2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari. Reja



Yüklə 68,37 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü68,37 Kb.
#179177
  1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvch


2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari.
Reja:
1. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari.
2. Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendentsiyalari.
3. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash.


1. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo/nalishlari va rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari.

Jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni bu axborot tuzilmalarini yaratish hisoblanadi. Kompyuter tizimlari axborot tuzilmalarining asosidir.


Tizim – «sistema» deganda , yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar), majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida hizmat qiladi.
Texnologiya suzi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnologiya – bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir.
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir anik maqsad yo’lida hizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga quyiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni, har biri o’ziga hos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko’rsatilgan holda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.

1-rasm. Tizim turlari.

Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.


Tizim aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro hamkorlikdagi elementlar, qismlar majmuidir. Tuzilma – bu tizimning tarkibiy qismlariga bo’linishda namoyon bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan joylashishi va ular orasidagi aloqasining qulishi, tashkil qilinishidir.
Kompyuter tizimi – ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ishlov berish hamda xotirada saqlashga xizmat qiluvchi texnik vositalar majmuasidir.
Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, asosiy qurilmalarga quyidagilar kiradi (1-rasm):

2.1-rasm (1.Tizimli blok; 2.Monitor; 3.Klaviatura; 4.Sichqoncha).

Kompyuterning samaradorligini belgilovchi asosiy qurilma sanalmish sistemali blok o’z navbatida quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan:



  • Protsessor (CPU) - ma'lumotlarni qayta ishlovchi va hamma hisob ishlarini amalga oshiruvchi qurilma;

  • Operativ xotira (DIMM, DDR) - kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va ishlatilayotgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlash qurilmasi;

  • Doimiy xotira qurilmasi yoki qattiq disk, vinchester (HDD) - ma'lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi. Agar operativ xotiradagi ma'lumotlar kompyuter tok manbaaidan uzilishi bilan o’chib ketsa, doimiy xotiradagi ma'lumotlar esa aksincha saqlanib qoladi;

  • Video karta - bu qurilma monitorga tasvirlarni uzatish uchun xizmat qiladi, ya'ni tasvirlarni hosil qiladi.

  • Ovoz kartasi- tovush, ovoz, musiqani hosil qiluvchi qurilma.

  • Disk yurituvchi qurilma, diskovod (FDD) - egiluvchan magnit disklardagi (disketadagi) ma'lumotni o’qish va unga ma'lumot yozish qurilmasi;

  • CD-ROM disk yuritish qurilmasi - kompakt (lazer) disklardagi ma'lumotlarni o’qish qurilmasi;

  • Ona plata (Mainboard)- yuqoridagi qurilmalarni birlashtiruvchi asosiy plata.

Manbaa qism – kompyuterni zarur elektr manbaasi bilan ta’minlab beradi. Quti ichida joylashtirilgan bo’ladi. Manbaa tanlanganda quvvatliroq manbaa tanlash lozim, chunki keyinchalik qo’shimcha qurilmalar o’rnatilganda manbaa taqchilligi ro’y bermasligi uchun. Kompyuter qancha ko’p qurilmalar o’rnatilsa, shuncha ko’p manbaa quvvati talab etiladi.

2.2-rasm.


Ona plata tizimli blokning asosiy qismi bo’lib 3-rasmda ko’rinishi ko’rsatilgan hamda bu tizimli plata (motherboard) deb ataladi, unga protsessor tezkor hotiralar va boshqalar o’rnatiladi. Barcha tizimli platalar, maqsadga ko’ra hamma to’plam vositalari orasida real ahborot almashuvini amalga oshirish vazifasini o’taydi.

2.3-rasm.
Protsessor – tranzistorli mikroshema bo’lib, kompyuterlarning bosh hisoblash hamda boshqaruv elementi hisoblanadi. Protsessorlarning inglizcha nomi – CPU (Central Processing Unit)

2.4-rasm.
Sovutgich (Cooler) – 486 protsessordan boshlab, ta’minot manbaa quvvati bir necha barobar oshishi tufayli va ajratib chiqayotgan issiqlik hajmi oshganligi sabab yangi qurilma, ya’ni Cooler (sovutgich) ehtiyoj paydo bo’ladi. Protsessorlarga ventilyatorlar hamda radiatorlar issiqlikni kamaytirish uchun o’rnatila boshlanadi.

2.5-rasm.
Tezkor hotira – dastur va ma’lumotlarni kompyuterda ma’lum vaqt saqlab turadi. Kompyuterda uning borligi o’chib ketadi.



2.6-rasm.
Videoadapter deb – ekranga tekislik va grafikli axborotni chiqaruvchi qurilmalarga aytiladi. Kompyuterda musiqa eshitishingiz uchun ovoz platasi, kallonkalar va mahsus dastur o’rnatilish lozim.



Yüklə 68,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin