2-masala Talabning chiziqli funktsiyasi Qd=28-3P ko‘rinishga ega. Talab miqdori Qd=16 bo‘lganda, talab elastigligi koeffitsienti nechaga teng bo’ladi? 3-masala



Yüklə 329,84 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü329,84 Kb.
#166727
  1   2   3   4   5   6
Микро ЖН масалалар


1-masala
“Nozima” savdo do‘konida radiopryomniklar narxi 15 400 so‘m bo‘lib belgilangan va savdo do‘konining yonida xuddi shunday tovarlar bilan savdo qiluvchi do‘kon mavjudligi tufayli u 1 oyda 15 ta radiopryomnik sotar edi.
Raqobatga chiday olmagan qo‘shni do‘kon o‘z do‘konini yopib, boshqa joyga ko‘chirdi. “Nozima” savdo do‘koni yana yolg‘iz savdo qilishga o‘tdi va mahsulot narxini 600 so‘mga ko‘paytirib, taklif miqdorini 15 tadan 22 tagacha ko‘paytirdi.

  1. “Nozima” savdo do‘konining taklif chizig‘ini chizing.

  2. “Nozima” savdo do‘koni soliqlar oshishi tufayli o‘z tovar taklifi miqdorini 15 tadan 17 taga kamaytirib, radiopryomniklar narxini 15600 so‘mga tushirsa, taklif chizig‘i va muvozanat miqdor qanday o‘zgaradi?



2-masala
Talabning chiziqli funktsiyasi Qd=28-3P ko‘rinishga ega. Talab miqdori Qd=16 bo‘lganda, talab elastigligi koeffitsienti nechaga teng bo’ladi?


3-masala
Taklif chiziqli funktsiyasi berilgan bo‘lsin. Qs=-30+3*R
Daromad –R=120 bo‘lganda, taklifning narxga bog‘liq elastiklik koeffitsentini aniqlang.
4-masala
1981-yilda AQShda bug‘doy bozori quyidagi talab va taklif funktsiyalari bilan ifodalangan:
Qd=4077–266*P Qs=1800+240*P
P-bug‘doy narxi
Q-bug‘doy hajmi
Bug‘doyga bo‘lgan ichki talab funktsiyasini quyidagicha bo‘lgan: Qd=1000-46*P
Tashqi bozorda bug‘doyga bo‘lgan talab 40%ga qisqardi:

  1. Tashqi bozorda talabni qisqarishi firmalar daromadiga qanday ta’sir qiladi.

  2. Davlat 1 bushel uchun 3 dollar ortiqcha qilib belgiladi va boshqa ortiqcha bo‘g‘doyni sotib oldi. Davlat qancha summa, qancha miqdora bug‘doy sotib oladi.

  3. Davlat ortiqcha bo‘g‘doyni sotib olmadi deylik va u bug‘doyni 1 bushelini 3 dollardan narxda sotishga ruxsat bermasa chayqov bozori vujudga keladimi. Chayqov bozorida 1 bushel bug‘doyni narxi qanday bo‘ladi.


5-masala
Biror A tovarning talab va taklif funktsiyasi quyidagicha:
Qd=600-100P
Qs=150+50P

  1. A tovar bozordagi muvozanat holat

  2. davlat A tovarning har bir donasi uchun 1.5 so‘m soliq belgiladi. Ushbu tovar uchun sotuvchi va xaridor qanchadan yo‘qotishlari aniqlansin.



6-masala
Erga talab quyidagi funktsiya orqali berilgan Q=200*4R
Q-foydalangan yer
R-renta % (1ga 1000 so‘m)
Agar yer hajmi 100 ga bo‘lsa muvozanat yer qancha bo‘ladi. Bank %stavkasi 1,25% bo‘lsa, 1ga yerning narxi necha so‘m bo‘ladi?
Agar davlat maksimal rentasi 1ga uchun 20000 so‘m qilib belgilasa, ushbu siyosat natijasida yer egasini sof iqtisodiy rentasi qanday o‘zgaradi?

Yüklə 329,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin