2-Mavzu : Suv sarfini o‘lchash asboblari Elektron va elektromagnit saqlagichlar, rostlagichlar, taqsimlagichlar Reja



Yüklə 245,99 Kb.
səhifə4/5
tarix19.06.2023
ölçüsü245,99 Kb.
#132306
1   2   3   4   5
2-Mavzu Suv sarfini o‘lchash asboblari Elektron va elektromagn

Suyuqliklar miqdorini o‘lchash
Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan schyot- chiklar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn schyotchiklariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik schyotchiklari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm schyotchiklaridan foydalaniladi.
V aqt oralig‘i t -t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi schyotchik deb ataladi. Schyotchiklar o‘z funksiyasini quyidagi formulaga muvofiq bajaradi:

bu yerda Q - vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda mikdori; g - vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi.


Hajm schyotchiklari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik schyotchiklari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala schyotchik ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma'lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan davrning boshlanishi va oxiridagi schyotchik ko‘rsatishini belgilash kerak. Schyotchik ko‘rsatishlarining farqi shu davr ichida asbobdan o‘tgan moda miqdoriga teng bo‘ladi. Hajm hisoblagichining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga - porsiya (doza) larga bo‘linib sarlanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm schyotchiklari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir.
Tuzilishiga ko‘ra hajm schyotchiklari ovalsimon shesternyali, rotatsion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shester- nyali va porshenli schyotchiklar keng qo‘llaniladi. 13-rasmda ovalsimon shesternyali schyotchikning prinsipial sxemasi ko‘r- satilgan.

13-rasm Ovalsimon shesternyali schyotchikning prinsipial sxemasi

Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga


schyotchik o‘lchov kamerasining hajmi yig‘disiga teng bo‘lgan to‘rtta ma'lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Schyotchikdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. 1 holatda (13-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakti yo‘nalishida aylantiradi, So‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni schyotchikning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylan- tiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta'sir qiladi. III holatda chap shesternya yetaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqa- radi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa, 2-hajmni schyotchikka kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib, o‘ng shesternya yana yetaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali su- yuqlik schyotchiklari 0,8...36 m3/soat diapazondagi o‘l- chashlarni ta'minlaydi. Shar- tli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosimi 1,57 MPa (16 kgk/ sm2). Schyotchik o‘rnatilishi- dagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).


Yüklə 245,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin