UNIX oilasi( FreeBSD, Macintosh OpenBSD, NetBSD... (Mac OS X...)
Linux oilasi (Debian, Ubuntu, Red Hat…) Android
Novell NetWare Solaris Keltirilgan ro’yhatini yana davom ettirish mumkin.
Operatsion sistemalarni turli xossalari bilan klassifikatsiya qilish mumkin. Ularni:
Pulli(Windows NT, Mac OS, Mac OS X) yoki tekin(Linux, FreeBSD, OpenBSD, NetBSD) operatsion sistemalar
Ochiq kodli operatsion sistemalar(Linux, FreeBSD, OpenBSD, NetBSD) yoki yopiq kodli operatsion sistemalar(Windows NT, UNIX, Mac OS X)
Bir platformali operatsion sistemalar yoki ko’pplatformali operatsion sistemalar(Macintosh, Sun, PowerPC).
Operatsion sistemalar ishlatish maqsadiga ko’ra bir xil turdagi masalalarni yoki ko’p turdagi masalalarni hal qiluvchi operatsion sistemalar
Mijozlarga xizmat qiluvchi, serverga xizmat qiluvchi yoki universal operatsion sistemalar
Operatsion sistemalar interfeyslari bilan ham farqlanadi, masalan grafik interfeysli yoki matn interfeysli operatsion sistemalar.
Hozirgi kunda dunyoda eng ko’p tarqalgan operatsion sistemalar bu Windows, Macintosh va UNIX deyish mumkin. Bu operatsion sistemalarning hozirgi kunda turli versiyalari mavjud.
Operatsion tizimlarni rivojlanish tarixi Operatsin tizimlarni rivojlanish tarixi 4 davrga bo’linadi.
Ikkinchi davr (1955-1965 yillar). 50 yil o’rtalariga kelib, Hammaga ma’lumki yangi texnik baza yarim o’tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod kompyuterlari ishonchliroq bo’lib qoldi, chunki ular amaliy muhim masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan imkoniyatga ega bo’ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar-dasturchilar, operatorlar, ekspluatastiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga ajraldilar.
Shu yillarda birinchi alogritmik tillar yuzaga keldi va natijada birinchi tizimli dasturlar-kompilyatorlar ham yaratildi. Prostessor vaqti qiymati (narxi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni talab qildi.
Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi va shu bilan birga prostessor yuklanish koeffistienti oshdi.