‘z 
ma’ruzalaridan bepul foydalanish imkoniyatini 
taqdim etdi. Bu kabi ta’lim xizmatlariga bo‘lgan 
talab juda yuqori bo‘lganligi sababli, 2008-yilda 
MOOC nomi bilan mutlaqo yangi ta’lim berish 
metodikasi shakllandi. Bu atama 2008-yilda 
Devid Kormier (University of Prince Edward 
Island) va Brayan Aleksandr (National Institute 
for 
Technology 
in 
Liberal 
Education) 
tomonidan o‘ylab topilgan edi.
MOOC
— 
onlayn ta’lim bozorini rivojlantirish hamda turli 
pedagogik va biznes vazifalarini hal etishga 
qaratilgan zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi. 
MOOC (ingl. Massive Open Online Course) yoki OOOK (o‘zb. 
Ommaviy Ochiq Onlayn Kurs) kengaytmasi to‘rtta atamadan tarkib 
topgan:

Yüklə 35,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin