2 mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix01.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#170843
  1   2   3   4   5   6   7
5 tarix (4)



2-
 
mavzu.Amir Temur davlatining tashkil topishi. 
 
Reja 
1.
Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi 
2.
Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi 
3.
Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson 
Tayanch so‘z va iboralar. 
Siyosiy tarix, siyosiy tarqoqchilik, Hoji Barlos, Kesh 
viloyati, Tug‘luq Temur, Amir Husayn, “Loy jangi”, Sarbadorlar, Mavlonzoda, Konigil 
voqeasi, davlat boshqaruvi, qurultoy, qonuniy hukmdor, sufiylar, harbiy yurishlar, 
Anqara jangi, siyosiy boshqaruv tajribalari, ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari, 
yagona siyosiy tartib, Pirmuhammad, Halil Sulton, Jahongir Mirzo, Ulug‘bek, SHohrux 
Mirzo. 
O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davridagi yangi bosqichi buyuk 
sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir nomi bilan bog‘liqdir. Amir 
Temur 1336 yil 8 aprelda (hijriy 376yil, sha’bon oyining 25 kunida) Kesh tumaniga 
qarashli Xo‘ja Ilg‘or (hoz. Qashqadaryo viloyati, YAkkabog‘ tumani) qishlog‘ida barlos 
beklaridan biri Amir Tarag‘ay Bahodir ibn Barqal oilasida dunyoga 


keldi. Temurning bolaligi va o‘spirinlik yillari Kesh va uning atroflarida o‘tib, mahalliy 
amirlar, no‘yonlar va beklarning o‘zaro urushlari, nizolariga to‘g‘ri keldi. 
Ma’lumki, XIV asrning 40-yillariga kelib Chig‘atoy davlati parchalanib, 
davlatning Sharq iy qismi-Sharq iy Turkiston va Ettisuvni o‘z ichiga olgan Mug‘uliston 
davlati tashkil topadi. Chig‘atoy ulusida nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon 
(1336-1347yy.) o‘limidan keyin davlat hududlari parchalinish, iqtisodiy vayronlik sari 
yuz tutib, Amir Qozog‘on (1347-1357yy.) davrida bu jarayon yanada avj oladi. 1348 
yilda Chig‘atoy avlodlaridan bo‘lgan Tug‘luq Temur Mug‘uliston taxtiga o‘tiradi. U 
Chig‘atoy ulusidagi siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib 
olish maqsadida bu hududlarga bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi. Xususan 
Tug‘luq Temur 1360 yilda Kesh viloyatini bosib oladi. bu viloyatning hokimi bo‘lgan 
Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Manbalarning ma’lumot 
berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday 
murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz 
begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) 
xizmatiga borsam.” 
Amir Temur merosiy yurtni qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur 
ishonchini qozonib (Amir Hoji Sayfiddin yordamida) uning xizmatiga o‘tadi va Kesh 
viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Ammo, Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani 
Movarounnahrning hokimi etib tayinlangach Amir Temur unga xizmat qilishdan bosh 
tortib, Balx hokimi, Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. 
O‘sha davrdagi vaziyat taqozosi bilan Temur Movarounnahrni tark etishga majbur 
bo‘lib, Husayn bilan ittifoq tuzgan edi. 1361-1370 yillar davomida Amir Temur va Amir 
Husayn dastlab do‘stona, keyin esa dushmanchilik munosabatda bo‘ldilar. 
1363 yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach Ilyosxo‘ja 
Movarounnahrdan haydaladi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan 
yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 1365 yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo 
tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini 
jangga tayyorlaydilar. Birlashgan kuchlar va Tug‘luq Temur qo‘shinlari o‘rtasidagi jang 
1365 yil 22 mayda CHinoz va Toshkent oralig‘ida qattiq yog‘ingarchilik paytida bo‘ladi 
va tarixda “Loy jangi” (“Jangi loy”) nomini oladi. Bu jangda Temur va Husayn kelishib 
harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. 
Ayrim manbalar bu mag‘lubiyatning sababini Amir Husaynning sust va mayoqsizlik 
bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o‘zi esa bu kabi holatlarni Husaynning 
hasadgo‘yligida deb biladi. Xususan “Temur tuzuklari”da Amir Temur va Amir 
Husaynning do‘stona munosabatlarini buzilishiga Husaynning molparastligi va 
hasadchiligi sabab bo‘lganligi ta’kidlanadi. “Amir Husayn bilan murosayu-madora 
qilishga shunchalik intildimki, hatto uning amirlariga ham bu ta’sir etib, menga 
bo‘ysundilar.” 


Sarbadarlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda (Afg‘onistonning 
shimoli-g‘arbi, Marv vohasi va Eronning shimoli-Sharq iy qismi) paydo bo‘lib, bu 
hududlardagi mug‘ullar hukmronligi barham beradilar va markazi Sabzavor shahri 
bo‘lgan Sarbadorlar davlatiga (1337-1381 yy.) asos soladilar Sarbadorlar harakati XIV 
asrning 50-60-yillarida ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida Movarounnahrga ham yoyiladi 
va uning markazi Samarqand edi. Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa 
toliblari, shayxlar, umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy 
maqsadi mug‘ul istilochilari va zulm o‘tqazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash 
edi. 
Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur Ilyosxo‘janing mag‘lubiyati haqidagi 
xabarni Amir Husaynga etkazadi va ular 1366 yilning bahorida Samarqandga etib 
keladilar. Samarqand atrofidagi Konigil mavzeida qo‘zg‘olon rahbarlari bilan uchrashuv 
bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynning buyrug‘i bilan bu erda sarbadorlarning boshliqlari va 
aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. Temurning aralashuvi bilan faqat Mavlanzoda 
omon qoldirilib, Xurosonga jo‘natiladi. Mu’iniddin Natanziy ma’lumotlariga 
asoslangan A. Ziyoning fikricha, sarbadorlar g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar 
Mavlonzoda itoatiga o‘tib “uni imom va amir (sifatida) qabul qilganlar”. YA’ni, 
Samarqandda ham diniy, ham siysiy hokimiyat Mavlonzoda qo‘liga o‘tgan. Uning bu 
“imomligi va amirligi” Samarqandning o‘zida deyarli bir yil davom etgan. SHu bois 
ham Amir Husayn sarbadorlar harakatining boshliqlari va faollarini omon qoldirmasligi 
aniq edi. Amir Husayn uchun o‘z siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va mavridi kelsa 
ulardan qutulish siyosati nechog‘lik muhim bo‘lganini Konigil voqeasidan so‘ng yuz 
bergan jarayon orqali ham bilib olish mumkin. 
1366-1370 yillar Amir Temur va Amir Husayn o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, 
bu kurash Husayinning o‘ldirilishi bilan yakun topdi. 1370 yil 9 aprel chorshanba kuni 
o‘z davrining nufuzli amirlaridan bo‘lgan SHayx Muxammad suldo‘z, Kayxisrav 
Xuttaloniy, O‘ljoytu apardi, Dovud dug‘lot, Sarbug‘o jaloyir, Joku barlos, Muayyad 
dug‘lot, Badaxshon hokimi SHayx Muxammad, Husayn bahodir, Sayyid Baraka, 
termezlik aka-uka sayyidlar Abu Maoliy va Ali Akbar kabilar huzurida Amir Tumr 
hokimiyati tan olindi. Movarounnahrning amaldagi xonligi CHingizxon avlodiga 
mansub bo‘lgan Suyurg‘atmish qo‘liga o‘tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa 
Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temur qo‘lida qoldi. Temur Kesh shahridan 
Samarqandga ko‘chib, uni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Zero, “Boburnoma” da 
ma’lumot berilishicha, “Mug‘ul va turk ulusi uni Semizkand derlar. Temurbek poytaxt 
qilur edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilgan 
emastur”. 
Temur davlatiningbarpo etilishi . Amir Tumur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli 
bir asrlik bosh boshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib o‘rnatish 
oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib, mamlakat qudratini 


mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur o‘ziga mustahkam tayanch barpo 
etish maqsadida dastlab barlos qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. CHunki 
bunday ishonchli gvardiya ayniqsa uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi. 
SHuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa-da, ammo 
mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish nihoyatda og‘ir edi. Zero, 
mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega 
bo‘lgan amirlar avval boshda uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalar-da, ular bilan 
Amir Temur o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi 
bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p jihatdan bog‘liq 
edi. Aynan shuning uchun ham 1370 yilning o‘rtalarida Samarqandda o‘tkazilgan 
qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, 
ularga har birining mavqei va martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, 
tuman, shahar) taqsimlab beradi, katta-katta sovg‘alar ulashadi. Bu haqda 
Sohibqironning “Tuzuklarida” shunday deyiladi: “Bulardan mol-dunyoga hirs qo‘ygan 
ochqo‘z va ta’magirlariga mol-ashyo va’da qildim, mansab-martabaga va 
mamlakatlarni boshqarishga ko‘z tikkan amalparastlarga qo‘lim ostidagi mamlakat va 
viloyatlardan birining hokimligini berdim”. 
Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida mamlakat 
hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga dabdurustdan harbiy yurishlar 
qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi. SHu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo 
oralig‘idagi erlarni, Farg‘ona, SHosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritishda unchalik 
qiynalmadi. Ammo, Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o‘sha davrdagi 
hukmdorlari (Husayn So‘fi, YUsuf So‘fi) Oltin O‘rda ta’sirida bo‘lib, elchilar 
jo‘natilganligiga qaramay bir necha yil Amir Temur hokimiyatnini tan olmadilar. 
SHuning uchun ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 
1379, 1388 yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. 1388 yildan so‘ng Xorazm Amir 
Temur davlati tarkibiga kirgan. 
Amir Temurning harbiy yurishlari 1386 yildan boshlab “uch yillik”, 1392 yildan 
“besh yillik”, 1399 yildan “etti yillik” urushlar nomini olagn. XIV asrning 80-yillari 
o‘rtalariga kelib butun Xuroson Sohibqiron ixtiyoriga o‘tadi. “Uch yillik” urush davrida 
Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni bo‘ysundiradi. SHundan keiyn 
u Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi. 
1387-1388 yillarda Xorazmga davogar bo‘lgan Oltin O‘rda xoni To‘xtamish Amir 
Temurning yo‘qligidan foydalanib Movarounnahrga harbiy yurishlar uyushtiradi. 1388 
yilning yanvarida Amir Temurning qaytishidan xabardor bo‘lgan dushmanlar chekina 
boshlaydilar. Amir Temurdan topshiriq olgan amirlar, Husayn, SHayx Ali Bahodir va 
boshqalar dushmanni Sirdaryo bo‘yidagi Sarisuv degan joyda quvib etib, unga katta 
talofat etkazdilar. 1388 yilning oxiridagi yana bir to‘qnashuv (Sagaron, Kattaqo‘rg‘on 
atroflarida) To‘xtamishning mag‘lubiyati va qochib ketishi bilan yakunlandi. 1395 


yilning bahorida Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yida To‘xtamish va Amir Temur 
qo‘shinlari yana to‘qnashdilar. Bu jangda To‘xtamish qattiq mag‘lubiyatga uchradi, 
poytaxt Saroy Berka ishg‘ol etildi va Oltin O‘rdaning qudratiga qattiq zarba berildi. 
Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning 
boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borgan. Xorazm, Xuroson, 
Eron, Hindiston yurishlari bunga misol bo‘la oladi. Ma’lumki, Sohibqiron hokimiyat 
tepasiga kelgan davrda Eron va Xurosonda ham bir nechta kichik davlatlar mavjud 
bo‘lib, oddiy xalq va savdogarlar ulardan ko‘p jabr ko‘rar edilar. Amir Temur 1380 
yildan boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur, Sabzavor shaharlari unga 
jangsiz taslim bo‘ladilar. 
Sohibqiron Ozaybarjonga bir necha bor hujum qilib 1387 yilda uni egallashga 
muvaffaq bo‘ladi. 1392 yilda Armaniston va Gruziya Amir Temur izmiga o‘tadi. 
SHimoliy Hindiston va Kashmir musulmonlari qaroqchilardan aziyat chekayotganligi 
bois Temur Hindistonga ham yurish qilib, 1399 yil martida bu hududlarni ham egallaydi. 
1400 yilda Amir Temur qo‘shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni bilan kurash 
olib borib, o‘sha yili Misrsultoni Farajni tor-mor etdi. 1402 yilda Amir Temur Anqara 
yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to‘qnashdi va uni tor-mor etdi. Temurning bu 
g‘alabasi ayniqsa evropaliklarda katta taasurot qoldirgan edi. Misol uchun, Boyazid 
ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba munosabati bilan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya 
qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori Temurga o‘z tabriknomalarini yuborganliklari 
manbalarda ma’lum. CHunki, tadqiqotchilar tili bilan aytganda, Evropaga ulkan xavf 
solib turgan Boyazid boshchiligidagi usmoniylar imperiyasiga berilgan zarba uchun 
endigina uyg‘onayotgan butun Evropa Amir Temurdan minnatdor edi. 
1404 yilning may oyida Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi 
va Xitoyga bo‘ladigan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 1404 yilda qahraton 
qishda Temurning 200minglik qo‘shini Samarqanddan Xitoy yurishiga chiqadi. O‘sha 
yili qish O‘rta Osiyo tarixidagi eng qahraton qishlardan bo‘lgan edi. Sirdaryoning suvi 
bir metrga muzlagan, askarlardan ko‘pining qo‘l-oyoqlarini, quloq- burunlarini sovuq 
olgan edi. Amir Temurning o‘zi ham ko‘p o‘tmay shamollab qoladi. 1405 yil yanvar 
oyining o‘rtalarida O‘trorga to‘xtashga qaror qilishadi va bu erda 18 fevral kuni buyuk 
jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etadi. 
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar olib boradi. Ushbu yurishlar 
natijasida ulkan saltanat barpo etildiki, uning tarkibiga Movarounnahr va uning 
atrofidagi viloyatlar, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, 
Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G‘arbiy Osiyoning bir qator 
davlatlari kirgan. Amir Temurning ulkan davlat barpo etishdagi faoliyati uning maqsad 
va rejalariga ko‘ra ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 1360-1386 yillarni o‘z 
ichiga olib, bu davrda Sohibqiron Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlat 


barpo etishga erishadi. Ikkinchi bosvich 1387-1404 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda 
Amir Temur mamlakat qudratini mustahkamlash payida bo‘ldi. 
Sohibqiron Amir Temur vafotidan oldin o‘z taxtining vorisini tayinlab, 
avlodlariyu a’yonlarini unga sodiq hizmat qilishga chaqirgan edi. Bu haqda Sohibqiron 
tilidan manbada quyidagicha malumot beriladi: “... shu kundan e’tiboran farzandimiz 
Pir Muhammad (ibn) Jahongirni o‘zimizga valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladikkim, 
Samarqand taxti uning amri farmonida bo‘lg‘ay, tamkinlik va istiqlol bilan mulku millat, 
lashkar va raiyyatning muhim yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lsin, sizlar esa unga tobelik 
va bo‘ysunish marosimini o‘rniga qo‘yinglar, birgalikda uni qo‘llab-quvvatlanglar, toki 
olam buzilmasin...” 
Ammo, amalda ahvol boshqacha edi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat 
(jami o‘z ichiga 27ta davlat va viloyatlarni jam etgan) garchi u hayotlik paytida uning 
mahorati va kuch-qudrati bilan mustahkam turgan bo‘lsa-da, Temur vafot etishi bilanoq 
ichki jihatdan siyosiy zaif va umumiqtisodiy asoslarga ega emasligi sezilib qoldi. Bu 
holat, o‘g‘illar va nabiralarga mamlakatni qism-qismlarga bo‘lib berilganligi hamda 
suyurg‘ol tartibining mavjudligi davlat parokandaligini kuchaytirishi (ko‘plab o‘rta 
asrlar davlatlarda bo‘lgani kabi) bilan izohlanadi. CHunonchi, Temurning jasadi 
Samarqandda dafn etilishi va motam marosimlari tugamasdanoq, shahzodalar o‘rtasida 
toj-taxt uchun o‘zaro kurash boshlanib ketdi. 
O‘sha vaqtdagi Qobul va SHimoliy Hind mulklarining hukmdori bo‘lgan 
Pirmuhammadni taxtga o‘tkazish tarafdorlari ko‘p bo‘lsa-da, Mironshoh Mirzoning 
o‘g‘li, Toshkent, Sayram, Turkiston erlarining hokimi Xalil Sulton 1405 yilning 18 
martida o‘zining ming chog‘li askari bilan shoshilinch tarzda Samarqand taxtini 
egallaydi. Xalil Sulton boshqa bir temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzo 
(Temurning ikkinchi o‘g‘li bo‘lmish Jahongir Mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton 
Mirzoning o‘g‘li)ni xon deb ko‘taradi va uning nomidan xutba o‘qitib, tanga zarb 
ettiradi. Xalil Sulton vaqtincha Temurdan qolgan xazinalar evaziga Sohibqironning 
nufuzli a’yon va kiborlari, ayrim amirlarini ma’lum qmsmini o‘z tomoniga og‘dirib, 
Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘p o‘tmasdan kuchli 
norozilik va isyonlarga duch keladi. 
Avvalo, Temurning kenja o‘g‘li SHohruh Mirzo Hirotda o‘z nomiga xutba 
o‘qitib, tanga zarb etishni joriy qildi. SHundan so‘ng Turkiston hokimi SHayx Nuriddin 
va Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Bu 
isyonga O‘tror hokimi Berdibek ham qo‘shiladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton 
Husayn Amudaryo bo‘ylarida o‘z akasiga qarshi bosh ko‘taradi. Temur taxtining asosiy 
valiahdi bo‘lgan Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi 
Nasafga qo‘shin tortadi. Xalil Sultonni Iroq tomondan otasi Mironshoh Mirzo qo‘llab-
quvvatlab turgan bo‘lishiga qaramay, unga qarshi nizolar kuchayib bordi. Natijada 
1405 yilning oxirlariga kelib Xurosonda SHohrux Mirzo, 


Balx, G‘azna va Qandahorda Pirmuhammad Mirzo, G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda 
Mironshoh Mirzoning o‘g‘illari Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutlaq 
bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sarbon, O‘tror, 
Sayram Amir Berdibek tasarrufida qoladi. O‘ratepa bilan Farg‘onani Amir Xudoydod 
egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O‘rdaning taniqli sarkardalaridan biri Amir Idiku 
O‘zbek ishg‘ol etadi. 
Movarounnahr hokimi Xalil Sultonning o‘z holicha ish tutishi, temuriy 
zodagonlar va amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan naqshbandiya 
tariqatining taniqli shayxi Muhammad Porsoning tahqirlanishi natijasida Xalil Sultonga 
nisbatan noroziliklar kuchayib bordi. Undan tashqari, o‘zaro urush va fitnalar 
shahzodalarning halokati bilan yakun topa boshladi. Xususan, taxt vorisi Pirmuhammad 
1407 yil 22 fevralda o‘zining vaziri Pir Ali Toz tomonidan suiqasd natijasida o‘ldiriladi 
(Pir Ali Toz keyinroq Hirotda SHohruh tomonidan qatl etiladi).1408 yil 22 aprelda 
Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qorayusuf bilan bo‘lgan jangda 
Mironshoh o‘ldiriladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan chiqadi. 
1405-1408 yillarda SHohruh Mirzo Xalil Sultondan Samarqand taxtini tortib 
olishga harakat qilgan bo‘lsa-da, buning uddasidan chiqa olmadi. Balx, Seyiston, 
Xuroson va Ozarbayjonda temuriy shahzodalar va ayrim nufuzli amirlarning birin- ketin 
ko‘tarilib turgan g‘alayonlari bunga jiddiy to‘sqinlik qilar edi, 1409 yilning boshlarida 
Movarounnahrda ham siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Bu vaqtda Amir Xudoydod 
Xalil Sultonni Samarqand yaqinidagi SHeroz qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning 
o‘zini asirlikka oladi. Xuroson hokimi SHohruh esa Mozandaron, Mashhad, Seyiston va 
Kirmondagi g‘alayonlarni bostirib, bu viloyatlarda osoyishtalik o‘rnatadi. So‘ngra butun 
e’tiborini Movarounnahrga qaratadi va 1409 yil 25 aprelda Amudaryodan o‘tib, 
Samarqandga qo‘shin tortadi. Bu jangda Xalil Sultonni asir olgan Amir Sulton 
qo‘shinlari tor-mor etilib, Xalil Sulton asirlikdan ozod qilinadi hamda Ray 
viloyatining (Eronda) hokimligiga tayinlanib 1411 yilda vafot etadi. 
1409 yilning oxiriga qadar Movarounnahrda tinchlik va isoyishtalik o‘rnatib, 
Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga keskin choralar ko‘radi, izdan 
chiqqan xo‘jalik hayotini, savdo-sotiqni tiklaydi, SHohruh Mirzo temuriylar davlatining 
oliy hukmdori sifatida e’tirof etilib, uning deyarli 40 yillik (1409-1447yy.) barqaror 
hukmronlik davri boshlanadi. Temur vafotidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida davom 
etgan taxt va hududlar uchun o‘zaro urushlar hamda isyonlar mamlakat aholisining 
iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir qilib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi. 
SHu bois, SHohruh Mirzo oddiy xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tabiiy edi. Aynan 
shuning uchun ham SHohruh Amir Temur hukmronligi ostida bo‘lgan hududlarda o‘z 
hokimiyatini o‘rnatishga hamda mamlakatda doimiy tinchlik va osoyishtalik 
o‘rnatishga jiddiy harakat qiladi. 


Shohruh Mirzo Temurdan so‘ng tiklagan davlatda Movarounnahr mulklarining 
alohida o‘rni bor edi. Davlatning markaziy poytaxti Hirot shahri hisoblansa. 
Movarounnahrning markazi Temurning poytaxti qadimiy Samarqand shahri edi. 1409 
yil Movarounnahr Xalil Sultondan olinganidan so‘ng Shohruh o‘g‘li Muhammad 
Tarag‘ay Ulug‘bek Mirzoni (1394-1447yy) Movarounnahr hukmdori etib tayinlaydi. Bu 
paytda 15 yoshdabo‘lgan Ulug‘bek davlat boshqaruv ishlari uchun yosh ekanligi 
hisobga olinib, taniqli amir Muboriziddin Shohmalik unga otaliq etib tayinlanib, 
boshqaruv ishlari amalda otaliqning qo‘lida mujassamlashadi. 1411 yilda Shohmalik 
Shohruh bilan Hirotga ketgach, Ulug‘bek Mirzo Movarounnahrning “ yagona va 
qonuniy sultoni” sifatida taxtni boshqara boshlaydi. 
Xurosonda Shohruh Mirzo, Movarounnahrda Ulug‘bek Mirzo o‘z siyosatlarining 
ustuvor yo‘nalishlari etib, avvalo mamlakat hududlarini kengaytirish hamda markaziy 
hokimiyatni mustahkamlash deb bildilar va shunga mos siyosat olib bordilar. Avvalo, 
Mirzo Ulug‘bek haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u o‘z hokimiyati sarhadlarini 
kengaytirish maqsadida, 1414-1415 yillarda Farg‘ona hududlarini amakivachchasi 
Amirak Ahmaddan tortib oladi. 1416 yilda Qashg‘ar hokimi Shayx Ali To‘g‘ay 
Ulug‘bek hokimiyatini tan oladi. SHimoldagi chegaralar daxlsizligini ta’minlash 
maqsadida Ulug‘bek 1424 yil kech ko‘zida Mug‘ulistonga qo‘shin tortadi va 1425 yil 
erta bahorda CHu daryosidan o‘tib Issiqko‘l yaqinida mug‘ullarni tor-mor keltiradi. 
1427 yilning boshida Ulug‘bek Dashti Qipchoqqa harbiy yurish qiladi va mag‘lubiyatga 
uchraydi. SHundan so‘ng u yigirma yil mobaynida o‘zi bosh bo‘lib harbiy yurishlarni 
amalga oshirmadi. Otasining vafotiga qadar (1447y.) Mirzo Ulug‘bek hukmdor 
sifatidagi faoliyatini mamlakatning iqtisodiy va ayniqsa, madaniy hayotiga qaratdi. U 
Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. 
CHunki u, islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlikni birgalikda olib borgan edi. 
Uning davrida Samarqand, Buxoro, Kesh (SHahrisabz) ilm- fan va madaniyat markaziga 
aylandi. 
Xuroson hukmdori Shohruh Mirzo 1413 yil Eroni o‘z qo‘l ostiga olib, o‘sha yili 
Xorazmni Oltin O‘rda xonlari ixtiyoridan tortib oladi. Ammo, Shohruh hukmronlik 
qilgan hududlarda toj-taxt uchun nizolar zimdan bo‘lib turar edi va Shohruh keksayishi 
bilan bu nizolar yanada faollasha boshlaydi. Misol uchun, Shohruhning xotini 
Gavharshodbegim nevarasi Alouddavlani taxt vorisi bo‘lishi tarafdori bo‘lsa, 
Shohruhning yana bir o‘g‘li Muhammad Jo‘ki (1402-1444 yy.) ham taxtga da’vogar edi. 
Undan tashqari, Fors va Iroqi Ajamda SHohruhning nabirasi Sulton Muhammad 1446 
yilda bobosiga qarshi isyon ko‘tarib Hamadon va Isfahonni bosib oladi. SHohruh bu 
isyonni bostirgan bo‘lsa-da, 1447 yil 12 martda xastalanib Ray shahrida vafot etadi. 
Otasidan so‘ng Turkiston, Xuroson va Eronni bir markaz qilib birlashtirishga harakat 
qilgan Mirzo Ulug‘bek buning uddasidan chiqa olmadi. CHunki mamlakat toj - taxt 
uchun o‘zaro urushlar domiga tortilgan edi. 


Avvalo, Boysunqur Mirzoning o‘g‘illari Alouddavla va Abdulqosim Bobur 
Ulug‘bekka qarshi haraktni boshlab, Xuroson Alouddavla, Mozandaron va Jurjon 
Abulqosim Bobur qo‘liga o‘tadi. Sultan Muhammad esa G‘arbiy Eron va Forsda o‘zini 
mustaqil hukmdor deb e’lon qiladi. Muhammad Jo‘kining o‘g‘li Abu Bakr esa Balx, 
SHibirg‘on, Qunduz, Bag‘lonni bosib oladi. Ulug‘bekning ushbu muammolarni tinch 
yo‘l bilan echishdagi haraktlari zoe ketadi. 1448 yil bahorida Ulug‘bek va o‘sha paytdagi 
Balx hokimi, uning o‘g‘li Abdulatifning 90.000 kishilik birlashgan qo‘shini Hirot 
yaqinidagi Tarnob degan joyda Alouddavla qo‘shinlarini tor-mor keltiradi. Bu jang 
g‘alaba bilan yakunlanishiga qaramasdan, ota-bola o‘rtasidagi ziddiyatni keltirib 
chiqardi va bu ziddiyat Abdulatifning o‘z otasi Mirzo Ulug‘bekni qatl ettirishi (1449 yil, 
27 oktyabr) bilan yakunlanadi. 
Abdulatif ham taxtga uzoq o‘tira olmadi. 1450 yil 8 mayda Samarqand yaqinida 
unga qarshi suiqasd uyushtirilib, u o‘ldiriladi. Samarqand taxti Ulug‘bekning jiyani va 
kuyovi Mirzo Abdullo, Buxoro taxti esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said 
qo‘liga o‘tadi. Sulton Abu Said Dashti Qipchoq o‘zbeklari xoni Abulxayrxon yordamida 
1451 yil yozida Samarqand yaqinidagi SHeroz qishlog‘i yonida Mirzo Abdullo 
qo‘shinlarini tor-mor etib, uni o‘ldiradi. SHundan so‘ng Movarounnahrda Sulton Abu 
Said (1451-1469 yy.), Xurosonda esa Abulqosim Bobur (1452-1457 yy.) hukmronligi 
boshlanadi. 1457 yilda Abulqosim Bobur vafot etganidan so‘ng Abu Said Xurosonga 
yurish qilib Hirotni egallaydi va temuriylar davlatini ikkala qismini birlashtirishga 
muvaffaq bo‘ladi. O‘z hukmronligi davrida Abu Said doimiy ravishda hokimiyatni 
mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratib, birmuncha iqtisodiy va madaniy tadbirlar 
o‘tkazishga ham harakat qildi. Biroq, uning hokimiyati ham mustahkam emas edi. Abu 
Said Xuroson, Eron va Xorazmdagi siyosiy tarqoqliklarga barham bera olmadi. 
CHunonchi, Abulqosim Bobur vafotidan so‘ng yosh temuriy shahzodalardan biri 
(Umarshayxning evarasi) Sulton Husayn (Boyqaro) Xuroson mulki uchun harakatlarni 
boshlab yuborib, 1461-1464 yillarda Hirot, Obivard, Niso, Mashhad va Xorazmda 
hokimiyat uchun goh muvaffaqiyatli, goh muvaffaqiyatsiz urushlar olib bordi. 
Sulton Abu Said Mirzo 1469 yil erta bahorda G‘arbiy Eron erlari uchun 
Oqquyunli turkmanlariga qarshi jangga kirib ularning hukmdori o‘zun Hasan tomonidan 
Ozarbayjonning Mug‘on dashtida o‘ldiriladi. Sulton Husayn Boyqaro (1438-1506yy.) 
esa o‘sha yili Hirotni egallab, o‘zini Xuroson hokimi deb e’lon viladi. Husayn Boyqaro 
davlati tarkibiga Xorazm, Xuroson va Eronning bir qismi kirar edi. U temuriylar davri 
davlatchiligi tarixida oxirgi yirik davlat arbobi bo‘lib, deyarli 40 yil hukmronlik qildi. 
Husayn Boyqaro davri o‘zaro kurashlardan xoli bo‘lmasa-da, lekin mamlakatda 
iqtisodiy va madaniy hayot yuqori darajada saqlanib qoldi. 
Movarounnahr esa ketma-ket Abu Saidning o‘g‘illari Sulton Ahmad (1469- 
4194yy.), Sulton Mahmud (1494-1496yy.) hamda Mahmudning o‘g‘li Sulton Ali 


Mirzo (1496-1501yy.)lar tomonidan boshqarildi. Ammo, Sulton Ahmadning davlat 
boshqaruvidagi kaltabinligi va sustkashligi, Sulton Mahmud va Sulton Ali Mirzolarning 
davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘yishi natijasida bu hukmdorlar davrida o‘zaro 
siyosiy tarqoqlik yanada kuchayadi. O‘z davrining ko‘zga ko‘ringan diniy arbobi Xo‘ja 
Ahror Vali siyosiy hayotga aralashib, mamlakat tinchligini saqlashga harakat qilgan 
bo‘lsa-da, uning harakatlari vaqtinchalik bo‘lib chiqadi. Xullas, Dashti Qipchoqda 
kuchuyib kelayotgan shayboniylarning Movarounnahrga yurishi arafasida temuriylar 
davlati ichki kurashlar oqibatida g‘oyatda zaiflashib qolgan bo‘lib, shayboniylar bu 
holatdan ustalik bilan foydalandilar. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin