Demografik
jarayonlarni qayd etish, birinchi navbatda, ma’lum hodisaning
huquqiy oqibatlari bilan bog'liq. Shu bois, u mamlakatning barcha aholisi uchun
majburiy hisoblanadi.
Demografik jarayonlarni qayd etish muddatlari
va tartibi har bir
mamlakatning tegishii qonunlarida belgilanadi. Tug‘ilishni qayd etish bolaning
tug'ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsni
tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O'lik tug'ilgan bolalar uch
sutkadan kech bo'lmagan muddatda qayd etiladi. Tirik tug'ilish holati Butunjahon
Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan foydalangan holda qayd etilib, unda
homiladorlik davomiyligidan qat’iy nazar homilani ona organizmidan to'liq
chiqarib
olinishi, bundan keyin go'dakning nafas olishi yoki hayotning boshqa
belgilarini namoyon etishi: yurak urishi, kindikning pulsga ko'ra tebranishi,
mushaklarning xolis harakati nazarda tutiladi. Bunday tug'ilishning har bir mahsuli
tirik tug'ilgan bola sifatida qabul qilinadi. 0‘lik tug'ilish - bu homiladorlik
muddatidan qat’iy nazar ona organizmidan homilani to'liq
chiqarib olish, unda
nafas olish yoki hayotning boshqa belgilarining yo'qligidir.
O'limni qayd etish marhumning yashash joyi yoki o'lim sodir bo'lgan joydagi
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan
o'limni qayd etish mazkur qarorni chiqargan sud joylashgan fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Hayotining birinchi
haftasi davomida o'lgan bolalaming tug'ilganligi va o'limi tibbiy muassasa
joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.
O'limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan
marhumni dafn etish taqiqlanadi.
O'limni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga
o'lim haqida tibbiy ma’lumotnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon
qilish haqidagi hal qiluv qarori,
shuningdek, marhumning shaxsini tasdiqlovchi
hujjatlar taqdim etiladi.
Nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslaming birining yashash joyidagi
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd
etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to'g'risida ariza beradilar. Nikohga kirishni
Xohlovchilar ariza berish chog'ida o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni,
ilgari
nikohda bo'lgan shaxslar esa avvalgi nikoh tugatilganlig* haqida hujjatlarni ham
taqdim etishi lozim.
Ajralishni qayd etish ham fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari
orqali amalga oshiriladi. Er-xotinning o'zaro roziligi bo'lganda nikohdan ajralishda
ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan
arizalarida o'rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo'qligini
tasdiqlashlari shart.
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat
o'tgach qayd etiladi.
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasida
demografik jarayonlarni
(tug’ilish, o'lim, nikoh va ajralish) joriy qayd etish fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organlari orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: