2-Ma’ruza statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 43,99 Kb.
səhifə3/10
tarix09.02.2023
ölçüsü43,99 Kb.
#83674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-Ma’ruza statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyo

Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumki
Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.

Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati va boshqalar.

Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o’tkazmaslik ham, zaruriyat tug’ilsa, yana o’tkazish ham mumkin.


O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.
Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi.Masalan, O’zbekistonda aholi ro’yxati o’tkaziladigan bo’lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham ro’yxatdan o’tishi kerak.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga tarqatilib, ular to’ldirilgandan so’ng yig’ishtirib olinadi va umumlashtiriladi. Bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va,ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hodisa va voqealar bo’yicha maxsus mustaqil ekspertlarning fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.

Yüklə 43,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin