2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/10
tarix16.02.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#52622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari.

Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko’rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o’zaro farq qilishadi.

Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo’llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich sifatida tan olindi.

Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qo’llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning geografik hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig’indisi deb ta’rif berib kelingan.

YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig’indisidan iborat.

YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. CHunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o’sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.

«Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo’lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar( korxonalar, uy xo’jaliklari) rezident hisoblanishadi» [2].

Elchixonalar va harbiy bazalar o’zlari tegishli bo’lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo’lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug’rofiy hudud o’rtasidagi farq deb qaraladi.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin