2-Ma’ruza: Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar


-mavzu: Takrorlash. (1 soat, A1+: 1 soat)



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə13/14
tarix16.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#113721
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2.2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar

34-mavzu: Takrorlash. (1 soat, A1+: 1 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun- (33 soat, A1+: 67 soat) Takrorlash uchun – (1soat, A1+: 2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
Osmon gumbazida yulduzlarning o‘rni o‘zgarishini, Quyoshning “chiqishi” va “botishi”ni, Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarga Quyoshning ta’sirini kuzatadi va tushunadi; ufq tomonlarni kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; daryo, ko‘l, kanal suvlarining yil fasllari davomida o‘zgarishini kuzatadi; Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalar, tabiat zonalaridagi o‘simlik va hayvonot olamiga doir ma’lumotlarni tushunadi va ayta oladi.
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish hamda tarixiy shaharlar va qadimiy obidalarni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni kuzatadi va tushunadi. A1+
suv omborlarini qurish va ulardan qanday maqsadda foydalanishni tushunadi va
ayta oladi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A1
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlaridagi joy va geografik obyekt nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A1+ o‘zi yashaydigan hudud joy nomlarini (shahar, tuman, mahalla) to‘g‘ri ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A1
Yer yuzasidagi materik va okeanlar, tog‘ va tekisliklarni, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan tog‘lar, tekisliklar, suv havzalarini aniqlab, ko‘rsata oladi. O‘zbekistonning ma’muriy xaritasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning joylashgan o‘rnini, tarixiy shaharlarini xaritadan aniqlab ko‘rsata oladi. A1+
xaritalardan foydalanib, o‘zi yashaydigan hudud (shahar, viloyat)ga tavsif bera oladi.

Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin