2-ma’ruza reja turli geologik sharoitlarda konni suv bostirib ishlatish sistemalari


Kondensat yer osti gazlarining separatsiyalangan (ajralib chiqqan) suyuq mahsuloti hisoblanadi



Yüklə 47,96 Kb.
səhifə13/13
tarix22.12.2023
ölçüsü47,96 Kb.
#190504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-ma’ruza reja turli geologik sharoitlarda konni suv bostirib is-kompy.info

Kondensat yer osti gazlarining separatsiyalangan (ajralib chiqqan) suyuq mahsuloti hisoblanadi. Mo’’tadil sharoitdagi qatlam gazining kondensati suyuq uglevodoroddan tarkib topadi. Uglevodorodli kondensat foydali qazilma hisoblanadi. Tarkibida ko’proq pentan va alkan, tsiklan, aren tarkibli, nisbatan og’ir uglevodorodlar mavjud. Kondensatning zichligi odatda 0,758 g/sm3, temperaturasi 2000S dan 3500S ga etganda rostmana qaynaydi.
Kondensat neft kimyosi sanoatida qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Shu sababli zaxirasiga ko’ra yirik, kondensat miqdori yuqori bo’lgan uyumlarda kondensatsiya boshlanish bosimidan yuqori bo’lgan qatlam bosimining saqlanishini ta’minlaydigan ishlatish sistemasini qo’llash o’ta dolzarb muammolardan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu maqsadga qatlamga quruq gaz yoki suv haydash metodini qo’llab erishish mumkin. Aksariyat hollarda birinchi metod qo’llanilib, unga ko’ra qatlamga ushbu uyumdan chiqarib olinayotgan kondensatdan ajralgan gaz qatlam bosimini saqlab turishga etarli hajmda haydaladi. Bunday texnologik usul saykling-jarayon deb ataladi. Qatlamga quruq gaz haydash quduqdan chiqarib olinayotgan gaz tarkibida kondensat miqdori minimumga tushguncha davom etkaziladi. Shundan keyin bu jarayon to’xtatilib, haydash quduqlari chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkaziladi, uyum oddiy gaz uyumi sifatida ishlatiladi. Bu metodni qo’llashda ayrim qiyinchiliklar ham kelib chiqadi, chunonchi, quruq gazning ko’p qismidan uzoq vaqt davomida xalq xo’jaligida foydalanilmaydi hamda jarayonni amalga oshirishda texnik murakkabliklar yuzaga keladi.
Uyumlarning ishlatish sistemasini tanlashda, birinchi navbatda quduqlar sonini aniqlashda qatlam-kollektorlarning mustahkamligi asosiy rol o’ynaydi. Gaz quduqlari debitining yuqori bo’lishi quduq tubi zonasidagi qatlamlarning tabiiy tuzilishini buzishi mumkin, shunga ko’ra bu jarayon neft quduqlaridan foydalangandagiga nisbatan shiddatli kechadi. Kuchsiz sementlangan terrigen jinslar va gil sementli yotqiziqlar tez buzilishga moilroqdir. Jinslarning maydalanishi quduq suvlanganda yanada tezlashadi, chunki suv ta’sirida sement ko’pchiydi va deformatsiyalanadi. Bunday jarayonlarni quduqlardagi drenajlanayotgan qatlamlar qarshisiga maxsus filtrlar o’rnatish, quduqning suvsiz ishlash muddatini cho’zish, quduq debitini cheklash kabi tadbirlar bilan to’xtatish mumkin. Oxirgi holatlarda gaz olish sur’atini saqlab qolish uchun quduqlar miqdorini ko’paytirish kerak. Gaz quduqlarini ishlatishda jinslarning buzilishi mumkin bo’lgan hajmini va bu jarayonni cheklash tadbirlari kernni va turli rejimdagi suvsiz hamda suvlangan quduqlarni o’rganish, konni tajriba-sanoat miqyosida ishlatish va razvedka qilish davrlarida asoslash lozim bo’ladi.
http://kompy.info
Yüklə 47,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin