2-masala. Do‘konda kun davomida 24 ta bolalar velosipedi va undan 10 ta kam kattalar velosipedi sotildi.
1 – masala Do'konga 59 ta ikki g'ildirakli velosiped olib kelindi. Uch g'ildirakli velosiped 29 ta bo`lsa, uch g'ildirakli velosipeddan nechta olib kelingan?
Kattalar velosipedi bolalar velosipediga qaraganda nechta kam sotildi? Bolalar velosipedi kattalar velosipediga qaraganda nechta ko‘p sotilgan?
yyyy
3-masala.Kutubxonada 18 ta «Bilimdon» jurnali bor edi. Kutubxonachi bir nechta jurnalni o‘quvchilarga o‘qish uchun tarqatgandan keyin 8 ta jurnal qoldi. Kutubxonachi nechta jurnal tarqatgan?
4- masala Bor edi - 38 kg bodring
Tuzlandi - 30 kg bodring
Qoldi - ? kg bodring
5-masala. Yosh tabiatshunoslar issiqxonaga sayohatga bordilar. O'quvchilar issiqxonaga kirib, limonlarning g'arq pishganini ko'rib, quvondilar. Tabiatshunoslar limonlarni uzib, yashiklarga joylashga yordam berib yuborishlari uchun 3-masalaning yechimini topishlari kerak edi.
3 sinf 1-masala. Sayyohlar Toshkentdan Navoiy shahriga bo rish
uchun 6 soat yo‘l yurishdi. Ular jami 480 km masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, 1 soatda o‘rtacha necha km yo‘l yurishgan?
2-masala. San’at muzeyiga uyushtirilgan ekskursiyada 350 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Unda jami 180 nafari o‘g‘il bola qatnashgan bo‘lsa, ekskursiyaga necha nafar qiz tashrif buyurgan?
3-masala. 12 qavatli binoning har bir qavatida 24 tadan xonadon bor. 16 qavatli binoning har bir qavatida esa 18 tadan xonadon bor. Qaysi binoda xonadonlar soni ko‘p?
4 – masala. Birinchi maktabga 446 ta darslik va 164 ta badiiy kitob keltirildi. Ikkinchi maktabga undan 2 marta ortiq kitob keltirildi. Ikkinchi maktabga nechta kitob keltirilgan? Masala yechimini topishga doir algoritm to‘g‘ri ko‘rsatilgan chizmani toping.
5 – masala. Vertolyot 100 km masofaga 20 litr yoqilg‘i sarflaydi. U 225 km masofaga borib kelishi uchun qancha yoqilg‘i sarflaydi?
4 sinf 1-masala doskada bajariladi. Bu o‘rinda o‘quv qurollarining qanday saqlanishi haqida tushuncha beriladi.
Do‘konda 200 ta katakli va ulardan 3 marta ko‘p bir chiziqli daftar bor. Do‘konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor?
2-masala. Tanlovga 48 ta oq-qora tasvirli va undan 4 marta kam rangli fotosuratlar yuborildi. Tanlovga hammasi bolib nechta fotosurat yuborilgan?
3 masala 3 ta bir xil tugmacha uchun 120 so‘m to‘landi. 100 ta shunday tugmacha uchun necha so‘m to‘lash kerak?
4-masalaQulay usul bilan hisoblang? 3+91+9+97=
5-masala. Tenglamani yeching? x+240=360