Unix(Linux) operatsion tizimining boshqa OT lardan farqi
Umuman olganda, barcha operatsion sistemalarni yettita band bo’yicha solishtirish mumkin.
Oson va tushunarli bo’lishi kerak ya’ni foydalanuvchi bilan do’stlasha olishi (User Friendly).
Sifatli va universal bo’lishi, har qanday apparat bilan ishlay olishi kerak.
Tuzatishlar kiritish imkoniyati oddiy va yetarlicha bo’lishi kerak.
Operatsion sistema ishonchli bo’lishi kerak.
Iloji boricha kam joy egallashi lozim.
Eksplutatsiya jarayonida aniqlangan muammolar o’sha vaqtda dasturchilar tomonidan hal etilishi kerak.
Katta dasturiy ta’minot bazasiga ega bo’lishi kerak.
UNIX operatsion sistemasini yuqoridagi bandlar bo’yicha solishtirib chiqamiz.
Barcha versiyalarni qoniqtiradi
Hamma apparaturalar bilan ishlay oladi.
O`zgartirishlar va tuztishlar kiritish mumkin.
Nafaqat stol kompyuterlari, balki serverlarda ham ishonchli ishlaydi.
Talabga javob beradi.
UNIX operatsion sistemalaridagi xatoliklar eksplutatsiya jarayonida to’g’irlash imkoni mavjuddir
30-yillik faoliyati davomida UNIX operatsion sistemalari juda katta dasturiy ta’minot bazasiga egadir..
Linux OT lar oilasi Windows dan farqli, ko'pgina tijorat firmalari hamda ochiq kod (Open Source) fikrini qo'llab quvatlovchi dasturchilar uyushmasi tomonidan rivojlantirilmoqda. Har qanday dasturiy ta'minot nafaqat bajariluvchi modullar, balki kodi ochiq tekst (masalan C/C++ tilida yozilgan) fayllar ko'rinishida bo'lishi mumkin.
1.4 Linux yadrosi haqida
Linux-Posix standarti asosida Linus Torvalds tomonidan 1991 yil C (gcc imkoniyatlari asosida) va Assembler(AT&T- GNU Assembler sintaksisi) dasturlash tillaridaida yozilgan. Linux operatsion sistemasi superkompyuterlar, serverlar va telefonlarning operatsion tizimlarida (m-n Android) ko’p ishlatiladi. Linux yadrosi ko’p masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lib, virtual xotira, dinamik kutubxonalar va tarmoq protakollarini qo’llab-quvatlaydi. Linux operatsion tizimi yadrosi ko’p masalalarga mo’ljallangan bo’lsada hozirgi kunda ushbu OTlarning sohalar bo’yicha keng arxitekturali turlari mavjud.
Oxirgi o`n yillik ichida zamonaviy OT ga qo`yiladigan talablar haqida tasavvurlar shakillanib bo`ldi. Bunda standart sifatida Windows tizimi olindi. Windows foydalanuvchiga sichqoncha bilan qulay ishlashi uchun grafikli interfeysni taqdim etadi. Oldingi versiyalardagi tekst interfeysli MS DOS
zamonaviy Windows tizimlarida deyarli ishlatilmaydi. Bundan tashqari Windows 9x ning grafikli interfeys qobig`i OT ning yadrosi bilan bevosita bog`liqdir. Undan oldingi Windows 3.11 tizimida avval MS DOS yuklanar edi va win commandasi bilan grafikli interfeys ishga tushirilar edi.
Linux OT da Windowsdan farqli ikki qism mavjud, bular:
Birinchi qismi – OT ning yadrosi. Uning tarkibidagi dasturlar turli xil qurilmalarni ishini mohiyatini yagona standartga keltiradi, bu esa amaliy dasturlarni kompyuterning ixtiyoriy qurilmasiga yagona standart bo`yicha murojaat etishni imkonini beradi. Shuni inobatga olish kerakki, Linux OT ning yadrosi barcha distributivlari uchun bir xildir. Faqatgina yadro vaqt o`tishi bilan dasturchilar tomonidan yangilanib boriladi, uning tarkibiga yangi qurilmalar bilan ishlash imkoniyatlari qo`shiladi, ammo ishlash jarayoni bir xil.
Ikkinchi qismi – foydalanuvchi bilan interfeysni yaratuvchi dasturlar. Odam yadro bilman bevosita emas, balki bilvosita, maxsus qulay interfeysni ta`minlovchi qobiq-dasturlar bilan muloqotda bo`ladi. Xattoki qobiq-dastur MS DOS ga o`xshash interfeys hamda Windowsga o`xshash interfeysga ega bo`lishi mumkin. Linux uchin qobiq-dasturlar judayam xilma-xil, qaysi birini tanlash foydalanuvchining ixtiyoriga xavola.
Noodatiy tuyulmasin, lekin har qanday OT ining bosh vazifasi – bu fayllar bilan ishlashi, negaki aynan fayllar axborotning bo`limas birligi hisoblanadi. Rasm chizamizmi, matn teramizmi, musiqa yaratamizmi, barchasi – fayllar bilan ishlashdir. Amaliy dasturlar esa fayllar bilan ishlash uchun sodda va qulay interfeysni ta`minlaydilar. Windowsda buning uchun Проводник dasturi mavjud, boshqa dastur yaratuvchilar Total Commander ni tavsiya qilishadi.
Linuxda ham fayllar bilan ishlashni osonlashtiradigan fayl menejerlari mavjud. Albatta bu dasturlarning interfeyslari Windowsnikiga o`xshab ketadi, negaki har qanday OT da fayllar ustida bir xil yaratish, nusxalash, tartiblash, o`chirish amallari bajariladi. Linuxdagi Midnight Commander Norton Commander ni deyarli to`liq nusxasi.
OT ni modullarga bo`lish yadroni faqatgina kerak bo`ladigan qurilmalar bilan ishlash imkonini yaratadi. Eski kompyuterda modullarni shunday tanlash mumkinki, xattoki tezkor kompyuterda bajariladigan vazifalarni bajarish mumkin
Dostları ilə paylaş: |